11-Mavzu: Hikoya qilib berish turlari va metodlari. Hikoyalar turlari va ulari о‘rgatishning izchilligi



Yüklə 32,21 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#108030
11-Mavzu Hikoya qilib berish turlari va metodlari. Hikoyalar tu

11-Mavzu: Hikoya qilib berish turlari va metodlari.



1. Hikoyalar turlari va ulari о‘rgatishning izchilligi.
2. Bolalarni hikoya tuzishga о ‘rgatish.
3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari.
Tayanch tushunchalar: Hikoya, о ‘quv materiali, qurilish materiallari, uy maketlari, mashg ‘ulot uchun ко ‘rgazmali qurollar.
Hikoyalar turlari va ularni o’rgatishning izchilligi.
Hikoya o’quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og’zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shakl da taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo’lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog’liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog’cham», «Mening oilar», «Mening sevimli o’yinchog’im>i va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazrouniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo’ladi. Kichiq guruhlarda hikoya ko’rgazmali materiallari (narsa-buyumlar, ularing tasviri) namoyish qilish bilan birga qo’shib olib boriladi. Ko’rgazmali materiallardan bolalar tasawurga ega bo’lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o’rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko’rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so’z yordamida fikrlashga o’rgatish, ularda fazoviy tasawumi rivojlantirish lozim. Hikoya - biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo’lishi mumkin. Tasviriy hikoya - bu biror predmet yoki voqeaning о‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir. Hikoyalar turlari va ularni o’rgatishning izchilligi. Hikoya - biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir.
Bolalarni hikoya tuzishga о‘rgatish.
Hikoya tuzish - hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o’zi ushbu mavzu bo’yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shakl ini tanlashlari, ketma-ket (tarbiyachi yoki o’z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalaring uchta turini ko’rsatish mumkin: - qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko’rayotganligi haqida hikoya); - xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalari qabul qilganligi haqida hikoya); - iasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya). Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo’lib, bolalar faktlari bayon qiladilar. Tasr vvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo’lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o’z tajribasining shakl ini o’zgartiradi hamda yanf i vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg’ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo’l qo’yish mumkin: bola o’yincl oqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo’lganidan so’ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. Masalan, tarbiyachi to’tiqushlar haqida mashg’ulot o’tkazib, bolalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to’tiqushlar haqida savollar beradi: - To’tiqushning patlari qanaqa rangda? - To’tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko’rinishdami? Dumi, boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq? - Idishga suv solib qafasga qo’yamiz, qushlar nima qiladi, cho’miladimi, uchadimi? - Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho’qiydi, nima uchun shoxdan-shoxga qo’nadi? - Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solariz. 253 To’tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko’rib yeydi? Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o’rganadilar, savollar natijasida vakuzatishlar asosida «Men qushlarga donberdixn» mavzusida hikoya tuzish topshiriladi. So’ng 5-6 boladan hikoyani so’zlab berish so’raladi. Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi: «Dadam menga bozordan ikkita to’ti sotib olib berdilar. To’tilar kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to’tilari unga qo’yib yubordilar. To’tilar keng qafasga kirgandan so'ng sayray boshladilar, ham yayrab o’ynay boshladilar. To’tilaring pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo’lib, tovlanib turar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladi. To’tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun, kichiq-kichiq xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek. Hikoya tugagandan so’ng tarbiyachi hikoyalari tahlil etib, eng yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: masalan, to’tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi.; «To’tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo’nadi?» degan savolga Dilbar: «To’tiqushlar;mitti, jonsarak qushlar, o’ynashni yaxshi ko’radi», - dedi. Sarvar esa: «To’tiqushlar don cho’qiydi, tuxumni yaxshi ko’radi, sabzi, olma bersak ham yeydi. To’tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», - deydi. Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. Masalan, «Bizning oila», «Mening do’stlarim», «Alla», «Do’kon», «Bizning doktor», «Mening ko’cham», «Ko’cha harakati qoidalari», «Men kim bo’lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzulardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hikoyalari tuzishda bolalarning nimalarga e’tibor berishi tushuntiriladi.
Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari.
Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalari ko’rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo’linadi. Ko’rgan narsalari idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materiallar asosida tuziladi. Ulardan tasawur etib hikoya qilish - ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalaring hammasi ham nutqning bog’liqligi va maqsadga yo’naltirilganligi bilan muhimdir. Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi tomonidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hikoyaning bir qismi tuziladi yoki o’yin tarzida bayon etiladi. So’ng bolalarning o’zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning vrach» hikoyasi qanday yaratilganligini ко4 rib chiqaylik. Mashg’ulotning maqsadi tibbiy yordam ko’rsatish namunasida bemorlarga g’amxo’rlik tuyg’usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirishdan iborat. Hikoya o’yin jarayonida o’yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy yordam ko’rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi. Sardorning hikoyasi: «Sanjar qovunni ko’p yeb qo’yib, qomi og’rib qoldi. Otasi «tez yordam» chaqirdi. Shifokor kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko’rsatdi. Sanjaming otasi, onasi shifokorga tashakkur bildirdilar». Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni i?pasi, singlisi bilan hovlida o’ynadi. Oyisi murabbo qaynatish uchun bir chelak olxo’ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o’ynab-o’ynab chanqadilar. 01xo’ridan yeb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi. Uchalasining ham qomi og’rib, isitmasi ko’tarildi. Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar shifokori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko’rsatdi. Ular keraqli dori-darmonlari olib, tezda sog’ayib ketdilar. Shundan so’ng ho’l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo’ldilar». Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo’l qo’ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog’cha sahnasi uchun saboq» nomli bir pardali, bir ko’rinishli pyesa sahnalashtirilib, namoyish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg’otadi. Spektaqldan so’ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so’raydi. 255 Bolalar ko’rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi: Sobir. Katta ko’chada mashinalar g’iz-g’iz o’tib turganda, birdan ko’chaning o’rtasida samokat uchib kelayotgan Bo’rivoy ko’rinadi. U mashinalaring ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda svetafor uni to’xtatadi va tanbeh beradi. Bo’rivoy bunga e’tibor bermay, qochib qoladi. Sanjar. Svetafor va qayerdandir paydo bo’lgan Bo’rivoy quyonlari quvib ketishadi. Bo'rivoy qo’lga olindi. DAN mashinasi yetib keladi va Bo’rivoy qafasga qamaladi. Zuhra. Quyonlar Bo’ridan qutilganiga xursand bo’lganidan sakrab o’ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning oyog’ini gipslab qo’yadi. Quyonlar yo’l harakati qoidasiga rioya etmay ko’chada o’ynaganlari uchun shikast yeydilar. Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo’l harakati qoidalarini kuzatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to’g’ri izchil, gapirib beradilar. Ulaning hikoyasini boshqa bolalar to’ldiradilar. Bu usulda ko’rgazmalilik, kuzatish muhim rol o’ynaydi. Bolalar o’zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o’xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to’qish» oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o’yini bolalarning fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko’rsaiadi. Mashg’ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va ko’p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasawur qilishga, o’ylashga, fikr yuritlishga yo’llash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir. Qurilish materiallari: G’isht, panel, bloklar, ko’tarma kranlar, yuk mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg’ulot uchun ko’rgazmali qurollar vazifasini o’taydi. Bolalar uch gumhga bo’linib, tarbiyachining topshirig’i bo’yicha turar joy, bolalar bog’chasi, do’kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsimlanadi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog’cha, uchinchi guruh esa do’kon quradilar. Bolalar faqat 256 rasmdagi tasvirga qarab emas, o’zlarining tasawurlaridagi imoratlari qurishlari mumkin. Masalan, rasmdagi turar joy binosi to’qqiz qavatli panelli bino bo’lsa-da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g’ishtli imorat quradilar. Do’kon rasmda ikki qavatli bo’lsa, ular bir qavatli qilib quradilar. Imoratlari qurishda bo’sh qolgan bolalar ham uch guruhga bo’linib, «quruvchilar»ga yordam beradilar (og’zaki). Turar joy hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela boshlaydi. Bular yangi turar joyga ko’chib kelayotgan «xonadon»laring yuklari bo’lishi mumkin. Do’kon ham gavjum. Hamma qo’g’irchoqlar xarid bilan band. Nihoyat, asosiy muammo, bolalarning o’zlari qurgan binolari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Sadriddin: Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik. To’qqiz qavatlik qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlaray qolib, buvalarimiz, buvilarimiz yuqoriga chiqishga qiynaladilar. Uyimizning kirish joylarini, mehmonxona va yotoqxonalarini, bolalar xonasini ham keng-keng qilib qurdik. Hovlisida bolalar maydonchasi bor. Gulzorlarga joy ajratdik. To’yxonamiz ham bor. Keyin har bir xonadon uchun mevali bog’chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar soyasida hordiq chiqariladi. Bog’cha va do’konni uyimizga yaqin joyga qurdik. Lutfiniso: To’g’ri, bog’cha turar joylarga yaqin bo’lgani yaxshi. Biz maslahatlashib, bog’chani turar joylarga yaqin qurdik. Bog’chamizning hovlisi keng, ko’rkam, soya-salqin bo’lishiga, o’yin maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o'zgartirdik. Sojida: Biz ham do’konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ishdan qaytayotganda bizni bog’chadan olib, do’kondan keraqli narsalarini xarid qilib, shundoq uyimizga kirib ketaveradilar. Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yondashadilar va bu ijodkorlik ularning nutqida o’z ifodasini topadi. Shunisi ham borki, yuqorida bayon etayotgan monologik nutq usullarining har biri alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo’shilib ketib, ijodiy, erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin. 257 Birni biz kundalik faoliyatda bolalar to’qigan hikoyalar turkumidan bilsak bo’ladi. Bolalar to’qigan ertak va hikoyalarda o’zlariga xos o’yxayollari, orzu-istaqlari, tasawurlari murg’ak qalbdan tilga ko’chadi. Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalaring ba’zilarini namuna tarzida keltiramiz: Ruxsora. «Mening dadam xurmo ko’chati olib kelib, bahorda hovlimizga o’tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo’lgan ekanman. Hozir men ham, xurmo daraxti ham o’sdik. Uning barglari juda chiroyli, yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o’ynaymiz. Mevasi esa mazali. Mevasici uzganimizdan so’ng biz qarindoshlarimizga, qo’shnilarimizga taroatamiz. Ayniqsa, buvam va buvim duo qiladilar. «Xurmo jannatning uevasi. Uni ardoqlang, kam bo’lmaysiz». Bu yil dadam daraxtlari kc ‘paytirmoqchilar». Nigina. «Men ok;abr oyida oyim bilan Chinozga - xolarnikiga bordim. Birinchi mrrta paxtazomi ko'rdim. Paxtalar lo’ppi-lo’ppi bo’lib ochilgan. Opp >q dala. Quyoshda ko’zni qamashtiradi. Bir tomonda mast inalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak bog’lagan. Men hair paxta termoqchi bo’ldim. Xolar menga ham etak bog’lab qo’ydil r. Lekin tezda belim og’rib qoldi. Qishloqdagi xolarning bolalariga qoyilman. Men tengi qizlari ham paxta terdi, ham moliga o’t yulib oldi. Bog’chaga bormas ekan». Nurxon: «Biz oilariz bilan qishloqdan ko’chib kelganmiz. Qishloqda men quyo'.h botishini ko’p ko’rganman. Quyosh botganda ufq qizarib, dalalar qorong’ilasha boradi. Qorong’ulik hamma yoqqa birdan o’rmalab ketadi. Lekin teraqlar uchi xali nurli ko’rinadi. Hamma yoqqa birdan jimlik cho’kadi. Lekin oqshomda ham odamlar tinmaydilar. Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qaytgan ayollar sigimi sog’ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o’t yoqib, tog’oradan toshay-toshay deb turgan xamirdan non yasab, sutga yo’g’rilgan issiq, bo’rsildoq nonlarni tandirdan uzib oladi. Qishloq hayoti ana shunday, issiq, bo’rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong bilan boshlanadi». Ravshan. «Olmalar gullaganda bog’ juda chiroyli bo’lib ketadi. Quyosh nurini olmoqchi bo’lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan. 258 Shabboda turib, olma gullarini silab-siypalaydi. Shunda olma gullari kuylagandek bo’ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabboda tinadi. G o’yo butun bog’ kuylagandek bo’ladi. Asalarilar gullagan bog’ tepasida g’ujg’on o’ynaydi. Yuqoridagi hikoyalardan ko’rinib turibdiki, ona tilining hissiy, estetik ma’no qirralarini bir vaqtning o’zida anglay boradilar, til go’zalligini, boyligini his etadilar. Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: «Mehmonda». Maqsad: Tarbiyachining rejasi, namuna hikoyasi asosida shaxsiy hayotda bo’lgan voqealarni hikoya qilib, so'zlab berishga о 'rgatish. Vazifalar: • Amaliy mashqlar orqali boshlangan so’zni to’ldirish. Mushuk, ech-ki, qo’l-qop, som-sa va hokazo. • Gapirganda so’zlari bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga о‘rgatish. Kutilayotgan natijaiar: • Tarbiyachining rejasi, hikoya namunasi asosida shaxsiy hayotda bo’lgan voqealarni hikoya qilib, so’zlab berishga o’rganadilar. • Gapirganda so’zlari bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o’rganadilar. Keraqli jihozlar: • Mavzuga oid rasmlar. Mashg* ulotning borishi. 1. Bolalar, siz oyingiz yoki buvingiz bilan mehmonga borganmisiz? 2. Mehmonga borishdan avval qanday tayyorgarlik ko’rish kerak? Mehmonda bolalar o’zini qanday tutish kerak? Savol-javobdan so’ng tarbiyachi: Bolalar, hozir «Mehmonda» mavzusida hikoya tuzishni o’rganamiz. Tarbiyachi reja beradi. 1. Mehmonga qachon, qayerga, kim bilan bordingiz? 2. U yerda kimlari ko’rdingiz? 3. Qanday o’ynadingiz? 4. Mehmonda yana nimalar bilan shug’ullandingiz? Tarbiyachi hikoya namunasini berishi mumkin. 259 Bir kuni buvim meni xolarnikiga mehmonga olib boradigan bo’ldilar. Men darrov yuvinib, kiyinib oldim. Buvim bilan yo’lga tushdik. Xolarning uylariga kirishimiz bilan kattalarga salom berdim. Oyoq kiyimimni bir chekkaga yechdim. Buvimning kovushlarini ham chetroqqa olib qo’ydim. Xolarning qizlari bilan mehmon-mehmon o’ynadik. Keyin oshxonada xolarga yordam berdik, yuvilgan idishlari artib turdik. Xolar xursand bo’ldilar. Uyga ketayotganimizda «Yana kelganingizda, albatta, Nilufami olib keling», dedilar. 5-6 ta bolalar javoblari tinglanadi. Tetiklashtiruvchi mashq. «So’zni to’ldir» o’yini. 0 ‘yinning borishi: Bolalar doira shakl ida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo’liga olib, o’yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi boshlagan so’zni davom ettirishlari kerak: mu-shuk, ech-ki, qo’l-qop, som-sa va hokazo. 0 ‘yin shu tarzda davom etadi. Izoh: Tarbiyachi o’yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to’g’ri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak. s Bolalar bilim ini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: Mehmonda bolalar o’zini qanday tutish kerak? Kimning tuzgan hikoyasi sizga yoqdi?
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Hikoyalar turlari va ularni о ‘rgatishning izchilligi nimalardan iborat?
2. Hikoya qilishning qanday usullarini bilasiz?
3. Bolalarni hikoya tuzishga qanday о ‘rgatiladi?
4. Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalarda bolalar nimalari bayon qiladilar?
5. Bolalarni so ‘z yordamida nimalarga о ‘rgatiladi?
6. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullarini о ‘rgating.
Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin