Ingliz tili leksikasi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə15/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir15.







15Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan - ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi.
XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur’ati oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko’rsatkichlari 2 marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma’lumotlar insoniyatning to’la tarixi davomida to’plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi.
Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponenstial qonun hisoblanadi. Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur’atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o’sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo’yicha rivoji uning shiddatli o’sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o’sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Jahonda har yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va o’n minglab dissertastiyalar himoya qilinadi.

Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta’minlash maqsadida zamonaviy telekommunikastiyali axborot tizimlari qo’llanilmoqda.


Ko’rib turganimizdek, ilm-fan axborotining hozirgi zamon o’sish tezligi va hajmi ularning o’tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi.
Ilm-fan rivoji, bu ma’lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o’ta iqtidorlilariga zamonaviy axborot oqimini o’zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o’quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim.

Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin