II-BOB Darsni rejalashtirish va o’qituvchining unga tayorgarligi 2.1 Darsni rеjalashtirish va o’qituvchining unga tayyorgarligi
2.2 O’qituvchi darsga tayyorlanishida va uni uyushtirishidagi vazifalar
XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Fizika o‘qitish metodikasi pedagogika fani sifatida, uning predmeti va tekshirish metodlari. Fizika o‘qitish metodikasining oliy o‘quv yurtlarida o‘quv predmeti sifatidagi vazifalari. Fizika o‘rta umumiy ta’lim va o‘rta maxsus maktablarning o‘quv predmeti sifatida hamda uning o‘qitilishidagi vazifalar. Fizika kursini qurilish sistemasining tahlil (radial, kontsentrik va bosqichli). Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinishi munosabati bilan fizika kursining kontsepsiyasi, undagi asosiy g‘oyalar. O‘qitishning birinchi va ikkinchi bosqichida maktab fizika kursining mazmuni va tuzilishi. Fizika o‘qitishning asosiy vazifalari: fizika kursining asosiy masalalari bo‘yicha, malaka va ko‘nikmalar, mustahkam bilimlarga ega bo‘lish, politexnik bilimga ega bo‘lish, o‘quvchilarda fizika faniga bo‘lgan sevgi va hurmatni hosil qilish, fikrlash va bilish qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashni shakllantirish, kabilardan iborat. Kasb-hunar kollejlarida fizika kursining strukturasi va mazmuni. Kasb-hunar kollejlarida fizika o‘qitish metodikasining o‘ziga xos tomonlari.Fizika o‘qitish metodlari. O‘qitish metodlarining obzori va ularning klassifikatsiyasi. Og‘zaki o‘qitish metodlari (suhbat, hikoya, lektsiya). O‘quvchilarning bilish aktivligini oshirish muammosi. Muammoli o‘qitish. Fizikadan demonstratsion eksperiment, o‘qitishda uning ahamiyati, unga bo‘lgan metodik talablar. Fizika darslarida modellashtirish metodi. Fizika darslarida plakat, jadvallarni qo‘llash metodikasi, o‘qitishda multmediya vositalarni qo‘llash metodikasi. Fizika o‘qitishda kompyuter texnikasi va axborot texnologiyasi.O‘quvchilarning fizika bo‘yicha mustaqil ishlarining turlari va ahamiyati (darslik, ilmiy ommabop adabiyot, tarqatma material, didaktik kartochkalar, dasturlashgan topshiriqlar). O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish va boshqarish metodikasi. O‘quvchilarning fizika bo‘yicha malaka va ko‘nikmalari, bilimlarini tekshirishning turli ko‘rinishi va uning ahamiyati. Bilimlarni tekshirishdagi har bir metodning vazifasi, o‘qitish jarayonida uning tutgan o‘rni va o‘tkazish metodikasi.Fizika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish shakllari va o‘qituvchining ishini rejalashtirish. Fizikadan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish formalarining turlari, ularning qisqacha obzori. Fizika darslarining turlari, ularning strukturasi.O‘qituvchining o‘qitish ishini rejalashtirish: yillik reja, chorak yoki yarim yllik kalendar ish reja, tematik rejalashtirish, dars rejasi. Konspekt va darsning kengaytirilgan rejasi Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelajagi bo'lgan yosh avlodni tarbiyaJash, unga bilim berish ma- salasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu sababdan istiqlolning birinchi kunlaridayoq, ma’naviyatimizni tiklash, uni yanada yuksaltirish, zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va talablari darajasiga chiqarishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bular ichidagi eng muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. U har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida bu masalaga o‘z munosabatini bildirib, yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklarga diqqatni jalb etdi. Asosiy masala zamon talab qilayotgan butunlay yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi o‘rta umumta'lim, o'rta maxsus ta’lim va oliy o‘quv yurtlari islohotini o‘tkazishdan iboratdir. Shu sababli ham Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» qabul qilinib, unda ta'lim sohasida tub o'zgarishlar qilish vazifalari qo'yildi. Dasturning maqsadi, ta'lim sohasini tubdan isloh qi lish, uni o‘tmish kamchiliklaridan xoli qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma'naviyatli, ux loqli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.