Mavzu: Tabiiy ko'k ozuqalarning kimyoviy tarkibi va to'yimliligini o'rganish Kirish



Yüklə 42,12 Kb.
səhifə1/6
tarix21.05.2023
ölçüsü42,12 Kb.
#118496
  1   2   3   4   5   6
Romozonov Ediga


Mavzu: Tabiiy ko'k ozuqalarning kimyoviy tarkibi va to'yimliligini o'rganish
Kirish
Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar ham g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi.
Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz, poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya hosil qiladi. O‘rib olingandan so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi. Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi.
1. Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot.
2. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Bedaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.

Yüklə 42,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin