Mikroorganizmlar asosida bioo’g’itlar va pestisitlar ishlab chiqarish.
Reja:
Kirish.
Asosiy qisim.
Mikroorganizmlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.
Bakterial o’g’itlar va ularning turlari.
Mikroorganizmlar ishtirokida pestisitlar ishlab chiqarish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
I.Kirish.
Biologik dehqonchilik noan'anaviy dehqonchilik hisoblanib, unda ayrim organizmlar, jumladan, mikroorganizmlarning biologik xususiyatlari va ular hosil qiladigan tabiiy birikmalarni dehqonchilikda qo‘llash tushuniladi.
Mikroorganizmlar juda ko‘plab xususiyatlarga ega. Jumladan, o‘simliklarni eng muhim hisoblangan azot yoki fosfor bilan ta'minlash qobiliyati mavjud. O‘simlik ildizlarida havodagi molekulyar azotni biologik azot (bioazot)ga aylantirib bera oladigan juda ko‘plab bakteriyalar yashaydi. Ular umumiy nom bilan azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar deb nomlanadi. Tuproqda bu bakteriyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa tuproq shunchalik unumdor, hosildorlik shunchalik yuqori bo‘ladi.
Xorijda bu bakteriyalar asosida tayyorlangan ko‘plab bioo‘g‘itlar keng qo‘llaniladi. Masalan, Hindiston, Pokiston, Xitoy, AQSh yoki Yevropa davlatlarida azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar asosidagi bioo‘g‘itlar uzoq yillardan beri ishlatiladi. Birgina Xitoy tajribasini olaylik. Xitoyning ayrim hududlarida paxtadan gektariga o‘rtacha 70-80 sentner hosil olinadi. Sabablariga to‘xtalsak, birinchidan, zich ekiladi, ikkinchidan, mineral o‘g‘itlar bilan bir qatorda bioo‘g‘itlar ko‘p qo‘llaniladi.
Paxta yetishtiradigan AQSh, Misr yoki Avstraliyada ham bioo‘g‘itlar mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Bangladesh, Hindiston yoki Vetnamda fermerlar faqat bioo‘g‘itlar yordamida hosil olishlari ma'lum.
Biologik o‘g‘itlarning afzal tomoni – ularning o‘ta arzonligi, ekologik muqobilligi va tez ta'sir etishidir. Bundan tashqari, bioo‘g‘itlar mineral o‘g‘itlarning o‘simlikka tez singishi yoki o‘zlashishiga katta yordam beradi. Tajribadan ma'lum, NPKning 10-15 foiz me'yori va bioo‘g‘it suspenziyasi yordamida bug‘doy yoki paxtadan an'anaviy usulga qaraganda ikki marta ko‘p hosil olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |