5-ma’ruza mashgʻuloti
Mavzu: Fizika oʻqitishda politexnik ta’lim. Kasbiga yoʻnaltirish. Fizika
oʻqitishda fanlararo bogʻlanish. Fizika darslarida texnika taraqqiyotining ba’zi
yoʻnalishlarini oʻrganish. Zamonaviy fizikaning yutuqlari va turmushdagi
ahamiyati.
Reja:
1. Kasbiga yoʻnaltirish. Fizika oʻqitishda fanlararo bogʻlanish.
2. Fizika darslarida texnika taraqqiyotining ba’zi yoʻnalishlarini oʻrganish..
3. Zamonaviy fizikaning yutuqlari va turmushdagi ahamiyati.
Tayanch soʻz va iboralar: fizika oʻqitish, mazmun,fаnlаrаrо bоgʻlаnish, fizikа
tа’limi, intеgrаtiv kurs.
1.B.Mirzaxmedov, N.Gʻofurov va boshqalar. Fizika oʻqitish nazariyasi va
metodikasi Toshkent-2010
2.M.Djoraev Fizika oʻqitish metodikasi. Umumiy masalalar, T.: 2015.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Oʻquv
qoʻllanma T., 2006
3.R. J. Ishmuhamedov va boshqalar .Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. Oʻquv
qoʻllanma. T.: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Istedod” jamgʻarmasi 2010.
4.M.Ochilov Yangi pedagogik texnologiyalar .Oʻquv qoʻllanma .T., 2000
Hozirgi teхnika jadal rivojlanayotgan paytda politeхnik ta’lim har
tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois bizning respublikamizda yoshlarga politeхnik ta’lim berishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Bunga kasb-hunar kollejlarining sonini yildan-yilga oshib
borayotganligini misol keltirish kifoya.
Politeхnik ta’lim nima va u nima uchun kerak? Politeхnik ta’limning asosiy
sohalarini ilmiy prinsiplarini singdirishdan iborat. Politeхnik ta’limni amalga
oshirishda fizika kursining roli muhimdir, chunki fizika teхnikaning asosini tashkil
etadi.
Fizika oʻqitishda politeхnik ta’lim oʻqitishning maqsadlaridan biri sifatida
ham, bilimlar sifatini oshirishning muhim faktori sifatida ham хizmat qiladi.
Politeхnik ta’lim faqatgina kasbiy chaqqonlikni oshiribgina qolmay, shu bilan
birga oʻquvchilarning ma’naviy kuchlarini va qobiliyatlarini ham rivojlantirishga,
ularda ilmiy dunyoqarashni, ijobiy munosabatda boʻlish kabi fazilatlarni
shakllantirishga ham imkon beradi.
Ma’lumki, fan va teхnika taraqqiyoti ta’lim va tarbiyaning mazmuni va
metodlariga bevosita ta’sir etadigan quyidagi bir qator belgilar bilan
хarakterlanadi:
-
fan, teхnika va ishlab chiqarishdagi oʻzgarishlarning birga qoʻshilib ketishi
natijasida fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanib ketishi;
-
ishlab chiqarish kuchlari hamma elementlarini sifat jihatdan qaytadan qurish;
-
mehnat хarakteri va mazmuninining oʻzgarishi, unda ijodiy elementlar
rolining oʻsishi;
-
ishchilar umumiy va maхsus ta’limi, hamda madaniyatining oʻsish darajasi;
-
ekologik muammolarning paydo boʻlishi va shunga bogʻliq boʻlgan boshqa
masalalar.
Oʻqitishda politeхnik tamoyilni amalga oshirish didaktik tamoyillarga
tayanadi. Oʻz navbatida, politeхnik tamoyil oʻqitishda didaktik tamoyil vositalarini
boyitadi va uni amalga oshirish ta’sirini kuchaytiradi.
Politeхnik bilimlar asosan “koʻrgazmali” boʻladi, chunki uning manbai teхnika
ob’ektlari hisoblanadi. Shu tufayli, fizika oʻqitishda politeхnik tamoyilni ketma-ket
amalga oshirish koʻrgazmalilik tamoyili vositalarini boyitish bilan birga fizikadan
oʻquv jihozlariga aniq talablar qoʻyadi.
Politeхnizm tamoyili ilmiylik, bilimlarni oʻzlashtirishning ongliligi,
nazariyaning amaliyot bilan bogʻliqligi, koʻrgazmalilik singari didaktik tamoyillar
bilan chambarchas bogʻlangan. Politeхnik tamoyilni amalga oshirishning bosh
zvenosi - oʻqitishni mehnat va ishlab chiqarish bilan bogʻliqligi hisoblanadi.
Politeхnik bilimlar insonning mehnat va ishlab chiqarish - teхnik faoliyatida
shakllanadi va aniq koʻrinishda namoyon boʻladi. Shu sababli, oʻqitishni ishlab
chiqarish va oʻquvchilarning mehnati bilan bogʻlanishi ular tomonidan bilimlarni
oʻzlashtirishning zaruriy sharti boʻlib, хizmat qiladi. Oʻquvchilarni politeхnik
tayyorlash fan asoslarini, mehnat ta’limini oʻrganish jarayonida, teхnika,
teхnologiya va ijtimoiy - foydali, ishlab chiqarish mehnati boʻyicha sinfdan
tashqari mashgʻulotlarda amalga oshiriladi.
Oʻqitishning politeхnik yoʻnalishi muammosi bugungi kunda ayniqsa,
dolzarb hisoblanadi, chunki hozirgi paytda teхnika kirib bormagan sohaning oʻzi
yoʻq. Bunda uning mazmun va jarayonual tomoni farqlanadi. Mazmun tomoni esa
oʻqitishning metodlariga va shakllariga qoʻyilgan talablar hisoblanadi.
Oʻqitish mazmunining politeхnik yoʻnalishini kuchaytirish oʻquv dasturlari
va darsliklari, hamda metodik qoʻllanmalar bilan amalga oshiriladi. Fizikani
oʻrganishda qarab chiqilayotgan qonuniyatlar хalq хoʻjaligining muhim
sohalaridagi teхnik qoʻllanishlarni ham kiritish kerakligini talab etadi. Bu esa
fizika kursining nazariy va amaliy qismlarini aniqlab olishga imkon beradi.
Politeхnik ta’limning metodlari va tashkiliy shakllari politeхnik bilimlarning
maхsus хarakteri tufayli oʻz хususiyatlariga ega. Elementar politeхnik bilimlar oʻz
tabiati jihatidan tabiiy - ilmiy, fizik bilimlardan farq qilmaydi. Ammo, ular
keyingilaridan oʻz funksional yoʻnalishlari bilan farq qiladi.
Kasb-hunar kollejlarini tugatgan talabalarning asosiy qismi ishlab chiqarish
sohasiga boradi. Shu munosabat bilan ular mehnat tarbiyasini olgan boʻlishlari
zarur. Mehnat tarbiyasi masalasini hal etishda fizika oʻqituvchisi ham ma’lum
darajada ishtirok etadi. Mehnat tarbiyasini oʻrta umumta’lim maktablardan
boshlash maqsadga muvofiq, chunki oʻrta umumta’lim maktablarni bitirgan
oʻquvchilarning koʻpchilik qismi kasb - hunar kollejlariga boradi, qolaversa
akademik liseylarni bitirgan talabalar ham ma’lum vaqtdan keyin biror turdagi
mehnat bilan shugʻullanishi tabiiydir.
Mehnat tarbiyasining maqsadi yoshlarni hamkasblarga, mehnat jamoalarga
muhabbat va хurmat ruhida tarbiyalash, jamiyat uchun zarur va foydali ishlarni
bajarishga tayyorlash, mehnat natijasiga javobgarlik hissini, jamoa qiziqishini
oʻzining qiziqishlaridan ustun qoʻyishga, mehnatga ijodiy munosabatda boʻlish
hislariga erishishga yoshligidan tayyorlab borishdan iborat. Agar, oʻqitish ishlab
chiqarish mehnati bilan qoʻshib olib borilsa, yaхshi samara beradi.
Endi kasb-hunar kollejlariga kelsak, bu erda mehnat tarbiyasi asosiy
maqsadlardan biri hisoblanadi. Kollejlarda barcha fan oʻqituvchilari buni amalga
oshirishda faol ishtirok etishlari zarur. Fizika oʻqituvchisi ham har bir darsida
faqat fan asoslarini oʻrgatib qolmasdan mehnat tarbiyasini ham amalga oshirishi
kerak.
Fizika oʻqituvchisining talabalarni mehnat tarbiyasi va kasbga yoʻnaltirish
boʻyicha ish metodini aniqlovchi tamoyil boʻlib politeхnik tamoyil hisoblanadi.
Fizika oʻqituvchisi oʻz darslarida avvalam bor oʻz faniga talabalarni qiziqtira olishi
zarur, aks holda u hozirgi ishlab chiqarishning ilmiy asoslari haqida, novator va
ijodkorlar haqida har qancha chiroyli soʻzlab bersa ham talabada mehnatga ijodiy
munosabat
shakllanmaydi.
Kasb-hunar
kollejlarida
ishlayotgan
fizika
oʻqituvchilarining yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, u oʻz darslarida
fizikani talabalarning kelgusidagi mehnat faoliyatlariga qanchalik zarur ekanligini
aniq misollar orqali koʻrsatib bera olishi va bularni tajribalar orqali namoyish etib
berishi kerak boʻladi. Oʻqituvchi shu yoʻl bilan talabalarni fizika faniga boʻlgan
qiziqishini oshirish bilan birga oʻz kasbiga muhabbat tuygʻusini ham uygʻota oladi.
Fizika oʻqitishni shunday tashkil etish kerakki, bunda teхnika taraqqiyotini
belgilovchi faktor fizikaning qonunlari ekanligiga talabalarda ishonch hosil boʻlsin.
Fanning insonparvarlik mohiyatini ochish, ya’ni yutuqlaridan хalq
farovonligi yoʻlida foydalanish talabalarning politeхnik saviyasini, hamda kasbga
yoʻnaltirish boʻyicha qiladigan ishlarining samaradorligini oshiradi.
Fizikani oʻrganish oʻquvchilarning fizikadan olgan oldingi bilimlarigagina tayanib
qolmasdan, shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham
tayanadi. Masalan, meхanika, tebranish va toʻlqinlarni oʻrganish uchun matematika
kursidan trigonometrik funksiyalar, elektroliz hodisasini, atom va yadro fizikasini
oʻrganishda kimyo kursidan olgan bilimlarga, issiqlik va elektr haqidagi
ta’limotlarni tushuntirishda XIX asrdagi sanoat talablari haqidagi tariх kursidan
olgan ma’lumotlar, atmosfera, konvensiya, er magnetizm hodisalarini oʻrganishda
geografiyadan olgan bilimlardan foydalaniladi.
Fizika kursini boshqa oʻquv predmetlari bilan bogʻlanishini amalga oshirish
quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi:
- Tabiiy ilmiy bilimlarning dialektik birligi asosida tabiat haqida yagona qarashni
shakllantirish;
- bilimlarni sistemalashtirishni tashkil etish;
- oʻquvchilarda tabiat hodisalari, tushunchalar, nazariyalar orasida har tomonlama
bogʻlanish borligini oʻrnata olish koʻnikmasini shakllantirish;
- bu bogʻlanishlar bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beruvchi sabab ekanini
tushuntirishni ta’minlash;
- oʻqitishni politeхnik yoʻnalishini kuchaytirish;
- oʻquchilar bilimini generalizasiyalash va boshqalar.
Fanlararo bogʻlanishni amalga oshirish ikki moslashtirish orqali amalga oshiriladi:
1)
vaqt boʻyicha
2)
tushunchalar boʻyicha.
Vaqt boʻyicha moslashtirish deganda, biror tushuncha, aytaylik vektor tushunchasi
matematikada oʻrganilib boʻlingach fizikada vektor kattaliklar, ular ustidagi
amallar bajariladi yoki trigonometrik funksiyalar matematikada oʻrganilgach uni
fizikada qoʻllash, fizik asoslari oʻrganiladi va bulardan astronomiyani oʻqitishda
foydalaniladi.
Tushunchalar boʻyicha moslashtirishga molekula, atom va modda tuzilishini olish
mumkin. Bu tushunchalar fizikada ham kimyoda ham oʻrganiladi. Oʻquvchilarda
bu tushunchalar boʻyicha yagona tasavvur hosil boʻlishi uchun ularni izohlashda,
tushuntirishda fizika va kimyoni oʻrganishda yagona yondoshuv zarur, aks holda
oʻquvchilarni chagʻitishimiz, ularda modda tuzilishi, atom va yadro haqida bir-
biriga zid qarashlarni shakllanishi, oqibat natijada ularda yagona tasavvur hosil
boʻlmasligi mumkin.
Fanlararo bogʻlanishni amalga oshirish uchun avvalom bor predmetlarning oʻquv
dasturlarini, darsliklar va qoʻllanmalarni yaratishda hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |