Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə1/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
6-mavzu


Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari.
(2 soat)
Reja:
1.O‘zbek lug‘atchiligi tarixidan.
2.Maxsus ensiklopedik lug‘atlar.
3.Umumiy filologik lug‘atlar haqida
4.Imlo lug‘ati
5.Orfoepik lug‘atning o’ziga xos xususiyatlari.

Leksikografiya. Tilshunoslikning lug‘at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug‘at tuzish bilan shug‘ullanuvchi sohasi leksikografiya (gr. lexikos – so‘z, so‘zga oid va grapho – yozaman) yoki lug‘atchilik deyiladi. Maqsad va vazifasiga ko‘ra leksikografiya ikkiga bo‘linadi:


a) ilmiy leksikografiya lug‘atchilikning nazariy masalasi bilan shug‘ullanadi;
b) amaliy leksikografiya bevosita lug‘at tuzish ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Bular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:

  1. ona tilini va boshqa tillarni o‘rgatish;

  2. ona tilini tasvirlash va me’yorlashtirish;

  3. tillararo munosabatlarni ta’minlash;

  4. til leksikasini ilmiy tekshirish va talqin qilish.

Lug‘at maqsadi va mo‘ljaliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

  1. umumiy lug‘at

  2. maxsus lug‘at

Umumiy lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga, maxsus lug‘at esa tor doiradagi kishilar – alohida soha mutaxassisiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Har ikkala tur lug‘at ham o‘z o‘rnida yana ikkiga bo‘linadi:

  1. ensiklopedik lug‘at

  2. filologik lug‘at

Demak, lug‘atni umumiy ensiklopedik lug‘at va maxsus ensiklopedik lug‘at, umumiy filologik lug‘at va maxsus filologik lug‘atga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq va qulay.
Umumiy ensiklopedik lug‘at (UEL). Ma’lumki, UEL alfavit tartibida bo‘lib, ularda so‘z emas, balki shu so‘zdan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo‘lgan narsa, tarixiy voqea, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beriladi va lug‘at maqolasi lug‘at yozilgan tilni tushunuvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi. «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» ana shunday lug‘atlardan biri. Unda shunday deyiladi: «O‘zME (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi) universal ensiklopediya bo‘lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma’lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir». Birinchi Prezidentimiz I.Karimov O‘zME ga yozgan so‘zboshisida «Ensiklopediyamiz o‘zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro‘-e’tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o‘rin olishiga ishonchim komil» deb, uning funksiyasini alohida ta’kidlaydi.

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin