14-mavzu. Ilmiy ishlarni badiiy jihatdan rasmiylashirish va himoya qilish. Ilmiy grant uchun materiallarni tayyorlash metodologiyasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#162247
növüReferat
  1   2   3
14-mavzu

14-MAVZU. ILMIY ISHLARNI BADIIY JIHATDAN RASMIYLASHIRISH VA HIMOYA QILISH. ILMIY GRANT UCHUN MATERIALLARNI TAYYORLASH METODOLOGIYASI

REJA

1. Dissertatsiyani rasmiylashtirish.

2. Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar

3. Dissertatsiya matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar.

4. Dissertatsiya avtoreferatiga qo‘yiladigan talablar.

5. Dissertatsiya avtoreferati matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar.

6. Fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovida ishtirok etish uchun vazirliklarga topshiriladigan ilmiy loyihalar va ular bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar.

Dissertatsiyani rasmiylashtirishda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:

Matn tahririy jihatdan ravon, xatosiz va uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq hamda mantiqiy bog‘liqlikda bo‘lishi;

Dissertatsiyaning tarkibiy qismlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikda hamda tushunarli ravishda mantiqiy izchillikda yoritilishi;

Har bir bobda ishning mazmun-mohiyati tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli ravishda ochib berilishi;

Har bir bobning oxirida tadqiq qilingan muammolar bo‘yicha xulosa va takliflar berilishi;

Bayon qilingan xulosa dissertatsiya tadqiqotining mantiqiy hosilasi sifatida ishonchli manbalar asosida aniq va qisqa ifodalanishi, chuqur fikr-mulohazalar, etarli ilmiy dalillar asosida isbotlangan bo‘lishi.

Dissertatsiya avtoreferatida tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishning ilmiy yangiligi, amaliy va ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilganligi hamda ishning mohiyati ochib

berilganligi, shuningdek xulosalari bayon etilishi lozim.

1-§. Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar

Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra:

  • o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida
  • yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.

Dissertatsiyaning titul varag‘i mazkur Qoidalarning 1 va 1a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim:
mundarija
kirish (dissertatsiya annotatsiyasi)
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
shartli belgilar va atamalar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
ilovalar (mavjud bo‘lsa).
Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi hamda ularning beti ko‘rsatiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon bo‘lishi kerak.
Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;
tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (DSc) dissertatsiyasi uchun);
muammoning o‘rganilganlik darajasi;
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi;
tadqiqotning maqsadi;
tadqiqotning vazifalari;
tadqiqotning ob’ekti;
tadqiqotning predmeti;
tadqiqotning usullari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning amaliy natijalari;
tadqiqot natijalarining ishonchliligi;
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;
tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi;
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oralig‘ida (“полуторный”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times
New Roman” 14 o‘lchamli shriftda “Misrosoft Word” matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Betlar titul varag‘idan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag‘iga 1 raqami qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyaning mundarijasi,
kirish qismi,
har bir bobi,
xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan
rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari («Mundarija», «Kirish», «Xulosa», «Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati» va boshqalar) bosh harflarda yoziladi.
Boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar «§» belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Boblar va paragraflar sarlavhalarining yuqori va pastki qismidan 12 o‘lchamli («pt») oraliq qoldirilishi kerak. Dissertatsiya matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki uning foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami va shu adabiyotga iqtibos material joylashgan bet qavs ichida, dissertatsiya matnining
o‘zida alohida ko‘rsatiladi (masalan: [1; 25–26-b.]).
Surat, fotosurat, grafik, chizma, diagramma va shu kabilar «rasm» so‘zi bilan ifodalanib, ular varaqda ko‘rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi
kerak. Rasmlar ular joylashgan boblar tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, rasmning pastida o‘rta qismida raqamlanadi (masalan: «1.1- rasm.»), ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustasno.
Har bir rasm nomlanishi kerak. Rasmning nomi uning ostiga yoziladi.
Zarur hollarda rasmga izoh berilishi mumkin va u ham rasmning ostiga qo‘yiladi.
Raqamli materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Jadvallar ular joylashgan boblar tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil
ketma-ketlikda, jadvalning tepa o‘ng burchak qismida raqamlanadi (masalan: “1.1-jadval.”).
Har bir jadval nomlanishi kerak. Jadvalning nomi uning
ustiga yoziladi.
Dissertatsiya matnida beriladigan formulalar
(tenglamalar) «Misrosoft Word» matn redaktorining «Formula» funksiyasi yordamida aniq yozilgan bo‘lishi shart.
Katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq berilishi kerak.
Formula uchun belgilarning o‘lchami quyidagicha ifodalanishi tavsiya etiladi: katta harflar va raqamlar 5-6 mm; kichik harflar 3 mm dan kam bo‘lmagan; daraja ko‘rsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam bo‘lmagan hajmda.
Formula va tegishli material «LaTeX» formatida berilishi mumkin.
Belgilarning ma’nolari bevosita formula ostida ularning formuladagi ketma-ketligi bo‘yicha beriladi. Har bir belgining ma’nosi yangi qatordan berilishi lozim. Berilgan ma’nolarning birinchi qatori «bunda» degan so‘z bilan ikki nuqtasiz boshlanadi.
Formulalar matndan alohida bo‘sh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlaridan 12 o‘lchamli («pt») oraliq qoldirilishi kerak. Agar tenglama bitta qatorga sig‘masa, sig‘magan qism tenglik belgisi «=» yoki qo‘shish «+», ayirish «–», ko‘paytirish «x» va bo‘lish «:» belgilaridan keyin ko‘chirilishi kerak. Har bir formula u joylashgan bob tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, formulaning o‘ng tomonida qavs ichida raqamlanadi (masalan: «(1.1)»). Dissertatsiya matnida ko‘rsatilgan rasm, jadval
yoki formulaga havola qilinganda, qavs ichida tegishli rasm, jadval yoki formulaning raqami (belgisi) keltirilib, «qarang» degan so‘z qo‘llaniladi (masalan: «1.3-jadvalga qarang»).
Dissertatsiya matnida beriladigan izohlar izchil ketma-ketlikda raqamlanadi (masalan: «Izoh 1.:»). Dissertatsiya matnida ko‘rsatilgan shaxslarning F.I.O. amda tashkilot va mahsulotlarning nomlari va boshqa atoqli otlar o‘zgartirilib yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyaning ilovalari alohida betlarda rasmiylashtirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va «ilova» degan so‘z bilan ifodalanadi(masalan: «1-ilova»). Ilova tegishli sarlavhaga ega bo‘ladi. Ilovalar dissertatsiyadan alohida jildda rasmiylashtirilganda, jildning titul varag‘ida dissertatsiya mavzusining nomi va uning ostida bosh harflar bilan «Ilovalar» degan so‘z yoziladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin