MUAMMOLI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Reja: 1.Muammoli o‘qitish texnologiyasi, muammoli vaziyat.
2.Mustaqil va tanqidiy fiklash ko‘nikmasini rivojlantirish.
3.Tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy yondashuv.
Tayanch so‘zlar:muammoli ta’lim,muammoli vaziyat,tanqidiy fikrlash,tadqiqot,ijodiy yondashuv. Muammoli o‘qitish bu takomillashgan o‘qitish texnologiyasi- zamonaviy ta’lim - yuksak malakali mutaxassislarni bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olib tayyorlashni, talabalarning tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni, mustaqil ravishda amaliy faoliyatga o‘rgatishni ta’minlashi kerak.
Shuning uchun ham tadqiqotchilar va ilg‘or o‘qituvchilar talabalarda o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashishni rivojlantirish yo‘llari, texnologiyalari va usullarini qidirib topmoqdalar. Bu izlanishlar jamiyatni tarbiyalashning yangi tuzilmasini yaratishdan iborat umumiy jarayonning davomi va rivojidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida ijobiy samara berayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalardan biri muammoli o‘qitishdir.
Muammoli o‘qitish, ta’lim berishning eng samarali usullaridan bo‘lib, u asosan ilmiy bilimlar asosida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi. Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy bayon etish o‘quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi.
Muammoli ta’lim – bu o‘qituvchining talabalarni ketma-ket muammoli vaziyatlar tizimini oldindan o‘ylab qo‘yilgan yaratish yo‘li bilan muammoli o‘rgatish shartlarini ta’minlash va ularni talabalar tomonidan echish jarayonini boshqarish bo‘yicha faoliyatidir.
Muammoli o‘rganish – ta’lim oluvchilarning bilimlar va muammoli vaziyatni tahlil qilish, muammoni ifodalash hamda ularni echish faoliyat usullarini – taxminlarni o‘rtaga tashlash, asoslash va farazni isbotlash orqali o‘zlashtirishi bo‘yicha ijodiy o‘quv faoliyatini maxsus tuzilishidir.
Muammoli o‘qitish deganda o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyatlarni qo‘yish va ularni echish bo‘yicha talabalarni faol mustaqil faoliyatini ko‘zda tutadigan va natijada ijodiy ravishda kasbiy (yoki predmet) bilim, ko‘nikma va malaka (BKM)lari ijodiy egallangan hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradigan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish tushuniladi.