Vaqtni to’g’ri taqsimlash va ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish Vaqtdan rotsional foydalanish Vaqtni boshqarishning uch sirlari



Yüklə 48,8 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2023
ölçüsü48,8 Kb.
#89055
  1   2   3   4
Vaqtni boshqarish


Vaqtni boshqarish
Reja

  1. Vaqtni to’g’ri taqsimlash va ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish

  2. Vaqtdan rotsional foydalanish

  3. Vaqtni boshqarishning uch sirlari

Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karyerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.


Nima uchun ba’zi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi, deyiladi World Economic Forum'da.
Muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar o‘z vaqtlarini kelgusida ularni yangi bilimlar, ijodiy qarorlar va kuch-quvvat bilan ta’minlaydigan narsalarga sarmoya qilishadi. Dastlab ularning muvaffaqiyati sezilmasligi mumkin, biroq oxir-oqibat, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o‘laroq, ular misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishadi.
Natijada to‘g‘ri taqsimlangan vaqt ajoyib daromad keltiradi, shuning uchun uni serdaromad deb atash mumkin. Grafikda vaqtimizni qanday sarflashimizga qarab ishda qanday natijalarga erishishimiz yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Masalan, Uorren Baffet yuz minglab xodimga ega kompaniyalarga egalik qilsa-da, o‘z vaqtini to‘liq ishga bag‘ishlamagan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u ish vaqtining 80 foizini kitob mutolaasi va fikr yuritishga sarflaydi. Bunga sarflangan vaqt to‘g‘ri qarorlar va biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan ta’minlaydi.
"Eng yaxshi daromad bilimga kiritilgan sarmoyadir".
Benjamin Franklin, siyosiy arbob, ixtirochi, yozuvchi
Muvaffaqiyatli kishilarning o‘rnak olsa arzigulik foydali odatlari bo‘ladi. Quyida uzoq muddatli istiqbolda foyda keltirishda yordam beruvchi bir necha samarali maslahat bilan bo‘lishamiz.
Ko‘p muvaffaqiyatli kishilar odatda shaxsiy kundaliklarini yuritishadi.
Masalan, Benjamin Franklin har tongda o‘ziga o‘zi savol bergan: "Bugun qanday yaxshi ish qilishim kerak?" Har kuni kechqurun esa o‘z kunini "Bugun qanday yaxshi ish qildim?" degan savol bilan tugallagan. Stiv Jobs ko‘zgu oldida turib, "Agar bugungi kun hayotimdagi oxirgi kunim bo‘lganida bajarishni rejalashtirgan ishlarimni qilarmidim?" deya qiziqqan.
Menejment masalalari bo‘yicha iqtisodchi va maslahatchi Piter Druker qaror qabul qilayotib, bundan nimalar kutayotganini yozib borgan, bir necha oydan keyin esa ularni amaldagi natijalar bilan taqqoslagan. Opra Uinfri esa o‘zining har kunini minnatdorchilik kundaligini yuritish bilan boshlaydi - bunda u nima uchun hayotdan minnatdor ekaniga doir besh sababni qog‘ozga tushiradi.

Yüklə 48,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin