Nutqning uslubiy shakllari



Yüklə 4 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü4 Kb.
#189717
NUTQNING USLUBIY SHAKLLARI 2

NUTQNING USLUBIY SHAKLLARI

Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi.

Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

  • badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;
  • uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi: uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi;
  • eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;
  • Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;
  • Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi.
  • Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq foydalaniladi.
  • Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart.
  • Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi.
  • Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.

Grammatik xususiyatlari:

  • tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
  • noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;
  • fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib turadi; oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
  • bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
  • qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng foydalaniladi;
  • so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.

Rasmiy ish yuritish uslublari

Ilmiy uslub

Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.


Yüklə 4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin