Boshlang'ich ta ’limda o'qishning uch turidan foydalaniladi:
1. Ovozli o'qish.
2. Ichda o'qish.
3. Shivirlab o'qish.
Ovozli o‘qish ovozga asoslangan o'qish bo'lib, undan ta ’lim jarayonida keng foydalaniladi.
Ovozli o'qishning yakka, jo 'r va rollarga bo'lib o'qish usullari
mavjud. Yod aytish ham ovozli o'qishning bir shaklidir.
Ichda o‘qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz
o'qiladi.
Shivirlab o‘qish yarim ovoz bilan o'qishdir. Malakali kitobxon
o'qishning har uch turini bilishi zarur.
Ovozli o'qishning ham, ovozsiz ichda o'qishning ham , shivirlab
o'qishning ham o'z qo'llanish o'rni va afzalliklari hamda kamchiliklari
bor. M asalan, 2-sinf o'quvchilari ichda o'qiganda kam so'z o'qiydi,
so'zning m a’nolarini tushunm ay qoladi, o'qiganlarining m azm unini
to'liq o'zlashtira olmaydilar.
Psixologik izlanishlar shuni ko'rsatadiki, o'qishni endi o'rganayotgan o'quvchilar o'qilayotgan matnni tushunib borishlari nchun eshitish
www.ziyouz.com kutubxonasi
sezgisiga ham e ’tibor qaratganlar. Ikkinchidan, 2-sinf o'quvchilarida
o‘qish ko'nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o ‘qish ja
rayonida ayrim so'zlarni noto'g'ri o'qish natijasida uning m a’nosini
tushunm aganlar. Shularni nazarda tutgan holda, 1— 2-sinflarda ovozli
va shivirlab o'qishdan foydalaniladi.
3—4-sinflarda ovozli o'qish bilan birga ichda o'qishdan ham foydalaniladi. Bu sinflarda ichda o'qish ancha samarali bo'ladi, lekin bunda
ichda o'qish mexanik o'qishga aylanmasligi kerak. Ichda o'qish biror
maqsadga yo'naltirilishi, ya’ni quyidagicha turli topshiriqlar asosida
ichda o'qitilishi lozim:
— She’rni ichingizda o'qib, ifodali o'qishga tayyorlaning.
— Ichda o'qing, m a’nosi tushunarsiz so'zlarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing. Lug'atdan foydalanib, ularning m a’nosini izohlashga
harakat qiling.
— Hikoyani ichingizda o'qib, uni qismlarga bo'ling.
— Ichingizda o'qib, ovoz chiqarib to'g'ri o'qishga tayyorlaning.
— Ichingizda o'qing. Tabiatning ko'rinishi tasvirlangan o'rinni
toping.
Bu kabi topshiriqlar sinfdan sinfga o'tgan sari murakkablashib
boradi. Bunda o'quvchilam ing asarni qanchalik idrok etganliklari
tekshirilib borilishi zarur.
Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega:
1. Bir vaqtning o'zida butun sinf o'quvchilari o'qiydi.
2. O'quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko'nikmalari
takomillashadi.
3. O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida
o'zlashtirish darajasini aniqlaydi.
4. Ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e ’tibor kuchayadi.
Ichda o'qishda o'qituvchi o'quvchilar o'qishidagi kamchiliklami
aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishni cheklab qo'yadi.
Ovozli o'qishning afzalliklari quyidagilar:
1. O'qituvchi o'quvchilam ing xato va kamchiliklarini, o'qish ko‘-
nikmalarini aniqlay oladi.
2. Kichik yoshdagi o'quvchilar ovoz chiqarib o'qisalar, matn mazm unini tez tushunib oladilar.
3. Ovozli o'qishdan kitobxon estetik zavq oladi.
4. Ovozli o'qishda ifodalilikka katta e ’tibor beriladi.
5. Ovozli o'qish o'quvchilar lug'atini boyitish va nutqini o'stirishda
katta ahamiyatga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shivirlab (yarim ovozli) o'qish darsning tashkiliy qismlarida,
0 ‘qituvchi sinf jurnali bilan m ashg‘ul paytda yoki o‘quvchilami darsga
tayyorlash bosqichlarida o'tkaziladi.
M aktabda o'qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1— 2-sinflarda
ovozli va shivirlab (pichirlab) o'qishdan ichda o'qishga o'tilsa, 3—4-
sinflarda ichda o'qishdan ovozli o'qishga o'tiladi. 3—4-sinflarda o'qish
turlaridan foydalanishda chegara qo'yilmaydi.
Boshlang'ich sinflarda o'qishning ham m a turiga bir xil talab
qo'yiladi, ya’ni o'qish to'g'ri bo'lishi, tez, ongli va ifodali bo'lishi
zarur.