2. Duduqlanish. Enurez (tungi siyg`oqliq). Qaltiroq (Tiki).
3. Bolalarda asab - psixik buzilishlarining oldini olish.
4. Ko‘rish a`zosi funksiyasi buzilishi.
5. Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya).
6.Daltonizm. Ko`z g`ilayligi. Konyunktivit –
Tayanch so’z va iboralar: Nevrozlar. Nevrosteniya nevrozi. Isteriya nevrozi. Psixasteniya nevrozi. Duduqlanish. Enurez (tungi siyg`oqliq). Qaltiroq (Tiki). Bolalarda asab - psixik buzilishlarining oldini olish. Ko‘rish a`zosi funksiyasi buzilishi. Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya). Daltonizm. Ko`z g`ilayligi. Konyunktivit . Eshitish a`zosi funksiyasi va kasalliklari. Eshitish a`zosi gigiyenasi. Otit. Eshitish qobiliyatining pasayishi. Bolada kar-soqovlik. Bolada muvozanat a`zosi funksiyasining buzilishi.
Bolalarda uchraydigan asab - psixik kasalliklarganevrozlar, duduqlanish, enurez (tungi siyg`oqlik), qaltiroq kabilar kiradi.
Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixasteniya.
Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko`pincha zehnli, o`ta ishchan, qobiliyatli o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqadi.O`smir injiq, serjahl bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy zoriqish toboro kuchayaveradi.
Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrlash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi. Bola, o`smir ota-onasi, o`qituvchisi, atrofdagilarning aytganlarini o`jarlik bilan teskarisini qiladi. Maktabga o`z vaqtida borish, darslarga faol qatnashish kabi taklifga baqirish, yig`lash, qo`l-oyoqlarini tipirchilatib talvasa qilish, qornida, yuragida og`riq paydo bo`ldi, deb bahona qilish yoki ko`rpaga o`ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe`l-atvorlar bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o`smirlar ulg`ayganida o`jar, urushqoq, qonunbuzar, har xil bahonalar bilan o`zini kasallikka solib shifoxona xodimlarining ham asabini egovlaydigan bo`ladilar.