Belgilari: Odam uzoqdagi buyumlarni yaxshi ko‘ra olmaydi. Ular ko`rish uchun ikkala ko`zini qisib qaraydi. O‘qish, yozish, rasm chizish, tikish va boshqa ishlarda ham ko`zini qisib qarashga majbur bo`ladi. Buning natijasida uning ko`zi ichida boshining chakka, peshona sohalarida og‘riq paydo bo`ladi.
Miopiya 3 darajada bo‘lib, dioptriya ko‘rsatkichida o‘lchanadi.
Miopiyaning 1-darajasi yengil bo`lib, 1, 2-3 DPT (dioptriya) ko‘rsatkichlarida belgilanadi;
Miopiyaning 2-darajasi o‘rtacha bo`lib, 4, 5-6 DPT (dioptriya) ko‘rsatkichlarida belgilanadi;
Miopiyaning 3-darajasi kuchli bo`lib, 7 va undan yuqori DPT dan dioptriya) ko‘rsatkichlarida belgilanadi. Ko`zning ko`rish o`tkirligi Golovin jadvali yordamida aniqlanadi.
Miyopiya, ya`ni yaqindan ko`rish (ko`rish o`tkirligini pasayishi) maktabgacha yoshdagi bolalarning 10 foizida, maktab yoshidagi bolalarning 20 foizida uchraydi.
Tibbiy yordam: 1.Vrach tavsiya qilgan bir tomoni qavariq (shishali) ko‘zoynakdan foydalanish.
2.Tarkibida A, B2 vitaminlar bo‘lgan ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda qabul qilish (sut va sut mahsulotlari, baliq moyi, ikra, sariyog‘, tuxum sarig‘i, jigar, sabzi, o‘rik, no‘xat, loviya, qovoq), shuningdek vrach maslahatiga ko‘ra A, B2 vitaminlarini tayyor holda qabul qilish.
3.Ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlarni bajarganda yorug`likning yetarli bo`lishi va ko‘rish gigiyenasi qoidalariga rioya qilish.
Oldini olish: Ko‘rish gigiyenasiga amal qilish:
- ish, o‘qish, yozish joylarida yorug‘lik yetarli (100 - 150 lyuks) bo‘lishini ta`minlash;
- yorug‘lik chap tomondan tushishiga e’tibor berish kerak;
- stol ustidagi elektr lampasidan foydalanganda, uning usti soyabon bilan to‘sib qo`yiladi (chunki haddan tashqari kuchli yorug‘lik nuri ko‘zning to‘r pardasidagi retseptorlarni o‘ta qo‘zg‘atib, ko‘zning tez toliqib qolishiga sabab bo‘ladi);
- o‘qiganda, yozganda daftar va kitob ko‘zdan 35 - 40 sm masofada bo‘lishi kerak (bolalarda esa har bir bolaning 2 qarichiga teng bo`lishi kerak);
- o‘quv - yozuv, chizmachilik, tikish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanganda har 15 minutdan keyin yarim - bir minut davomida uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash kerak (ko‘z ichidagi bosim pasayib, ko‘z dam oladi);
- transportda o‘qimaslik;
- A va B2 vitaminlariga boy ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda iste’mol qilish;
- ko‘zni chiniqtirish - yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, otish kabi sport turlari bilan shug‘ullanib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.