Mavzu: Baskedbol o`yini



Yüklə 334,52 Kb.
səhifə1/2
tarix30.09.2023
ölçüsü334,52 Kb.
#150926
  1   2
baskedbol


Mavzu: Baskedbol o`yini

B
asketbol (inglizcha basket — savat, ball — tо‘p) — sport turi, 3,05 metr balanddagi savatli halqaga tо‘pni qо‘lda tashlab о‘ynaladigan jamoa о‘yini. Basketbol mashg‘uloti va musobaqalari uchun tо‘rtburchak maydoncha (о‘lchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan о‘yinchi bо‘lib, maydonga bir yо‘la har jamoadan 5 tadan о‘yinchi tushiriladi (bu о‘yinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga kо‘p tо‘p tushirsa, о‘sha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan tо‘p uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan tо‘p uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. erkaklar 40 daqiqa, ayollar 36 daqiqa, 15 — 16 yashar о‘smirlar va qizlar 30 daqiqa, 13 — 14 yashar о‘g‘il va qiz bolalar 24 daqiqa о‘ynashadi. О‘yin 2 qismdan iborat bо‘lib, orada 10 daqiqa dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa g‘olib chiqquncha 5 daqiqadan qо‘shimcha vaqt beriladi. Basketbol vatani AQShdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932 yilda tuzilgan)ga 177 mamlakat a’zo (1991). Basketbol 1936 yildan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950 yildan basketbol bо‘yicha jahon chempionati о‘tkazib kelinadi.


О
‘zbekistonda basketbol 1921 yildan о‘ynala boshlagan. О‘zbekistonlik R. Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya о‘yinlari chempioni bо‘lgan. Basketbol bо‘yicha О‘zbekiston respublika federatsiyasi oliy liga jamoalari о‘rtasida musobaqalar tashkil etib kelmoqda. Oliy ligada Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar hamda Sirdaryo va Navoiy viloyati basketbolchilari musobaqalashadi. О‘zbekiston terma jamoasi 1997 y. XX Markaziy Osiyo о‘yinlari — «Sprite challenge» xalqaro turnirining g‘olibi bо‘ldi (terma jamoa bosh ustozi A. Adisman, jamoa a’zolari 3. Xabibulin, M. Shafenkov, R. Karimov, S. Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V. Petrishchev).

Basketbol tarixi
B
asketbolning vatani AQSH, uning «otasi» esa Jeyms Neysmit (James Naismith, 1861— 1932) hisoblanadi. О‘yin XIX asr oxirida paydo bо‘lgan. Springfild xalqaro mashg‘ulotlar maktabining jismoniy tarbiya о‘qituvchisi, bir paytlar ajoyib regbichi va gimnastikachi bо‘lgan Jeyms talabalarning qishki paytda jismonan yanada kо‘proq chiniqtirish maqsadida zalda tо‘p bilan о‘ynaladigan yangi о‘yin о‘ylab topdi. U tо‘pni tashlash orqali talabalarning merganligini tekshirib kо‘rish uchun qorovuldan ikki bо‘sh quti keltirishni iltimos qildi. Quti topa olmagan qorovul meva solinadigan savat keltirdi. Savatlarni balandligi 3,05 m bulgan zalning ikki tomonidagi balkonga о‘rnashtirdi. Shu tariqa basketbol vujudga keldi. Neysmit yangi о‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi о‘tkazildi. Guruxda 18 talaba mavjud edi. Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan ba’zilari xozirgacha saqlanib qolingan. 1893 yilda savatlarni tо‘rli temir aylana bilan almashtirishdi. 1895 yilda esa ular shitlarga о‘rnatildi. Oradan 2 yil о‘tgach, xar bir jamoada 5 kishidan maydonga tushadigan bо‘lishdi. 1893 yilda fransiyalik Mel Ridu (Mel Ridu) Springfild kollejini bitirgach, vataniga qaytdi va xamyurtlarini yangi о‘yin bilan tanishtirdi. Shu tariqa basketbol butun Yevropaga tarqala boshladi. 1894 yilda esa Bob Geyli xitoyliklarni, Dunkan Petton esa xindlarni basketbol bilan tanishtirdi. 1927 yilning sentabrda Jeneva jismoniya tarbiya maktabi ochildi va Springfild kolleji о‘qituvchisi doktor Elmer Beri maktab direktori etib tayinlandi. Ushbu maktab bitiruvchilari tufayli basketbol Latviya, Litva, Italiya, Fransiya, Chexoslavakiyada ommaviylashib ketdi. Kо‘pgina mamlakatlarda basketbol assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1932 yil 18 iyunda Jenevada milliy basketbol assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro konferensiyasi о‘tkazildi va unda Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil etildi. 1999 yilga kelib FIBAga a’zo davlatlar soni 180 dan oshib ketdi. 1936 yilgi Berlin Olimpiadasidan boshlab basketbol Olimpiadalar dasturidan о‘rin oldi. 1935 yildan Yevropa, 1950 yildan boshlab jaxon chempionatlari о‘tkazilib kelinmoqda. Ayollar basketboli esa 1976 yili Monrealdagi Olimpiadada debyutini nishonladi. AQSH t/j dunyodagi eng kuchli basketbol jamoasi xisoblanadi. Jaxondagi eng kuchli basketbol ligasi xam Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA)dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992 yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada о‘yinlari basketbol turnirida eng kо‘p AQSH t/j golib chiqqan — 12 marta, Faqatgina Sobiq Ittifoq 2 marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan.


Basketbol tarixidagi eng buyuk о‘yinchilar AQShlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt Chemberlen, Uilyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan Shakil Onil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni e’tirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va fransiyalik Toni Parkerlarni e’tirof etish mumkin. Shuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.



Yüklə 334,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin