O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«OLIY MATEMATIKA» KAFEDRASI
SamISI o‘quv-uslubiy kengashida
muhokama etilib nashrga tavsiya etildi.
O‘UK raisi________dots.Bektemirov A.
Bayonnoma № ____________ 2013 yil
«FIZIKA» FANIDAN
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Samarqand – 2013
Yusupov A.A., Nasriddinova M.F.
« Fizika» fanidan o’qitish texnologiyasi, o’quv uslubiy majmua:
Samarqand: 2013. ____ bet.
Taqrizchilar:
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining professori, f-m.f.d.
Begmatov A.B. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti,
f-m.f.n.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘quv uslubiy kengashining
2013 yil ___________ №___sonli majlisida ko’rib chiqildi va nashr etishga tavsiya
qilindi.
Institutning “Fizika” fanini o‘rganayotgan bakalavr talabalari uchun o‘quv
uslubiy majmua sifatida tavsiya qilinadi.
©
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2013 yil.
3
MUNDARIJA
1
O‘quv dastur
5
2
Ishchi o‘quv dastur
17
3
Ta’lim texnologiyasi
35
4
Masalalar va mashqlar to‘plami
247
5
Testlar
278
6
Nazorat uchun savollar
284
7
Umumiy savollar
291
8
Tarqatma materiallar
297
9
Glossariy
334
10
Referat mavzulari
338
11
Adabiyotlar ro‘yxati
339
12
Tayanch konspekti
361
13
Xorijiy manbalar
554
14
Annotatsiyalar
555
15
Muallif haqida ma’lumotlar
556
16
Foydali maslahatlar
557
17
Normativ hujjatlar
558
18
Baholash mezoni
559
4
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FIZIKA
fanining
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
600 000 - Xizmatlar sohasi
Ta’lim sohasi:
610 000 - Xizmat ko‘rsatish sohasi
Ta’lim yo‘nalishi:
561010
0
- Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va
yo‘nalishlari bo‘yicha)
Toshkent – 2011
5
Ro‘yxatga olindi:
№_________________
2011 yil «___»______
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2011 yil «____» _________dagi
«_____»-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan
Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv-
uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2011 yil
«____»_______ dagi «___»-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fanning o‘quv dasturi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ishlab
chiqildi.
Tuzuvchi:
Yusupov A.A. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining dotsenti, f-m.f.n.
Nasriddinova M.F. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining o’qituvchisi
Taqrizchilar:
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining professori, f-m.f.d.
Begmatov A.B. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti, f-
m.f.n.
Fanning o‘quv dasturi Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti o‘quv-
uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2013 yil 29 avgustdagi 1-
sonli bayonnoma)
6
KIRISH
Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim
vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z
qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan
tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali
mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb
vazifalar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga
oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo
zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma
tarmoqlarida oqilona foydalanish bilan farqlanadi. Davlatning,
iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining rivojlanishi yetuk kadrlarga
hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga
bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
Talabalarning mazkur fan doirasida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari»
nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalardan
puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari
hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida
turgan asosiy vazifalardir.
Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘quv jarayonining
ilmiyligi, zamon talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan
bog‘lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanini o‘qitishdan
maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun
yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr
yuritishlariga va fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta
olishlaridan iborat.
Fizika kursi talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron
asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipini o‘rganish va
tushunish uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni berishi kerak.
Talabalar keyingi ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak.
Fizika fanini o‘rganish talaba falsafiy dunyoqarashini
shakllanishi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Fizika
rivojlanishining butun tarixi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot
dialektikasini yoritishdan, fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy,
tarixiy va ekologik muammolar bilan murakkab o‘zaro
bog‘lanishini aks etishdan iborat.
XXI asr xilma-xil elektron, yarim o‘tkazgichli va
elektromagnit qurilmalar ishlab chiqarishni tez o‘sishi yangi
texnologiyalarni rivojlanishi bilan harakterlanadi. Bunday
7
qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish,
murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni
yechish va hokazolarga yo‘l ochib beradi.
Hozirgi dolzarb vazifa – talabalarning, o‘sib kelayotgan
avlodni har bir fanning rivojlanish tarixi, bu fanlarga Sharq
olimlari qo‘shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak.
Talabalar bizning avlod-ajdodlarimiz fanlar (mazkur fizika
fani) rivojiga qo‘shgan hissalarini nafaqat bilishlari, balki uni
to‘g‘ri baholashlari, asrab-avaylashlari hamda o‘zlari ham
fanlarning rivojlanishigia o‘z hissalarini qo‘shishga intilishlari
kerak.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va
malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Fizika» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr:
- fizika fanining asoslarini, qonunlarini; fizik hodisalar, ularning
mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo‘llanishlarini; fizik tajribalar,
namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflashini;
fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilishi kerak;
- talaba tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun
foydalanish; hodisani modelini yaratib berish; tabiat va jamiyatda yuz beradigan
jarayonlar va hodisalar haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy
faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olish; yangi materiallar va
mahsulotlarni tarkibini, sifatini aniqlashda fizikaviy usullardan foydalanish; fizik
asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab
chiqish, tegishli xulosalarga erishish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash;
masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; aholini turmush
darajasini ko‘tarishda xizmat ko‘rsatish sohasini, servisni yangi sifat darajasiga
ko‘tarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
- talaba fizikaviy jarayonlarni servis va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan
bog‘liqligini tahlil qilish va xulosa chiqarish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal
etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish, mehnat
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritish; fizika
fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olish; texnikani rivojlantirish; milliy
mahsulotni ko‘paytirish; turmush darajasini ko‘tarish malakalariga ega bo‘lishi
kerak.
Fanning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa
kurslar bilan o‘zaro bog‘liqligi
«Fizika» fani matematika va tabiiy fanlar turkumiga kirib, u
2-semestrda o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa tabiiy, texnikaviy
fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, matematika,
kimyo, biologiya, falsafa, elektrotexnika elektronika va
elektruzatma, sifat ekspertizasi, nooziq-ovqat tovarlar
ekspertizasi asoslari, servisdagi texnologik jarayonlar, texnologik
8
jarayonlarni avtomatik boshqaruvi, servis xizmat ko‘rsatish
texnologiyasi asoslari kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
«Fizika» fani talabalarda ilmiy dunyoqarash va amaliy
tafakkurni, fan-texnika yutuqlaridan ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida foydalanish, ishlab chiqarish va texnika
xavfsizligi qoidalarini qo‘llash, ob’ektiv tabiiy qonun va
hodisalarga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Barcha amaliy texnikaviy fanlarning nazariy-uslubiy asoslari
to‘g‘risida bilim hosil qiladi. Yangi chiqindisiz texnologiyani
yaratish va qo‘llashda ilmiy-texnikaviy bazani yaratib beradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning «Fizika» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va
zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda
darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, leksiyalar kursi, tarqatma materiallar,
slaydlar, elektron materiallar, «Aqliy hujumlar», «Tanqidiy tafakkur»,
«Guruhlarda ishlash», «Nima uchun» texnikasi, «Klaster» texnologiyasi kabi
usullar asosida o‘qitiladi.
Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘qitishning interaktiv
usullari (vizual, muammoli, ikki tomonlama tahlil, Insert, Klaster, «Birgalikda
o‘qiymiz» texnikasi, «O‘ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasi)dan
foydalaniladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
«Fizika» fanining predmeti va bilish usullari
Fizika fani va uning vazifasi. Fizikaviy tekshirish usullari.
Fizika va boshqa tabiiy fanlar orasidagi bog‘lanish. Predmetlararo
bog‘lanish. Hozirgi zamon fizikasi va kompyuterlar texnologiyasi.
Mexanika
Mexanika predmeti. Moddiy nuqta kinematiksi. Moddiy
nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Nuqtaning aylana bo‘ylab
harakati. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Nyuton
qonunlari. Impuls. Impulsning saqlanish qonuni. Mexanikadagi
kuchlar. Kuchlarning bajargan ishi. Quvvat. Kinetik energiya.
Konservativ va nokonservativ kuchlar. Potensial energiya.
Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni. Energiyani saqlanishi
to‘g‘risida Sharq olimi Beruniyning fikrlari.
Galiley-Nyuton mexanikasida nisbiylik qoidasi. Maxsus
nisbiylik nazariyasi to‘g‘risidagi tushuncha.
9
Mutlaqo qattiq jism mexnikasi. Qattiq jism kinematikasi:
ilgarilanma va aylanma harakat. Aylanish o‘qiga nisbatan kuch
momenti. Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi.
Inersiya momenti. Jism impulsi momentining saqlanish qonuni.
Aylanayotgan qattiq jismni kinetik energiyasi. Ishlash prinsiplari,
qattiq jismni harakatlariga asoslangan kundalik mashina va
jihozlarga misollar.
Suyuqlik harakatiga mexanika qonunlarini qo‘llash. Ideal
suyuqlikda statsionar oqim. Bernuliy tenglamasi.
Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Suyuqlikning laminar va
turbulent oqimi.
Mexanik tebranishlar. Tebranma harakat. Tebranuvchi
sistemalar to‘g‘risida tushuncha. Garmonik harakat kinematikasi,
energiyasi. Erkin tebranishlar. So‘nuvchi tebranishlar. Majburiy
tebranishlar. Rezonans. Rezonansning amaliy ahamiyati.
Mexanik to‘lqinlar. Akustika. Tebranishlarning bir jinsli
muhitda tarqalishi. Yuguruvchi yassi to‘lqin tenglamasi.
To‘lqinlarning superpozitsiya prinsipi. To‘lqinlar difraksiyasi.
Tovush tabiati. Tovush to‘lqinlarning tezligi. Tovush
tavsifnomalari. Akustik rezonans va uning qo‘llanilishi.
Infratovush, ultratovushlarning texnologik jarayonlarda
qo‘llanilishi. Fizika fanini rivojlanishida Abu Nasr al-Forobiy va
Beruniyning qo‘shgan hissalari.
Molekulyar fizika
Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari.
Makroskopik holat. Makroskopik parametrlar. Holat tenglamasi.
Molekulyar-kinetik
nazariyaning
asosiy
tenglamasi.
Temperaturaning molekulyar-kinetik ma’nosi. Ehtimollik va
fluktuatsiya. Maksvell taqsimoti. Erkinlik darajalari bo‘yicha
energiyaning tekis taqsimot qonuni. Ko‘chish hodisalari. Hozirgi
zamon texnikasi, texnologik jarayonlarda ko‘chish hodisasidan
foydalanilishi.
Termodinamika asoslari. Sistemaning to‘la va ichki
energiyasi. Issiqlik miqdori va ish. Termodinamika qonunlari.
Adiabatik jarayon. Puasson tenglamasi. Qaytar va qaytmas
jarayonlar. Karno sikli. Entropiya haqida tushuncha.
Qattiq jismlar. Kristallarning tuzilishi. Qattiq jismlarning
issiqlikdan kengayishi. Qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi, issiqlik
o‘tkazuvchanligi. Amorf jismlar va polimerlar.
Suyuq kristallar va ularning turlari. Suyuq kristallarning
xossalari. Turmushda suyuq kristallarning qo‘llanilishi.
Suyuqliklar. Suyuqliklarda molekulalarning harakati. Yaqin
tartib. Sirt va kapillyarlik hodisasi. Fazoviy muvozanat va
aylanishlar.
10
Elektr va magnetizm
Elektr zaryadi. Zaryadlarning saqlanish qonuni. Elektr
maydoni va uning tavsifnomalari. Kulon qonuni. Elektr maydonlar
superpozitsiya prinsipi. Elektr maydon induksiya oqimi vektori.
Ostrogradskiy-Gauss teoremasi. Elektrostatik maydonda
bajarilgan ish.
Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik.
Qutblanish vektori. Dielektrik singdiruvchanlik, elektr qabul
qiluvchanlik va atom qutblanuvchanligi orasidagi bog‘lanish.
Elektr siljish vektori. Dielektriklar uchun Gauss teoremasi.
O‘tkazgich va kondensatorlar sig‘imi. Kondensatorlarnig
ulash. Elektr maydon energiyasi. Elektrotexnika, radiotexnika,
elektronikada kondensatorlarni qo‘llanilishi.
O‘zgarmas elektr toki. Asosiy tushunchalar va aniqliklar.
O‘zgarmas tok qonunlari. Tarmoqlangan zanjirlar, Kirxgof
qoidalari.
Vakuumda elektr toki. Termoelektron emissiya. Elektron
lampalar va ularni qo‘llanilishi. Hozirgi zamon elektrotexnikasi,
radiotexnikasi va radioelektronika asboblarida termoelektron
emissiya hodisasini ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar.
Gazlarda elektr tok. Plazma to‘g‘risida tushuncha. Plazma
va uning asosiy tavsifnomalari. Plazmaning kelajagi to‘g‘risida
tushuncha.
Kontakt potensiallar farqi. Termoelektr toki. Termoelektr
hodisalar va ularning qo‘llanilishi.
Magnit maydoni. Magnit induksiya vektori. Toklarning
bo‘shliqdagi magnit maydoni. Tok elementlarining o‘zaro ta’siri.
Amper qonuni. Magnit maydon kuchlanganligi. Bio-Savar-Laplas
qonuni. Amper kuchi. Lorens kuchi. Zaryadlangan zarrachaning
elektr va magnit maydonlardagi harakati. Amper va Lorens
kuchlarini texnikada qo‘llanilishi. Magnit momenti. Magnetiklarni
klassifikatsiyasi: dia-, para-, ferromagnetiklar. Ferromagnetizm
nazariyasi.
Magnit maydon oqimi. Elektromagnit induksiya hodisasi.
Elektromagnit induksiya hodisasini asosiy qonuni. O‘zinduksiya
hodisasi. Magnit maydon energiyasi.
Elektr va magnit maydonlarning o‘zaro aylanishi.
Uyurmaviy induksion tok. Fuko toklari. Siljish toki. Maksvell
tenglamalari sistemasi. O‘zgaruvchan tok generatori.
O‘zgaruvchan tok zanjirlari. O‘zgaruvchan tok quvvati. Quvvat
koeffitsiyenti va uning amaliy ahamiyati.
Tebranish konturi. Erkin elektromagnit tebranishlar.
Majburiy elektromagnit tebranishlar. Tebranish konturining
sahiyligi.
Optika
11
Elektromagnit to‘lqinlar va ularning asosiy tavsifnomalari.
Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi. Yorug‘likni tabiati to‘g‘risidagi
tasavvurlar evolyutsiyasi. Yorug‘likni tavsiflovchi kattaliklar va
ularning birliklari.
Yorug‘lik interferensiyasi. Kogerent to‘lqinlar. Yupqa plyonka
va plastinkalarda interferensiya. Yorug‘lik interferensiyasining
amalda qo‘llanilishi. Yorug‘lik difraksiyasi. Gyuygens-Frenel
qoidasi. Frenelning zonalar usuli. Fraungofer difraksiyasi.
Difraksion panjara va uning spektral tavsifnomasi.
Yorug‘likning qutblanishi. Tabiiy va sun’iy yorug‘lik.
Yorug‘likning qaytish va sinishda qutblanishi. Optik aktiv
moddalar. Qutblanish tekisligining aylanishi. Polyarimetriya usuli.
Yorug‘lik qutblanishi hodisasining qo‘llanilishi.
Yorug‘likning yutilishi va dispersiya. Buger qonuni. Yorug‘lik
dispersiyasining klassik nazariyasi. Dispersion spektrlar.
Issiqlik nurlanishi va uning tavsifnomalari. Kirxgof qonuni.
Mutlaqo qora jism. Stefan-Bolsman va Vin qonunlari. Issiqlik
nurlanishining kvant harakteri. Plank formulasi.
Kvant optika. Fotoeffekt. Tashqi fotoeffekt qonunlari.
Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi. Ichki fotoeffekt.
Fotoeffekt hodisasining texnikada qo‘llanilishi.
Fotonlar. Yorug‘lik kvantlarining energiyasi va impulsi.
Yorug‘likning to‘lqin-korpuskulyar dualizmi.
Atom va yadro fizikasining elementlari
Mikrozarralarning to‘lqin xususiyatlari. De-Broyl gipotezasi.
Mikrozarralar to‘lqin xususiyatlarining amliy isboti. Noaniqlik
qoidasi.
Atom uchun Bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va Gers
tajribasi. Atom spektri. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy
ma’nosi. Spin to‘g‘risida tushuncha.
Ko‘p elektronli atomlar. Murakkab atomlarda elektron
holatlar strukturasi. Uyg‘ongan atomlarning nurlanishi. Pauli
prinsipi. D.I.Mendeleevning elementar davriy sistemasi. Kvant
generatori. Lazerlar va ularning qo‘llanilishi.
Molekulyar spektrlar turlari. Yorug‘likning kombinatsion
sochilishi spektri.
Tabiiy radioaktivlik. Radioaktiv nurlanish turlari. Radioaktiv
yemirilishning asosiy qonuni. Atom yadrosi. Yadroning tarkibi va
tavsifnomasi. Nuklonlarning o‘zaro ta’siri. Yadro kuchlari. Massa
defekti, bog‘lanish energiyasi va atom yadrolarining
mustahkamligi. Yadro reaksiyalari. Yadro reaksiyalari turlari.
Sun’iy radioaktivlik. Og‘ir yadrolarning bo‘linishi. Zanjir yadro
reaksiyalari. Termoyadro reaksiyalarini boshqarish muammolari.
Kosmik nurlanishlar. Elementlar zarrachalar.
12
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar masalalar yechish ko‘rinishida tashkil etilib, unda
talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy
masalalar yechish orqali yanada boyitadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Kinematika, dinamikaning asoslari. Ish va energiya.
2. Mutlaqo qattiq jismning mexanikasi. Tutash muhit
mexanikasining elementlari.
3. Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar.
4. Molekulyar fizika.
5. Termodinamikaning asoslari.
6. Elektrostatika.
7. O‘zgarmas toki.
8. Elektromagnetizm.
9. O‘zgaruvchan tok.
10. Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar.
11. Geometrik optikasi.
12. To‘lqin optikasi.
13. Yorug‘likning kvant optikaviy xususiyatlari.
14. Atom fizikasi elementlari.
15. Yadro fizikasi elementlari
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
O‘quv dasturidagi bo‘limlarga tegishli laboratoriya ishlarini bajarish,
asboblar bilan tanishish, natijalar olish, tajriba natijalarini hisoblash, tegishli
xulosalar chiqarish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash orqali amalga oshirilib, har
bir laboratoriya ishi joriy nazorat orqali tegishli ballar bilan baholab boriladi.
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Triflyar osma yordamida jismlarning inersiya momentini aniqlash.
2. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.
3. Tovushning havodagi tezligini interferensiya usuli bilan aniqlash.
4. Suyuqliklarni sirt taranglik koeffitsiyentini tomchi uzilish usuli bilan
aniqlash.
5. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imlarini aniqlash.
6. Metallarning chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash.
7. Psixrometr yordamida havoning namligini aniqlash.
8. Elektr tokining issiqlik ekvivalentini aniqlash.
9. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash.
10. Termoparani darajalash va termoEYUKni aniqlash.
11. Bir fazali transformator ishini o‘rganish.
12. O‘zgaruvchan tok uchun Om qonunini tekshirish.
13. O‘zgaruvchan tok quvvatini va tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza
siljishini aniqlash.
14. Difraksion panjara yordamida yorug‘likni to‘lqin uzunligini aniqlash.
13
15. O‘zgaruvchan tok zanjirida tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza
siljishini aniqlash.
16. Linzaning fokus masofasi va yorug‘lik kuchini aniqlash.
17. Mikroskop yordamida shisha plastinkaning sindirish ko‘rsatkichini
aniqlash.
18. Refraktometr yordamida suyuqliklarning sindirish ko‘rsatkichini va
eritmalarning konsentratsiyasini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: |