Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini
nazarga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Fanning o‘quv turlari bo‘yicha talabalarga adabiyotlardan foydalanib
mustaqil o‘zlashtirish uchun quyidagi vazifalar berib boriladi:
- ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o‘zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
- amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
- amaliy mashg‘ulotlardan masalalar yechish, hisob-grafik ishlarini bajarish;
- laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;
- laboratoriya ishlarini natijalarini, tajriba xatoliklarni hisoblash va xulosalar
qilish;
- laboratoriya ishlarini himoyasiga tayyorlash;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘rganish, masalalarni
yechish;
- ilmiy-tadqiqot ishlari ustida ishlash;
- ilmiy maqolalarni va tezislarni chop etish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. Fizika va fan-texnika inqilobi.
2. Olamning yagona fizika manzarasi.
3. Impulsli texnika.
4. Yarim o‘tkazgichli asboblar va ularning qo‘llanilishi.
5. Rele. Relening turlari va ulardan servis sohasida foydalanilishi.
6. Integral sxema va uning turli sohalarda qo‘llanilishi.
7. Ventilli fotoelement va uning qo‘llanilishi.
8. Shamol energetikasi va undan xalq xo‘jaligida foydalanish.
9. Suyuq dielektriklar.
10. Suyuq o‘tkazgichlar va ularning servis sohasida qo‘llanilishi.
11. O‘lchash qurilmalari.
12. Kvant elektronikasi.
13. Magnitomexanik hodisalar.
14. Magnitooptika.
15. Qattiq jismlar plazmasi.
16. Elektr energiyaning plazma manbai va uning kelajagi
17. Fotoemissiya hodisasi.
14
18. Yadro energetikasi.
19. Lazer texnologiyasining rivojlanishi.
20. Servis sohasida qo‘llaniladigan isitgich asboblari.
21. Lyuminissensiya hodisasi. Lyuminissensiyadan servis sohasida
foydalanishi.
22. Yangi chiqindisiz texnologiyalar.
23. Informatsion sistemalar va texnologiyalarning hozirgi holati va
rivojlanishi.
24. Hozirgi zamon fizikasining bashoratlari.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida
prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan:
- amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik
texnologiyalaridan;
- o‘tkaziladigan tajriba mashg‘ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari,
guruhli fikrlash texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
1. Ismoilov M., Xabibullayev P., Xaliulin M. «Fizika kursi»
Toshkent, O‘zbekiston, 2000.
2. Nazarov O‘.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O‘zbekiston,
2002.
3. Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma’ruzalar matni». SamKI,
2003.
4. Boydadayev A. «Klassik statistik fizika». Toshkent,
«O‘zbekiston», 2003.
5. Volkenshteyn V.S. «Umumiy fizika kursidan masalalar
to‘plami». Toshkent, «O‘qituvchi», 1989.
6. Abdusalomova M.N. Fizikadan leksiyalar kursi. Samarqand,
2007.
7. Abdusalomova M.N., Sadinov X.P. Fizikadan laboratoriya
praktikumi. Samarqand, 2007.
8. Abdusalomova M.N., Sadinov X.P. «Fizika» fanidan amaliy
mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. Samarqand, 2009.
9. Abdusalomova M.N. «Fizika» leksiyalar kursi. Samarqand, 2009.
10. Abdusalomova M.N. «Fizika» fanidan ta’lim texnologiyasi. Uslubiy
qo‘llanma. Samarqand, SamISI, 2011 y. - 186 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Numonxo‘jayev A.S. «Fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi,
1992.
15
2. Safarov A.S. «Fizika» Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
3. Nazarov U.K. «Umumiy fizika kursi» 1-qism, Toshkent,
O‘qituvchi, 1992.
4. Nazirov E.N., Xudayberdiyeva Z.A., Safiullina N.X. «Mexanika va
molekulyar fizikadan amaliy mashg‘ulotlar». Toshkent,
«O‘zbekiston», 2001.
5. Abdusalomova M.N. «Fizikadan laboratoriya praktikumi». –
Samarqand, 2007.
6. Sovremennaya fizika. M., 2005.
7. Ilin V.N. Termodinamika i sotsiologiya. Fizicheskiye osnovi
sotsialnix protsessov i yavleniy. M., 2005.
Jurnallar
1. Informatika va energetika muammolari. O‘zbekiston jurnali.
2. Ekonomika i jizn.
3. Fanlar Akademiyasi axborotlari. Fizika.
4. Infokom.Uz.
5. KompyuterPress.
Internet saytlari:
1.
www.iofbe.ru
. Fiziko-texnicheskiy institut im. A.F.Ioffe.
2.
www.buybook.ru
. Magazin knigi: Copyright s 2004.
3.
www
. colibri
. ru
. Inernet-magazin krupnogo kolibra (1999-2006)
4.
www.
book
. sdd
. ru
. Knijniy internet.
5.
www
. nmsi
. uz
/ ebook
. htm
. Navoiy Davlat Konchilik instituti.
6.
http
://www.
iite
. ru
/ iire
/ russion
/
Institut Yunesko po
informatsionnim texnologiyam v obrazovanii.
7.
http://www.
scool
. ua
/ Htm
/ Technologie
. htm
Informatsionniye
texnologii v uchebnom protsesse.
8.
http://www.uzbekistan.uz
. O'zbekistan, ustremlenniy v
budushee.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
16
FIZIKA
fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
600 000 – Xizmatlar sohasi
Ta’lim sohasi:
610 000 – Xizmat ko’rsatish sohasi
Ta’lim yo‘nalishi:
5610100 – Xizmatlar soxasi (faoliyat turlari va
yo‘nalishlari bo‘yicha)
SAMARQAND – 2013
17
Ro‘yxatga olindi:
№_________________
2013 yil «___»______
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_______ A.Bektemirov _
“___” _________2013_ yil
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga
muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Yusupov A.A. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining dotsenti, f-m.f.n.
Nasriddinova M.F. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining o’qituvchisi
Taqrizchilar:
G’aniyev F.S. – SamDU, “Astrofizika” kafedrasining professori, f-m.f.d.
Begmatov A.B. – SamISI, «Oliy matematika» kafedrasining dotsenti, f-
m.f.n.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Oliy matematika” kafedrasining 2013 yil
4-iyuldagi 10-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va institut ilmiy kengashida
muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _________________ Qarshiboyev X.
Fanning ishchi o‘quv dasturi institut o’quv-uslubiy kengashida muhokama
etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2013 yil 10-iyuldagi 12-sonli
bayonnoma).
Kelishildi: O‘quv uslubiyat bo’limi boshlig’i
____________________ Shodmonov I.E.
18
KIRISH
Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim
vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z
qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan
tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali
mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb
vazifalar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga
oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo
zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma
tarmoqlarida oqilona foydalanish bilan farqlanadi. Davlatning,
iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining rivojlanishi yetuk kadrlarga
hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga
bog‘liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
Talabalarning mazkur fan doirasida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari»
nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalardan
puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari
hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida
turgan asosiy vazifalardir.
Fanning maqsad va vazifalari
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘quv jarayonining
ilmiyligi, zamon talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan
bog‘lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanini o‘qitishdan
maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun
yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr
yuritishlariga va fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta
olishlaridan iborat.
Fizika kursi talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron
asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipini o‘rganish va
tushunish uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni berishi kerak.
Talabalar keyingi ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak.
Fizika fanini o‘rganish talaba falsafiy dunyoqarashini
shakllanishi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Fizika
rivojlanishining butun tarixi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot
dialektikasini yoritishdan, fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy,
tarixiy va ekologik muammolar bilan murakkab o‘zaro
bog‘lanishini aks etishdan iborat.
XXI asr xilma-xil elektron, yarim o‘tkazgichli va
elektromagnit qurilmalar ishlab chiqarishni tez o‘sishi yangi
texnologiyalarni rivojlanishi bilan harakterlanadi. Bunday
19
qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish,
murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni
yechish va hokazolarga yo‘l ochib beradi.
Hozirgi dolzarb vazifa – talabalarning, o‘sib kelayotgan
avlodni har bir fanning rivojlanish tarixi, bu fanlarga Sharq
olimlari qo‘shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak.
Talabalar bizning avlod-ajdodlarimiz fanlar (mazkur fizika
fani) rivojiga qo‘shgan hissalarini nafaqat bilishlari, balki uni
to‘g‘ri baholashlari, asrab-avaylashlari hamda o‘zlari ham
fanlarning rivojlanishigia o‘z hissalarini qo‘shishga intilishlari
kerak.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Fizika» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr:
- fizika fanining asoslarini, qonunlarini; fizik hodisalar, ularning
mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo‘llanishlarini; fizik tajribalar,
namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflashini;
fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilishi kerak;
- talaba tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun
foydalanish; hodisani modelini yaratib berish; tabiat va jamiyatda yuz beradigan
jarayonlar va hodisalar haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy
faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olish; yangi materiallar va
mahsulotlarni tarkibini, sifatini aniqlashda fizikaviy usullardan foydalanish; fizik
asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab
chiqish, tegishli xulosalarga erishish, texnika xavfsizligini to‘la saqlash;
masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; aholini turmush
darajasini ko‘tarishda xizmat ko‘rsatish sohasini, servisni yangi sifat darajasiga
ko‘tarish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
- talaba fizikaviy jarayonlarni servis va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan
bog‘liqligini tahlil qilish va xulosa chiqarish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal
etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish, mehnat
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritish; fizika
fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olish; texnikani rivojlantirish; milliy
mahsulotni ko‘paytirish; turmush darajasini ko‘tarish malakalariga ega bo‘lishi
kerak.
O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
«Fizika» fani matematika va tabiiy fanlar turkumiga kirib, u
I semestr o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa tabiiy, texnikaviy
fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, matematika,
kimyo, biologiya, falsafa, elektrotexnika elektronika va
elektruzatma, sifat ekspertizasi, nooziq-ovqat tovarlar
ekspertizasi asoslari, servisdagi texnologik jarayonlar, texnologik
jarayonlarni avtomatik boshqaruvi, servis xizmat ko‘rsatish
texnologiyasi asoslari kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
20
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning «Fizika» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va
zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda
darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, leksiyalar kursi, tarqatma materiallar,
slaydlar, elektron materiallar, «Aqliy hujumlar», «Tanqidiy tafakkur»,
«Guruhlarda ishlash», «Nima uchun» texnikasi, «Klaster» texnologiyasi kabi
usullar asosida o‘qitiladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar:
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish,
darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni
undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik,
tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga
jalb qilish.
“Fizika” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual
yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu
esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining
shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini
o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha
bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-
o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi
va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash
- yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid,
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari,
amaliy ishlar.
21
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza
matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga
asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy
va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish,
qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida
ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test
topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari
baholanadi.
“Fizika” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Yexcel”
elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar
bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet”
tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma
materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq
va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘qitishning interaktiv
usullari (vizual, muammoli, ikki tomonlama tahlil, Insert, Klaster, «Birgalikda
o‘qiymiz» texnikasi, «O‘ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasi)dan
foydalaniladi.
“Fizika” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar
bo‘yicha taqsimlanishi:
Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)
t/r
Mavzular nomi
Jami
soat
Ma’ruz
a
Amaliy
mash-
g‘ulot
Labora-
toriya
ishi
Mustaqil
ta’lim
1
Mexanik harakatning kinematik va
dinamik tavsifi
8
2
2
2
2
2
Mexanik ish. Energiya. Quvvat
6
2
2
-
2
3
Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik
tebranishlar
12
2
2
4
4
4
Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari
6
2
2
2
5
Gazlarning molekulyar-kinetik
nazariyasining asoslari
6
2
2
-
2
6
Termodinamika asoslari
6
2
2
-
2
7
Suyuqliklar. Qattiq jismlar
10
2
2
4
2
8
Elektr maydon vakuumda. Elektr
maydonida dielektriklar
6
2
2
2
9
Elektr maydonida o‘tkazgichlar
12
2
2
4
4
22
O‘zgarmas elektr toki
10
O‘tkazgichlar, dielektriklar. Yarim
o‘tkazgichlar
6
2
2
2
11
Metallarning klassik nazariyasi.
Vakuumda elektr tok. Termoelektrik
hodisalar
10
2
2
4
2
12
Elektromagnetizm. Moddalardagi
magnit maydoni
6
2
2
2
13
Elektromagnit induksiya
10
2
2
4
2
14
Elektromagnit maydoni. Maksvell
tenglamalari
O‘zgaruvchan elektr toki
12
2
2
4
4
15
Elektromagnit tebranishlar va
to‘lqinlar
6
2
2
2
16
Kvant fizikasi. Kvant optikaviy
hodisaning asoslari
6
2
2
2
17
Mikro zarrachalarning to‘lqin
xususiyatlari. Atomning energetik
sathlarining diskretligi. Vodorod atomi
tuzilishining kvant nazariyasi
8
2
4
2
Jami
136
34
36
26
40
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda
keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib
beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan
bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish
beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda
bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni
erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor
masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngti yutuqlari
e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |