Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Ismoilov M., Xabibullayev P., Xaliulin M. «Fizika kursi» Toshkent,
O‘zbekiston, 2000.
2. Nazarov O‘.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O‘zbekiston, 2002.
3. Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma’ruzalar matni». SamKI, 2003.
4. Boydadayev A. «Klassik statistik fizika». Toshkent, «O‘zbekiston», 2003.
5. Volkenshteyn V.S. «Umumiy fizika kursidan masalalar to‘plami». Toshkent,
«O‘qituvchi», 1989.
6. Abdusalomova M.N. Fizikadan leksiyalar kursi. Samarqand, 2007.
Qo‘shimcha adabiyotlar
7. Numonxo‘jayev A.S. «Fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
8. Safarov A.S. «Fizika» Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
9. Nazarov U.K. «Umumiy fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
10. Nazirov E.N., Xudayberdiyeva Z.A., Safiullina N.X. «Mexanika va molekulyar
fizikadan amaliy mashg‘ulotlar». Toshkent, «O‘zbekiston», 2001.
11. Abdusalomova M.N. «Fizikadan laboratoriya praktikumi». – Samarqand, 2007.
12. Sovremennaya fizika. M., 2005.
13. Ilin V.N. Termodinamika i sotsiologiya. Fizicheskiye osnovi sotsialnix
protsessov i yavleniy. M., 2005.
Internet va ZiyoNet saytlari
№
Ko‘rsatkichlar
YaN ballari
maks
O‘zgarish oralig‘i
1
Fan bo‘yicha yozma ish nazorati
6
0-6
2
Fan bo‘yicha amaliy topshiriq
24
0-24
Jami
30
0-30
39
1.
www.iofbe.ru
. Fiziko-texnicheskiy institut im. A.F.Ioffe.
2.
www.buybook.ru
. Magazin knigi: Copyright s 2004.
3.
www.colibri.ru
. Inernet-magazin krupnogo kolibra (1999-2006)
4.
www.book.sdd.ru
. Knijniy internet.
5.
www.nmsi.uz/ebook.htm
. Navoiy Davlat Konchilik instituti.
6.
http://www.iite.ru/iire/russion/
Institut Yunesko po
informatsionnim texnologiyam v obrazovanii.
7.
http://www.scool.ua/Htm/Technologie.htm
Informatsionniye
texnologii v uchebnom protsesse.
8.
http://www.uzbekistan.uz
. O'zbekistan, ustremlenniy v
budushee.
«FIZIKA» fanidan
40
TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Kirish
«Fizika» fanidan ta’lim texnologiyasi uslubiy qo‘llanmasida bayon etilgan
dars mashg‘ulotlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati
muhimdir.
Qo‘llanmada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv
mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik
maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning
usul va vositalarini mujassamlashtirgan.
Qo‘llanma tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari,
mavzu bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘qitish
texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar umumlashtirilgan va tartibga solingan.
Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va
chizmalardan foydalanilgan.
41
Qo‘llanmaning konseptual asoslari qismida «Fizika» fanining dolzarbligi va
ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va
vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar
berilib, so‘ngra loyihalashtirilgan o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
1. Quyidagi turdagi ma’ruza mashg‘ulotlari kirish ma’ruza, mavzu asosida
ma’ruza, muammoli ma’ruza, vizuallashtirilgan ma’ruza, yakunlovchi ma’ruza,
sharhlovchi ma’ruza berilgan.
2. Amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarni olib borishning topshiriqlarni
individual tarzda, guruhda bajarilishi vaziyatli ishlanma har xil usullar, nazariya
asosida bilimlar va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish va kengaytirishga yo‘naltirilgan
amaliy topshiriqlar berilgan.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga
o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali
foydalanilmoqda. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu talablar
yotadi.
«FIZIKA»
FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL
ASOSLARI
1. «Fizika» o‘quv fanining dolzarbligi va o‘qitish strukturasi
Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri –
malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy
fazilat hamda hislatlarini bilgan tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy
foydali mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalar kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo zamonaviy fan va
texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida oqilona foydalanish
bilan farqlanadi. Davlatning, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning rivojlanishi yetuk
42
kadrlarga hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga bog‘liqligini
bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘quv jarayonining ilmiyligi, zamon
talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan bog‘lanishiga asoslangan. Shuning
uchun fizika fanining o‘qitishdan maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo‘lib
yetishishlari uchun yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritishlariga va
fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olishlaridan iborat.
Bakalavr bosqichi talabalariga mo‘ljallangan «Fizika» fanining asosiy
maqsadi – talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron asboblar va qurilmalarning
ishlash prinsipini o‘rganish va tushinishi uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni
berish va ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida olingan bilimlarni
ishlata olish.
«Fizika» fani bo‘yicha talabalarning bilimi, o‘quvi va ko‘nikmasiga
qo‘yiladigan talablar:
a) bilimga ega bo‘lishi kerak:
- fanga tegishli bo‘lgan nazariy, amaliy ma’lumotlarni o‘rganish, aniq
tasavvurga ega bo‘lishlari;
- har bir elementga e’tibor bergan holda, fan sirlarini to‘liq o‘zlashtirib
olishlari lozim;
- fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilish;
- mehnatga to‘g‘ri motivatsiya munosabatini shakllantirish omillari
to‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bo‘lish.
b) bilish kerak:
- tabiat qonunlarini o‘rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun
foydalanishi;
- hodisaning modelini yaratib berish;
- materiallar va mahsulotlarni fizik xususiyatlarini o‘rganishda fizikaviy
metodlardan foydalanish;
v) bajarilishi lozim:
- fizik asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o‘tkazish, olingan
ma’lumotlarni ishlab chiqish, tegishli xulosalarga erishish, texnika xavfsizligini
to‘la saqlash kabi ko‘nikmalarni hosil qilish;
- guruh materiallarini izlanishida laboratoriya usullaridan foydalanishi;
- masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish;
d) tasavvurlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
- xizmat sifatini tekshirish;
- mahsulotlarni sinovi;
- sinovni asosiy sharoitlari – atrof-muhitni aniq parametrlarini ta’minoti;
- texnologiyalarni va tayyor mahsulotlarni sifatli xususiyatlarini baholash;
- kompleks avtomatlashtirish;
- avtomatlashtirishning va boshqarishning kompyuter texnologiyalari;
- aholini turmush darajasini ko‘tarishda xizmat ko‘rsatish sohasini, servisni
yangi sifat darajasiga ko‘tarish.
g) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifa:
43
- fundamental ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish,
milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish;
- talabalarni millat manfaatlari yo‘lida:
- texnikani rivojlantirish;
- milliy mahsulotni ko‘paytirish;
- turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalash.
44
Mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha o‘quv soatlarining taqsimlanishi
t/r
Mavzular nomi
Jami
soat
Ma’ruz
a
Amaliy
mash-
g‘ulot
Labora-
toriya
ishi
Mustaqil
ta’lim
1
Mexanik harakatning kinematik va
dinamik tavsifi
8
2
2
2
2
2
Mexanik ish. Energiya. Quvvat
6
2
2
-
2
3
Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik
tebranishlar
12
2
2
4
4
4
Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari
6
2
2
2
5
Gazlarning molekulyar-kinetik
nazariyasining asoslari
6
2
2
-
2
6
Termodinamika asoslari
6
2
2
-
2
7
Suyuqliklar. Qattiq jismlar
10
2
2
4
2
8
Elektr maydon vakuumda. Elektr
maydonida dielektriklar
6
2
2
2
9
Elektr maydonida o‘tkazgichlar
O‘zgarmas elektr toki
12
2
2
4
4
10
O‘tkazgichlar, dielektriklar. Yarim
o‘tkazgichlar
6
2
2
2
11
Metallarning klassik nazariyasi.
Vakuumda elektr tok. Termoelektrik
hodisalar
10
2
2
4
2
12
Elektromagnetizm. Moddalardagi
magnit maydoni
6
2
2
2
13
Elektromagnit induksiya
10
2
2
4
2
14
Elektromagnit maydoni. Maksvell
tenglamalari
O‘zgaruvchan elektr toki
12
2
2
4
4
15
Elektromagnit tebranishlar va
to‘lqinlar
6
2
2
2
16
Kvant fizikasi. Kvant optikaviy
hodisaning asoslari
6
2
2
2
17
Mikro zarrachalarning to‘lqin
xususiyatlari. Atomning energetik
sathlarining diskretligi. Vodorod atomi
tuzilishining kvant nazariyasi
8
2
4
2
Jami
136
34
36
26
40
45
2. «Fizika» o‘quv fanining mazmuni
1-mavzu. Mexanik harakatning kinematik va dinamik tavsifi
O‘zbekiston Respublikasining istiqboli texnika, texnologiya, ishlab
chiqarishni dunyo standartlari darajasida rivojlanishi va ularni amalga oshiruvchi
kadrlarning malakasi va salohiyati bilan aniqlanadi. Bunday masalalarni yechishda
fizika fanini ahamiyati katta.
Fizika hozirgi zamon jamiyati hayotida juda muhim o‘rinni egallaydi.
Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy xizmatda, madaniyatda u inson
hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitini tubdan o‘zgarishiga ko‘maklashmoqda.
Talabalarni mutaxassisliklari uchun fizika fanining rivojlanish tarixi,
maqsadi, vazifasi, tadqiqot uslublari va amaliy ahamiyati haqida keng ma’lumotlar
berish. Mexanik harakatning harakteristikalari, turlari va amaliyotda foydalanishi
haqida chuqur bilim berish.
9-16 asrda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga
siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan fizikani rivojiga O‘rta Osiyo
olimlari ulkan hissa qo‘shdilar. Fizika, matematika, astronomiya va
tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy,
Termiziy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Ali Qushchi va boshqa o‘rta osiyolik olimlarning
ishlarida o‘z aksini topgan.
Beruniy dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, jism inersiyasi, fazoviy
jismlarning vaznsizligi to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi
bog‘lanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chiziqli tezlik va boshqa
mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon tushunchalariga
juda mos keladi.
2-mavzu. Mexanik ish. Energiya. Quvvat
Biz o‘zimizni o‘rab olgan sharoitda bir-biriga qandaydir kuchlar bilan ta’sir
qilayotgan jismlarga duch kelamiz. Tabiiy ravishda kuchlarning jismlar ko‘chishi
bilan bog‘liq bo‘lgan ta’sirni ish deb ataladigan fizik kattalik harakterlaydi.
Biror ish bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday jism yoki jismlar
sistemasi energiyaga ega bo‘ladi.
Energiya jismning yoki jismlar sistemasining holatini uning bir holatdan
boshqa holatga o‘tishida ish bajarish qobiliyatini harakterlaydi.
Amaliyotda katta ahamiyatlarga ega bo‘lgan fizik kattaliklar – mexanik ish,
quvvat, energiya to‘g‘risida chuqur bilimlar berish.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni – tabiatning eng muhim asosiy
qonuniyatlardan biri.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni vaqt simmetriyasi, vaqtning bir
jinsligi xususiyati bilan bog‘langan.
Sharq olimi Beruniy energiya aylanishi to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
3-mavzu. Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik tebranishlar
46
Mexanikada ko‘p foydalaniladigan modellardan yana biri absolyut qattiq
jism tushunchasidir. Shuni nazarda tutish kerakki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni
mutlaqo deformatsiyalanmaydigan jismlar yo‘q. Bunday modeldan foydalanib,
qattiq jism kinematikasi va dinamikasidan bilimlar berish va ulardan amaliyotda
foydalanishni o‘rganish.
Beruniy Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini o‘zi yasagan asboblar
yordamida isbotlandi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. Yer va
boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlari ellips shakliga yaqinligi
to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
Tabiat va texnikada juda ko‘p tarqalgan takrorlanuvchi jarayon asosida
tebranishlar va ularni hosil qilgan to‘lqinlar yotadi.
Bizning planetamizning hayotida ham tebranma harakat ro‘y beradi. Tirik
organizmda ham tebranish ro‘y beradi.
Fizikaviy tabiatga qarab tebranishlarning ikki turi bor. Tebranayotgan jism
hamisha boshqa jismlar bilan bog‘liq va ular bilan birga tebranayotgan sistemani
hosil qiladi.
Hozirgi zamon fizikasida tebranishlar fizikasi maxsus soha sifatida ajralib
chiqqan bo‘lib, unda turli xil tebranishlar yagona nuqtai nazardan qaralib chiqiladi.
Tebranishlar fizikasining xulosalari mexanik tebranishlar, o‘zgaruvchan tok,
elektrotexnika va radiotexnikaning nazariy asosini tashkil qiladi.
Beruniy dengiz hamda ummon suvlarining ko‘tarilishi va pasayish sabablari
to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
4-mavzu. Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari
Mexanik tebranishlarning elastik muhitda tarqalish jarayoni mexanik to‘lqin
deb aytiladi.
Qandaydir sistema muhitda tebranma harakatda bo‘lsin. Muhit zarralari bir-
biri bilan bog‘langan bo‘lsa, tebranish harakat energiyasi sistemani o‘rab turgan
muhit zarrachalariga beriladi va ularni tebranma harakatga keltiradi. Ana shunday
tebranishlarning muhitda tarqalishi to‘lqinlar deb ataladi.
To‘lqinlar tebranishlari va tarqalish yo‘nalishining o‘zaro munosabatiga
qarab ikki xil bo‘ladi.
Elastik muhitda tarqalayotgan to‘lqinlar chastotasi 16 Gs dan 20000 Gs
gacha bo‘lsa, bunday to‘lqinlarni inson eshitish organi – qulog‘i orqali sezadi va
bo‘ylama mexanik to‘lqinlar tovush to‘lqinlari yoki tovush deb ataladi.
Abu Nasr al-Forobiyning tovush tezligi, tovushning to‘lqin tabiati. Tovush
chastotasi, tovush to‘lqinning uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib
yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid ko‘pgina ishlari fizika fanining
rivojlanishiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi.
5-mavzu. Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari
47
Molekulyar fizika va termodinamika ayni bir doiradagi hodisalarni, xususan,
jismlardagi makroskopik jarayonlarni, ya’ni jismlar tarkibidagi ulkan miqdordagi
atomlar va molekulalar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi.
Molekulyar fizika moddaning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi
tasavvurlardan kelib chiqadi va issiqlikni atom va molekulalarning tartibsiz
harakati deb qaraydi.
Jismlarning ichki xossalari issiqlik harakatiga bog‘liq, shuning uchun
issiqlik harakatini o‘rganish jismlar ichida yuz beradigan ko‘p jarayonlarni
tushunib olishga imkon beradi.
Issiqlik hodisalarining qonunlari kashf etilishi bu hodisalardan amalda,
texnikada samarali foydalanishga imkon beradi.
Gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarni o‘rganishda molekulyar-
kinetik nazariya asosiy nazariya bo‘lib qoldi.
Hozirgi zamon fanida jismlarning fizik xossalarini o‘rganishda ikki xil
yondashishdan – termodinamik va molekulyar-kinetik usuldan foydalaniladi.
Hozirgi zamon texnikasida ko‘pgina jarayonlarda ko‘chish hodisasi
kuzatiladi. Masalan, qandni ishlab chiqarishda – lavlagidan qandni hosil qilishni
(ekstraksiya) diffuziya hodisasi ta’minlaydi.
Beruniy bo‘shliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomg‘ir
va do‘lning paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
Ibn Sino bo‘shliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlik uzatilishining
turlari to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
A.Eynshteyn, polyak fizigi M.Smoluxovskiy va fransuz fizigi J.Perrenlar
broun harakati atom hamda molekulalarning issiqlik harakati ekanligini isbotlab,
molekulyar-kinetik nazariya asoslari bo‘lgan broun harakatining miqdoriy
nazariyani yaratdilar.
Materiyaning kinetik nazariyasi taraqqiy etishi L.Bolsman tomonidan
statistik mexanika – Bolsman statistikasining yaratilishiga olib keldi.
6-mavzu. Termodinamika asoslari
Termodinamika termodinamik muvozanat holatida turgan makroskopik
sistemalarning umumiy xossalari va bu holatlar orasidagi o‘tish jarayonlarni
o‘rganadi.
Termodinamika turli issiqlik, mexanik, elektr va hokazo jarayonlarda
molekulalarning issiqlik harakati tufayli energiyaning o‘zgarishi va bir turdan
ikkinchi turga aylanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Termodinamika fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi.
Termodinamika asosida insoniyatning ko‘p asrlik tajribasi natijasida
tasdiklangan ikkita fundamental qonun yotadi. Birinchi qonun energiyaning
aylanish jarayonining miqdoriy va sifat tomonlarini tavsiflaydi. Ikkinchi qonun bu
jarayonlarning yo‘nalishlari haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Termodinamikaning uchinchi qonuni entropiyaning mutloq qiymatini
aniqlaydi, Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi.
Bu uchta qonun termodinamik jarayonlarni tahlil qilish va turli issiqlik
mashinalarini hisoblashga imkon beradi.
48
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni issiqlik hodisalari nazariyasining
asosiy qonuni bo‘lib, u termodinamikaning birinchi bosh qonuni deb ataladi.
Termodinamikaning rivojlanishida S.Karno, R.Klauzius, U.Tomson, E.Klapeyron
va D.I.Mendeleevning xizmatlari katta bo‘ldi. S.Karno issiqlikning mexanik
harakatga aylanishini aniqladi. R.Klauzius, U.Tomson issiqlik nazariyasining
asosiy qonuni – termodinamikani ikkinchi bosh qonunini ta’rifladilar.
7-mavzu. Suyuqliklar. Qattiq jismlar
Moddalar uch agregat (gaz, suyuq, qattiq) holatda bo‘lib, ularning fizik
xususiyatlari holat parametrlari o‘zgarishi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi ham
yoki tubdan farq qilishi ham mumkin.
Moddaning suyuq holati uning gazsimon hamda qattiq holatlari orasidagi
oraliq holat bo‘lib, u ikkala holat bilan ma’lum o‘xshashliklarga ega bo‘ladi.
Suyuqlik sirtini tarang holati sirt taranglik deb ataladi.
Sirt taranglik moddaning suyuq holati uchun harakterli bo‘lgan hodisalarni
tushuntiradi.
Suyuqlikning egrilangan sirti ostida ichki bosimdan tashqari yana
qo‘shimcha bosim ham vujudga keladi. Qo‘shimcha bosim kapillyar hodisalarda
katta rol o‘ynaydi.
Ayrim suyuqliklar qattiq jismni ho‘llasa, boshqalarni ho‘llamaydi.
Ho‘llash va ho‘llamaslik hodisasi sanoatda va turmushda katta ahamiyatga
ega. Kapillyar hodisalar tabiat va texnikada katta rol o‘ynaydi.
Qattiq jismlar bir-biridan ichki tuzilishi jihatdan batamom farq qiluvchi
kristall va amorf jismlar ko‘rinishida uchraydi. Qattiq jismlar asosan kristall
holatda bo‘ladi.
Tabiatda kristall holat juda ko‘p tarqalgan. Ko‘pchilik qattiq jismlar
kristallardir.
Yangi texnologiyalarning rivojlanish xususiyatlarini turli xil fizik
jarayonlarni boshqarish uchun mumkin bo‘lgan yangi materiallar va moddalarni
olish bilan bog‘liqdir.
8-mavzu. Elektr maydon vakuumda. Elektr maydonida dielektriklar
Fizikaning harakatsiz elektr zaryadlar maydoni va ularning o‘zaro ta’sirini
o‘rganadigan bo‘limi – elektrostatikadir. Harakatsiz elektr zaryadlar hosil qilgan
elektr maydon elektrostatik maydon deyiladi.
Elektrostatikaning asosiy qonuni – Kulon qonuni. Elektr zaryadlarni o‘zaro
ta’siri faqat elektr maydon orqali amalga oshadi.
Zaryadlangan har bir jismli elektr maydon o‘rab oladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarida, texnikada eng ahamiyatli materiallardan biri
ham elektr o‘tkazmaydigan moddalar, dielektriklar.
Texnikada ishlatiladigan dielektriklar har xil. Ular tabiiy va sun’iy bo‘lishi
mumkin.
Tashqi elektr maydon ta’sirida dielektrik qutblanadi, uning sirtidagi bir
tomonda musbat ishorali bog‘langan zaryadlar, ikkinchi tomonda esa manfiy
ishorali bog‘langan zaryadlar paydo bo‘ladi.
49
Tashqi maydon bo‘lmaganda spontan (o‘z-o‘zidan) qutblanish qobiliyatiga
ega bo‘lgan moddalar bor, shu moddalarning barchasi segnetiklar deb aytiladilar.
Sharq olimi Ibn Sino yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasini
yoritishdi, fizika faniga katta hissa qo‘shdi.
18-asrda fransuz olimi Sh.Dyufe elektrning ikki turi mavjudligini aniqladi.
G.Kavendish va undan mustasno Sh.Kulon qo‘zg‘almas elektr zaryadining o‘zaro
ta’sir kuchini tajribada aniqladilar hamda matematik ifodasini topib, asosiy qonun
– Kulon qonunini ochdilar.
Rus fiziklari G.Rixman, M.V.Lomonosov va amerikalik olim B.Franklin
atmosferada hosil bo‘ladigan elektr, yashinning tabiatini tushuntirib berdilar.
Dostları ilə paylaş: |