Bolalarda uchraydigan asab ruhiy buzilishlarining oldini olish


Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya)



Yüklə 21,42 Kb.
səhifə5/7
tarix03.05.2023
ölçüsü21,42 Kb.
#107038
1   2   3   4   5   6   7
BOLALARDA UCHRAYDIGAN ASAB – RUHIY

Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya). Bunday bola va katta odam yaqindagi buyumlarni yaxshi ko`rmaydi, uzoqdagi buyumlarni ko`radi. Chunki, bunday odamda ko`z soqqasi qisqaroq (yupqaroq, yapaloqroq) bo`lib, yaqindagi buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushadi. Uzoqdan ko`ruvchi odamlarning ba`zilarida esa ko`z gavhari do`ngligi (qalinligi) kamaygan bo`ladi.
Sababi: Bolalarda tug`ma bo`ladi. Ayrim keksa yoshdagi odamlarda hayot jarayonida yuzaga keladi.
Tibbiy yordam: 1.Bola ko`rish qobiliyatining yuqorida aytilgan buzilishi sezilgan zahoti oftalmolog shifokoriga murojaat qilish kerak.
2.Bunday bolaga ikki tomoni bo`rtgan (do`mboq) ko‘zoynakdan foydalanish tavsiya etiladi.
Daltonizm. Bu o`ziga xos funksional holat bo`lib, bola shuningdek, katta odam ko`zining ayrim ranglarni farqlash qobiliyati buzilgan bo`ladi. U qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaydi. Bu holat ko`zning ichki to`r pardasida joylashgan rang sezuvchi kolbachasimon retseptorlarda ma`lum rang ta`sirida qo`zg`aladigan nervlar bo`lmasligidir.
Bunday odam transport vositalarini haydashi mumkin emas, chunki u svetoforning qizil va yashil ranglarini farqlay olmaydi.U rassomlik kasbida ham ishlay olmaydi.
Sababi: Kasallik nasldan beriladi. Tibbiy yordamning iloji yo`q.
Bunday bola va katta odam transport boshqarishi, rassom bo`lishi mumkin emas. U transport serqatnov ko`chalarda piyodalab yurishi ham xatarlidir, ya`ni svetofordan o`tishida unga kimdir yordam berishi kerak bo`ladi.
Ko`z g`ilayligi. Tug`ma va orttirilgan turlarga bo`ladi.
Sababi: Tug`ma g`ilaylik onaning homiladorlik vaqtida uning va homilaning yuqumli virusli kasalliklar bilan kasallanishi, shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi.
Orttirilgan funsional g`ilaylik – bolaning yuqumli kasalliklar bilan og`rishi, bir tomonlama ko`krak emishi, beshikka har xil o`yinchoqlar osish sabab bo`ladi.
Belgilari: biokulyar ko`rish faoliyati buzilib, ko`zning umumiy nuqtaga qaraolmay og`ishi kuzatiladi.
Tibbiy yordam: 1.Ko`z shifokori (oftolmolog) tavsiyasi bilan ko`zoynak taqish tavsiya etiladi.
2.Ko`zoynak taqish natijasida g`ilaylik bartaraf etilmasa, 2 - 3 yoshdan keyin operatsiya yo`li bilan davolanadi.

Yüklə 21,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin