Urganch innovatsion universiteti



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/4
tarix14.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#87838
  1   2   3   4
Interenetning inson va jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri.

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

NODAVLAT OLIY TA`LIM MUASSASASI 22-17 “BOSHLANG`ICH TA`LIM” YO`NALISHI TALABASI QURAMBOYEVA YOQUTJON XUSINBOYEVNANING


TAQDIMOT ISHI

Mavzu: Interenetning inson va jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri. Reja: 1. Internetning hayotimizdagi o’rni. 2. Inson va jamiyat hayotiga ijobiy tasiri. 3. Internet bilan bog‘liq muammolar.

Internetning ijobiy tomonlari

  • Bugungi kunimizni internetsiz tasavvur qilish juda qiyin. Global tarmoq hayotning yangicha yo‘nalishi emas, balki mashg‘ulotning bir turiga aylanib bo‘ldi. Uning imkoniyatlari cheksizligi haqida esa ko‘p gapirish mumkin.
  • Internetning ijobiy va salbiy tomonlari haqida juda ko‘plab bahs-munozaralar bo‘lyapti. Men ham tarmoqning foydali jihatlarini inkor etmagan holda undan noo‘rin foydalanish natijasida kelib chiqayotgan tomoniga e’tibor qaratmoqchiman. Chunki har bir narsaning salbiy tomonini tahlil qilmay turib, uning yaxshi xususiyatlari qadriga yetish mushkul, deb hisoblayman.

Masalan, bugungi kun o‘quvchilari va talabalari xohlagan mavzudagi referatlarni, istalgan ma’lumotni, turfa rasmlarni tayyor holda internetdan topib, ulardan nusxa ko‘chirib olishyapti.

  • Savol tug‘iladi: Xo‘sh, bu holat ularni izlanishdan to‘xtatib qo‘ymaydimi? Agar biz o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni turli kitob va gazeta-jurnallardan yoki ensiklopediyalardan qidirsak, keragidan ortiqroq ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin-ku. Chunki, zarur ma’lumotni qidirish asnosida istaymizmi-yo‘qmi boshqa ma’lumotlarga ham ko‘zimiz tushib, uni o‘qiymiz va o‘sha ma’lumot xotiramizda saqlanib qoladi. Ma’lumotni bu usulda izlash juda qiziqarli. Sababi, qidirayotgan ma’lumotimiz bitta kitobda to‘liq bo‘lmasligi mumkin va biz boshqa kitoblarga murojaat qilamiz. Ma’lumotlarni taqqoslaymiz, tahlil qilamiz, xulosa yasaymiz. Shu tariqa kitobga bo‘lgan mehrimiz, so‘z boyligimiz ortadi, eng asosiysi, o‘z ustimizda ishlashni, izlanishni o‘rganamiz.

 Bu bilan internetni batamom rad qilmoqchi emasman. Faqat undan me’yorida foydalanishni bilishimiz kerak. Aks holda tarmoq bizning sog‘lig‘imizga, ruhiyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, rivojlanish davrini boshdan kechirayotgan bolalarning kompyuter qarshisida ko‘p o‘tirishi zararlidir. Ikkinchi tomondan esa kerakli ma’lumot qidirib internetga kirgan bola boshqa ma’lumotlarga chalg‘ishi mumkin. Turli o‘yinlar, musiqa va filmlar uning xayolini bo‘ladi. Bular uning psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarmoqdagi axloqiy buzuq kontentlar esa bolaning ma’naviy taraqqiyoti uchun juda xatarlidir.
Biz dunyoga dong‘i ketgan buyuk allomalar farzandlarimiz. Tengdoshlar, keling, shu sha’nimizni saqlab qolaylik, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan avlod bo‘lib voyaga yetaylik. Internetdan oqilona foydalaning. Internet undan to‘g‘ri foydalangan har bir inson uchun juda foydali ekanligini, noo‘rin foydalanadiganlarga esa ma’naviy zararligini aytib, eslatib qo‘ymoqchiman, xolos.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin