“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bioetika: 
Bioetika Bioetika – bu amaliy etikaning yo‘nalishi bo‘lib, uning bosh maqsadi tug‘ilmoq, hayot 
va o‘lim, insoniyatning kelajagini davom ettirish kabi masalalarga fanning aralashuvini tahlil 
qilish, oqibatlarini baholash va ushbu jarayonlarning axloqiy qoidalarini ishlab chiqishdan 
iboratdir. Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson hayotining 
eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. SHu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish 
muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi 
zomon fanida Bioetika etika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan 
munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi. Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli 
holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin 
bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab 
chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar, 
tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar qatnashmoqda Bioetika ilgari surayotgan muammolar 
juda muhim va rang-barang, ularni tahlildan o‘tkazish darajasi juda katta, bioetika ko‘rib chiqib 
hal qilayotgan masalalar juda muhim va dolzarbdir. Har qanday mamlakatda transplantatsiya, 
reanimatsiya, sun’iy urug‘lantirish, irsiy davolash zamonaviy vrach amaliyotining muayyan 
yo‘nalishlari hisoblanadi. Ilmiy bilim, shu jumladan tibbiy-biologik bilimlar ham universaldir. 
Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlariga, evtanaziya va 
o‘limni aniqlash, inson a’zolarini transplantatsiya qilish, homila tushirish (abort), klonlash, irsiy 
injeneriya masalalariga alohida e’tiborni qaratmoqda. Akademik doiralarda «bioetika» 
tushunchasi aynan shu ma’noda qo‘llaniladi. Bunda tibbiyot etikasi tushunchasi o‘rniga ko‘pincha 
deontologiya tushunchasi qo‘llaniladi. Deontologiya etikaning burch va majburiyat muammolarini 
o‘rganuvchi bo‘limidir (atamani ingliz faylasufi Ieremiya Bentam XIX asrda muomalaga kiritgan). 
Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab chiqilgan qismiga aylandi. Boz ustiga, bioetika 
mustaqil fan maqomiga ham da’vogar bo‘lishi mumkin, degan fikr ham ilgari surilmoqda.
Evtonaziya: 
evtonaziya Totli o‘lim - evtonaziya ham bioetikaning global muammolaridan. 
Bedavo dardga chalingan bemorni azob-uqubatlardan qutqarish uchun uning o‘limini qasddan 
tezlashtirishga munosabat yuzasidan tibbiyotchilar, yuristlar, sotsiologlar va psixologlar orasida 
ko‘p sonli bahslar hanuz davom etmoqda. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil 
og‘riqsiz o‘limni belgilash uchun «evtanaziya» (yunoncha «euthanasia», «eu» – yaxshi, 
«thanatos» - o‘lim), ya’ni azob-uqubatlarsiz, yaxshi, oson va engil o‘lim atamasini muomalaga 
kiritdi. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan 
kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan 
kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? 
Deylik, muayyan inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar 
ichida o‘tishini biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam 
- shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin