“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
234 
klassitsizm tarafdorlari estetik burchni barcha ijodkorlar amal qiladigan aqidalarda ko‘rardilar. 
Pozitivizm tarafdorlari esa estetika fani doirasini badiiy jarayonlarni tushuntirish va sharhlash 
bilan belgilardilar. Hozirgi zamon estetika nazariyachilari bunday bir yoqlama yondashishni qabul 
qilmagan holda «Estetika fanining asosiy burchi va vazifasi san’atning vujudga kelishi, 
rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlarini tahlil qilishdir», degan xulosani ilgari suradilar. 
Muammo shundaki, mazkur qonunlar mohiyati va tabiati ochib berilgandan so‘ng va nazariy 
xulosalar bayon etilgandan so‘ng oldindan belgilangan me’yor qolipiga aylanib, san’atning joziba 
va sehr kuchini yo‘qotib qo‘yish havfi tug‘iladi.
Estetika amaliyoti adabiy-badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo‘ladi. Badiiy tanqid bilan 
estetik nazariya o‘rtasida azaliy uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Bu bog‘liqlikni «tanqid – bu 
harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham ko‘ramiz. Munaqqid san’at asarlarini 
baholash va sharhlashda xolis estetik aqidalarga suyanadi va bu bilan estetikaning ijtimoiy 
hayotdagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Adabiy-badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyo-ti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 
ramzidir. Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. 
Badiiy faoliyat qonunlarini bilish, san’at tabiatini tushunish, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini 
anglash haqiqiy iste’dod o‘rnini qoplay olmaydi. Ammo bu ikki qanotning yaxlit namoyon bo‘lishi 
iste’dodning estetik nazariya bilan qurollanishi, ularning qo‘shilib amal qilishi natijasida ijtimoiy 
hayot muhtoj bo‘lgan va kutib yotgan estetik mo‘‘jizalar yaratiladi, albatta.
Estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun 
ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular san’at haqida qancha ko‘p bilsalar, san’at mohiyati va burch-
vazifalari haqida qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ularda san’at bilan 
doimiy muloqotda bo‘lishga intilish kayfiyati shunchalik kuchli bo‘ladi. Estetika fani san’at 
haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, san’atga qiziqqanlarda badiiy ijodga nisbatan hurmat 
uyg‘otadi, badiiy ijod inson faoliyatining eng murakkab turi, eng ko‘p aqliy va jismoniy kuch talab 
qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi.
Estetik nazariya san’atkorlar, ijodkorlar bilan bir qatorda bu sohani boshqaradigan 
hodimlar uchun ham zarurdir. San’atga rahbarlik qilishda sodir bo‘lgan o‘zboshimchalik, 
beboshlik, hokimi mutlaqlik ko‘p jihatdan uning o‘ziga xos qonunlarini bilmaslik oqibatidir.
Estetik nazariyaga suyanib ish ko‘rish – badiiy jarayonlarga samarali ta’sir o‘tkazish va 
san’atning erkin rivojlanishini ta’minlash garovidir. Qotib qolgan aqidalardan xalos etilgan va 
hayot chig‘irig‘idan o‘tgan estetik nazariya san’atga ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali rahbarlik 
qilishga amalda qarama-qarshi tura oladi.
Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib boradi va ularni ma’naviy 
boyitadi, ijtimoiy- ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida yoshlarning, xususan 
bo‘lajak huquqshunoslarning estetik madaniyatini shakllantiradi. Ayni mahalda u jamiyat estetik 
ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.
Shunday qilib, estetika fanining predmeti va vazifalarini ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng 
mazkur xulosalarga kelishimiz mumkin: estetika fanining jamiyat hayotida tutgan o‘rni quyidagi 
vazifalari bilan belgilanadi:
1.
tasviriy vazifasi;
2.
normativ vazifasi;
3.
ijodiy vazifasi;
4.
ma’lumot berish (bilish) vazifasi; 5.
didaktik (tarbiyaviy) vazifasi;
6.
dunyoqarash vazifasi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin