“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja: 
1.
“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati.
2.
“Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.
3.
Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning 
muqobillari.
4.
Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi.
5.
Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi.
 
Tayanch tushunchalar: 
Estetika, «Go‘zallik falsafasi», estetik ehtiyoj, nafosat, san’at, estetika 
amaliyoti, Zardushtiylik, Pifagor, Geraklit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Tit, Lukretsiy Kar, G‘arb
O‘rta asrlar estetikasi, Uyg‘onish davri, klassitsizm, nemis klassik falsafasi, O‘rta Osiyo 
Uyg‘onish davri estetikasi, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, ekzistensializm, 
strukturalizm. 
 
Estetika so‘zi yunoncha «estezis» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his qilish qobiliyati» 
ma’nosini bildiradi. Bu fan – insonning voqelikka estetik munosabatlari va insoniyat badiiy 
rivojining umumiy qonun-qoidalari haqidagi fan. Uzoq vaqt bu fan «Go‘zallik falsafasi» deb 
ta’riflab kelingan. Lekin hozirgi davrda „Estetika" fanini bunday ta’riflab bo‘lmaydi, chunki 
«go‘zallik»ning o‘zi „Estetika"ga tegishli tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Birinchi marta 
estetika so‘zini fanning nomi sifatida olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) 
“Poetika” asarining ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar” kitobida ishlatgan (1735 
yil). Lekin bu bilan Baumgartenni „Estetika" fanining asoschisi deb bo‘lmaydi, chunki estetika 
nazariyalari qadim zamonlardayoq „Falsafa” fani doirasida o‘rganilgan.
Dastlabki estetik ta’limotlar quldorlik jamiyati davrida – Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil,
Hindiston, Xitoy, Eron va Turon)da vujudga kelib, qadimgi Yunonistonda, ayniqsa, Aflotun, 
Arastu, Suqrot asarlarida, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning tadqiqotlarida 
rivojlantirildi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. 
„Estetika" so‘zi ko‘pincha narsa va hodisalarning rang-tusi va shaklidagi mukammallik, 
mutanosiblik, latofat ma’nolari majmui sifatida ham qo‘llaniladi. Mazkur tushuncha kishilarning 
yaxshi fe’l-atvori, muomalasi, nutqi, did bilan kiyinishini anglatadi yoki tabiatdagi go‘zallikni ham 
bildiradi.
Estetika so‘zi ba’zan «nafosat» tushunchasi bilan baravar ishlatiladi. San’atda ham estetika 
bir qancha ma’nolarda qo‘llaniladi. Voqelikdagi tabiatan nozik narsalar va hodisalar in’ikosi – 
badiiy adabiyotda nazm, tasviriy san’atda – manzara, miniatyura va boshqalar fikrimizga yorqin 
dalildir. Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan qat’i nazar, nihoyatda nozik ifoda usullari 
qo‘llanilishi, ifoda usulining bag‘oyat nafisligi – nozik raqs va boshqalar diqqatga sazovordir. 
“Estetika” atamasi o‘rnini bevosita va bilvosita “Nafosat” atamasi bosa oladi. Ko‘pchilik 
“estetika” atamasiga o‘rgangani uchun “nafosat” atamasini chuqur his qilolmaydi.
Estetika fan sifatida voqelikning go‘zallik asosida in’ikos etishini, inson amaliy 
faoliyatining hamma sohalarida go‘zallik va xunuklik tuyg‘ularini, ayniqsa, badiiy ijodning 
umumiy qonunlarini o‘rganadi. Biz voqelikdagi go‘zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. 
Estetik qarashlarimiz, tasavvurlarimiz, baholarimiz nisbiy bo‘lib, ularni xolis baholash 
estetikaning vazifasidir. Mazkur fanning asosiy tushunchasi – go‘zallik zohiriy va boti-niy 
ma’noga ega, voqea-hodisa, buyum zohiran go‘zal, botinan xunuk bo‘lsa, bu erda tom ma’nodagi 
go‘zallik deb bo‘lmaydi. Shu bois donishmandlar tashqi va ichki go‘zallik mutanosibligiga alohida 
ahamiyat berganlar.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin