“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
237 
ko‘rsatib o‘tishicha, san’at narsalarning o‘ziga xos sifatlarini, ularning go‘zalligini izlab topadi va 
ommalashtiradi. San’at voqelikning in’ikosi, ijodiy qayta takrorlash jarayonidir.
Klassitsizm estetikasi ham estetik tafakkur taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bualoning 
“Nazm san’ati” risolasi klassitsizm estetikasi mohiyatini ochib beradi. Unga ko‘ra barcha 
ijodkorlar klassitsizm ishlab chiqqan aqida qoidalariga bo‘ysunishi shart bo‘lgan. Ijodkorning 
erkinligi cheklangan. Klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni qoidalar bilan 
belgilab qo‘yilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab qo‘yilgan va mavhumlash-tirilgan 
mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahkum etadi. Klassitsizm vakillari yuksak san’at aslida takomil 
va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni o‘z asarlarida aks ettirishi kerak 
deb hisoblaydilar. Klassitsizm uslubida juda ko‘p asarlar yaratilgan bo‘lib, ular jahon san’ati 
namunalaridandir. Lekin san’at taraqqiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘nalti-rish 
uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi.
Estetik fikrlar keyinchalik nemis klassik falsafasida ri-vojlantirildi. Ayniqsa, I.Kant va 
Gegel o‘z falsafiy sistemalari doirasida, estetik munosabat, did, ulug‘vorlik, go‘zallik masalalarida 
birmuncha qimmatli fikrlarni ilgari surdilar.
Masalan, Kant fikriga ko‘ra, did birgina odamga xos bo‘lgan tug‘ma qobiliyatdir, u shu 
qadar yakka hodisadirki, uni inkor etib bo‘lmaydi.
Kant, shuningdek, ulug‘vorlik nazariyasini rivojlantirdi. U ulug‘vorlik va go‘zallikning 
barcha o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berdi.
Gegel san’atga yuqori baho beradi. San’at, uning fikricha, go‘zallikning asl makonidir. 
Gegel ulug‘vorlikni ham san’at asarlari zaminida tahlil etadi. Gegel fikricha, mutlaq ruh – 
go‘zallikning namoyon bo‘lishidir.
 
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino kabi buyuk olimlar, shoirlar, musiqashunoslar, faylasuflar yashab ijod etdilar. 
Ular tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy masalalar bilan bir qatorda tilshunoslik, 
she’riyat, notiqlik san’ati, musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yozdilar.
Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida”gi risolasida “Inson aql-idroki tufayli haqiqiy 
insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go‘zallik va 
mukammallikni kashf etadi” deb ko‘rsatadi. SHaxsni kamol toptirish jarayoni, Forobiy fikricha, 
inson o‘z hayoti davomida ilm, hunar o‘rganishi, axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va san’atni 
hayotiy tajriba bilan boyitish orqali sodir bo‘ladi. Estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit 
ta’si-rida shakllanadi. Forobiy shaxs tarbiyasida she’riyat va musiqa san’atining o‘rnini alohida 
ta’kidlaydi. U san’at turlarini bir-biridan farq qiladi: she’riyat so‘z bilan, tasviriy san’at esa 
bo‘yoqlar bilan ish ko‘radi. Lekin har ikkovi ham inson ruhiy hayotining in’ikosidir. San’at 
insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. Ta’lim-tarbiya masalalariga 
Forobiy alohida to‘xtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni 
egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalashni muhim vazifa deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o‘zaro 
bog‘liqligi va aloqadorligi manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ko‘rsatadi. Go‘zallikni tabiat 
va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholaydi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin