“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
24 
2. Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. 
Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi o‘choqlaridan biri. VIII–IX asrlarda Markaziy 
Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Qadimiy boy an’analarga ega bo‘lgan Misr, Suriya, 
Mesopotamiya, Eron, O‘rta Osiyo kabi madaniyat o‘choqlari istilo etilib, bir davlat ichiga 
birlashtirildi. Natijada, tarixiy sivilizatsiyalar o‘rtasida bevosita muloqot boshlanib, yangi islom 
madaniyati shakllana boshladi. Ichki Arabiston hududida shaharlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, 
hajmi va ahamiyati jihatdan yangi bo‘lgan markazlar vujudga kela boshladi. Ularning 
shakllanishida arablar bilan bir qatorda boshqa xalq vakillari ham faol qatnashdilar. Yangi 
shaharlar qurilishi davlatning harbiy-siyosiy mavqeini mustahkamlashda muhim o‘rin egalladi.
Qur’on – islom dinining asosiy manbasi va qadimiy adabiy-tarixiy va madaniy yodgorlik 
hisoblanadi. U VII asrdagi arablar hayoti va ijtimoiy holatini o‘zida aks ettiradi. Unda diniyfalsafiy 
tasavvurlar va rivoyatlar, qabila-urug‘chilik hayot tarziga xos an’ana, urf-odat va marosimlar, 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy qonunqoidalar, oila-nikoh, 
ajdod va avlodlarga munosabat, mulkchilik va vorislik, savdo-sotiq va qarzmuomalalariga xos 
ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan.
Qur’oni karim xalifa Abu Bakr davrida to‘planib, Usmon davrida yozma holga keltirilgan 
ekan, uning holati Muhammad payg‘ambar davrida qanday holatda bo‘lganligi masalasi 
muhimdir. Ba’zi tadqiqotlarda ilk davrda Qur’onni musulmonlar yodlab olar, yozma nusxalari esa, 
hijratdan so‘ng paydo bo‘la boshladi, degan xulosalar uchraydi. Ammo, tarixiy ma’lumotlar 
Qur’onning nozil etilgan oyatlarini sahobalar yozib yurganliklari va uni boshqalarga 
tarqatganliklari haqida Umar ibn al-Xattobning Qur’on oyatlari bitilgan matnni o‘qiganligi va 
islom dinini qabul qilganligi (615 yil) dalil bo‘ladi. Demak, Qur’on oyatlarini musulmonlar 
hijratdan oldin ham yozma holga keltira boshlaganlar. Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning 
asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod 
talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi 
oyatlardan tashkil topgan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad 
payg‘ambarning so‘zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur’on va 
sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. SHariat (to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l demakdir) — 
islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo‘nalishlar — 
sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga 
oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi. Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik 
xalifalik hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda 
bir-biridan farq qiladi.
Islomda hanafiylik, ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar 
kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini yoqlab chiqib, uni tan olmagan 
jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi usul va vositalaridan 
foydalanib, islomning diniy-aqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin