“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Ilmadir. 
Boshqa odamlar keyinchalik undan tarqalgan. Ilma yashagan davr insoniyatning 
oltin davri deb tasvirlanadi. Bu davrda odamlar o‘lmaydilar, ularga abadiy bahor yaratilgan 
bo‘ladi, ular baxtldi va farovon yashaydilar.Biroq shunday bir paytda odamlar ta’qiqlangan mol 
go‘shtini eb, gunoh qilib qo‘yishadi. Bundan g‘azabi kelgan Angra man’yu (“Axriman”) xudosi 
ularga qor va sovuqni yuboradi. Ilma shunda uy qurib, odamlarni va bir juftdan hayvonlarni saqlab 
qoladi. SHundan boshlab, insoniyat tarixining birinchi davri oltin davri tugab ikkinchi- yaxshilik 
va yomonlikning kurash davri boshlanadi. Bu davrda yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi keskin 
kurashlar so‘ngida xudo Ahura Mazda xudo Axriman ustidan g‘olib chiqadi va baxtli hayot 
saltanati qaror topadi. Bu insoniyat tarixining uchinchi davri bo‘lib, insoniyatning kelajagi 
davridir. Bu davrda kishilarning baxt-saodati, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Bu 
davrda oldin o‘lganlar tiriladi gunohkorlar jazolanadi. Jamiyatda mehnatsevarlik, adolat, halollik, 
poklik, yaxshilik asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, «Avesto»da keltirilgan «Zabardast va qudratli 
bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostlikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan», 
«Haq so‘zdan o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma», «Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari 
harakatga soladigan kishi lar bo‘lmog‘i lozim», «YOlg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost 
gapirib o‘lgan yaxshi», «O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g‘olib chiqa 
olmaydi
3
» kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
“Avesto”da quyidagi uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi asosiy fazilatlar 
ekanligi aytiladi. Bular: 1) Ezgu fikr; 2)Ezgu so‘z;, 3)Ezgu ish (amal)dir.Mana shu fazilatlarga ega 
bo‘lgan inson oliy haqiqatga musharraf bo‘ladi. Bularga erishishning asosiy vositasi mehnat qilish, 
o‘rganish, izlash, o‘z ustida tinmay ishlashdir. Avestodagi ilgari surilgan diniy-falsafiy ta’limot, 
zardushtiylik g‘oyalari keyingi davrlar SHarq va Evropa diniy-falsafiy ta’limotlarining 
shakllanishi va paydo bo‘lishida juda katta o‘rin tutgan va rol o‘ynagan.
3
Umarzoda M. Ovesto sirlari // «Jahon adabiyoti». 1997 y. №4. 19–20-b 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin