“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 
Abu Rayhon Beruniy 
(973–1048 yillar, asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», 
«Hindiston», «Minerologiya»), tabiat va uning ob’ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. 
U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va 
o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan. 
Ma’lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb 
yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin,
... so‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini topmagan»
7
.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni etarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod 
yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va 
solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir qancha tajribalar o‘tkazdi»
8
. Tajribada olingan bilimni 
mutafakkir ayrim me’yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida 
ob’ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning 
tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin. Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning 
haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o‘rta asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish 
imkonini beradi. Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning 
Erdagi hayotga ta’siri, iqlim, tabiiy va sun’iy tanlanish, saqlanish,rivojlanish anomaliyasi kabi 
murakkab muammolarni yangi ilg‘or metod va nazariy tamoyillar yordamida echishga harakat 
qildi.Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va 
rivojlanishi tarixida ham etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda ilmiy izlanishlar olib 
6
Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 25. 
7
Абу Райхон ал-Беруни. Избранные произведения в 6 т. Т. 3. –Т.: 1963 г. с. 44. 
8
Хайруллаев М. Философское наследие народов Средней Азии и борьба идей. Фергана,1988 г.с.39.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin