“ Ijtimoiy fanlar


Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili.
Musulmon SHarqi, jumladan islom 
joriy etilganidan keyin Vatanimiz hududidan etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, 
inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo‘lib 
kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o‘tmagan.
Imom Buxoriy 
(810-870yillar) Muhaddislar sultoni, Rasululloh s.a.v. hadislarining 
sahihlarini ajratib, Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi ishonchli manba sanalmish “Sahihi 
Buxoriy” nomli hadislar to‘plamini tuzgan 60 mingga yaqin hadis to‘plagan ulug‘ alloma, 
imomud-dunyo, olimlar peshvosining nomi butun dunyoda mashhur va ma’lum Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘iyra ibn Ahnaf ibn Bardazbih al-Jo‘‘fiy alBuxoriydir.
Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimizga e’tibor qaratildi, yurtimizdan etishib chiqqan o‘nlab 
ulug‘ olimlar qatorida hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining hayotlari va boy ilmiy 
meroslarini o‘rganishga kirishildi. U kishining “Al-jomeus-sahih”, “Aladab al-mufrad” kabi 
asarlari o‘zbek tiliga o‘girilib, katta nusxada nashr qilindi. Ayniqsa, 1998 yili Imom Buxoriy 
tavalludining 1225 yillik to‘yi keng nishonlanishi munosabati bilan u zotga bo‘lgan ulkan ehtirom 
sifatida Imom Buxoriy dafn etilgan go‘shada muhtasham majmuaning barpo etilishi bo‘ldi.


2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
27 
2017 yilda Imom Buxoriy majmuasi yonida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiytadqiqot 
markazi qurilishi boshlandi. 6 gektar maydonni egallagan markaz binosida hadis, kalom va qiroat 
ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etiladi. 2017 
yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlab, jumladan shunday dedi: 
“Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon 
sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk 
allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi 
eng mo‘tabar kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. 
Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifiy islom to‘g‘risidagi 
ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro 
ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Toshkentda tashkil 
etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi
4
”. O‘z 
navbatida muhtaram yurtboshimizning bu chiqishlarini barcha musulmon aholisi diqqat bilan 
kuzatdi va katta qiziqish bildirdi.
IX asr boshlarida, dastlab, Somoniylar davlati vujudga kelgan bo‘lsa, XIII asrning 20-yillarida 
Xorazmiylar davlati mo‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko‘p asrlik urushlarga 
qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san’at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar 
yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko‘ra o‘sha davrni Markaziy Osiyoda 
uyg‘onish davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining o‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1)
barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni 
mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni 
rivojlantirish;
2)
tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga 
ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;
3)
insonga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, 
barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga rioya qilish;
4)
universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr 
madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning 
rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida madaniy 
qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va 
madaniy boyliklar, turli xalqlarning an’analari, tili va tarixini o‘rganish bilishning eng to‘g‘ri 
yo‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bo‘lgan 
ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal 
rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi. 
O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham 
rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida 
qo‘lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda, tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq faylasuflari 
asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. Sharq falsafiy 
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentyabr Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin