International school of finance technology and science



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu

  • INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE
  • ISFT – 2023
  • MAVZU. SOTSIOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI
  • REJA:

  • 1. “Sotsiologiya” fan sifatida
  • «Sotsiologiya» fan sifatida XIX asrda shakllangan bo‘lsa ham, ijtimoiy hayotning rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy hodisa, ijtimoiy jarayon, shaxs mavqei, roli, o‘rni, jamiyatning tuzilishi va shakllanishi to‘g‘risidagi ta‘limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari, keyinchalik, Sharq mutafakkirlari asarlarida yoritilgan.
  • Sotsiologiya – vujudga kelishidagi talimotlar
  • Suqrot (Sokrat er.av 470–399). Yunon faylasufi Suqrot olimlarning fikricha, asarlar yozmagan yoki yozgan bo‘lsayam bizgacha etib kelmagan. Ammo u omma va xalq orasida ijtimoiy fikrlari bilan obro‘ topgan. Suqrotning ijtimoiy qarashlarida insonning yaxshi yashashi, kamolotga erishishi, xulq-atvori va tarbiyasi o‘z ifodasini topgan.
  • Aflotun (Platoner.av 427–347). Yunon faylasufi Arastuning ustozi. Uning falsafiy qarashlari-»Bazm», «Teetet», «Fedon» nomli dialoglarida; siyosiy qarashlari-»Davlat», «Qonunlar» nomli asarlarida bayon etilgan. Aflotun ijtimoiy taraqqiyot va inson mavqei, davlatning tuzilishi va tabaqalanish to‘g‘risida bebaho fikrlar bildirgan.
  • Arastu (Aristotel er.av. 384–322). Yunon mutafakkiri, «Birinchi muallim» unvoniga sazovor bo‘lgan buyuk faylasuf. «Metafizika», «Fizika», «Ritorika», «Etika», «Jon to‘g‘risida», «Analitika», «Kategoriyalar», «Siyosat to‘g‘risida» kabi asarlari mavjud. U komil inson, komil fuqaro, shaxs tarbiyasi, ijtimoiy tabaqalashuv, ijtimoiy jarayon, ijtimoiy adolat printsiplari, davlat boshqaruvi tartibotlari haqida o‘lmas fikrlar bildirgan. Uning ta‘limoticha, jamiyatning qul va qul egalariga bo‘linishi, quldorlarning hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy holatdir. Axloqiy fazilatlar faqat erkin kishilarga, qul egalariga xosdir. U xalqni 2 yo‘l bilan-qurquv urug‘ini sochib boshqarish; mehr-muhabbat qozonib boshqarish mumkin, deydi.
  • Sotsiologiyaning vujudga kelishidagi ta’limotlar
  • Sotsiologiyaning vujudga kelishidagi ta’limotlar
  • Budda (buddizm-Budda nomidan olingan)-jahon dinlaridan biri bo‘lib, asosan Hindiston, Nepal, Birma, Yapopiyada keng tarqalgan, eramizdan avvalgi VI asrda Shimoliy Hindistonda rivojlangan. Buddaviylik Sudxart Gautama ta‘limotidan boshlanadi1. Buddizm- diniy - falsafiy ta‘limot, vujudga kelishi jihatidan birinchi jahon dini. Buddizm asoschisi-shahzoda Siddxartxa Gautama (mil.av. 567-488 y.) vafotidan so‘ng «haqiqat najotkori» - Budda deb atala boshlagan. Yagona ta‘limot sifatida shakllangan Buddizm dastlabki asrdayoq 18 ta maktabga bo‘linib ketgan. Bir necha soborlarda uni birlashtirishga urinish natijasiz yakunlangan. Mil. 1- asrda Buddizm xinayana (kichik aravacha yoki najot topishning tor yo‘li) va maxayana (katta aravacha yoki najot topishning keng yo‘li) oqimlariga bo‘linib ketgan. Hindistonning shimoli-sharqida vujudga kelgan. Buddizm keyinchalik Xitoy, Tibet, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, Mo‘g‘uliston va boshqa mamalkatlarda keng tarqalgan. Kushoniylar davrida Buddizm Turkistonda ham davlat dini maqomiga ega bo‘lgan. Buddizm falsafasi vedalar matnlari asosida yaratilgan. 1
  • Sotsiologiyaning vujudga kelishidagi ta’limotlar
  • Siddxartxa o‘z ta‘limotining asosiy qoidalarini Banorasdagi targ‘ibotida «to‘rt oliy haqiqat» shaklida bayon etgan: 1) azob-uqubat haqidagi ta‘limot; 2) azob-uqubat sabablari haqidagi ta‘limot; 3) azob-uqubatlardan xalos bo‘lish haqidagi ta‘limot; 4) azob-uqubatlardan qutqarishning najot yo‘llarini topish haqidagi ta‘limot. Bu so‘nggi ta‘limot echimi «Najotning olijanob sakkizlik yo‘li»da o‘z ifodasini topgan: taqvodorlik e‘tiqodi, qatiyati, so‘zi, ishi, turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikri-hayoli bilan yashash. Bu yo‘lga amal qilgan odam oqibatda yuksak kamolotga erishadi, ya’ni u arxatga (chin haqiqatni anglab etgan avliyoga) aylanadi va nirvanaga o‘tadi. Buddizmda najot bu dunyodan, ya’ni, sansaradan nirvana (rushnolik)ga o‘tishdir.
  • Sotsiologiyaning vujudga kelishidagi ta’limotlar
  • Buddizmda olam uch bosqichli deb Ta‘riflanadi. Gautama yagona Budda emas. Bunday Buddalar maxayanada 1000 nafarni tashkil etadi. Ularning eng mashhurlari Gautama Siddxartxa, ya’ni, Buddaning asoschisi; Mayteriya-kelajak Buddasi, u kelgusida dunyoni boshqarayotgan xoz. Buddaning vorisi; Manjushri – Budda - donolik timsoli; Aribudda - dunyoning yaratuvchisi; Amitabxa (Amitaba) - jannatning yaratuvchisi va hukmdori. Maxayananing hozirgi davrdagi eng muhim ko‘rinishi - bu lamaizmdir. U XV-asr oxiri XVI-asr boshlarida Tibetda vujudga kelgan (tibetcha «lama» - eng ulug‘, oliy Budda rohibi) Buddaning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi. Hozirgi davrda Buddaning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi va faylasufi Suzuki hisoblanadi. Buddaning muqaddas matnlari va manbalari «Lalitavistara» («Budda hayoti»), «Tripitaka» («Uch savat donolik») va Vinoyapitaka (ahloqiy me’yorlar); b)Suttapitaka (duolar); v) Abxidxammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni), «Dxammapada» (Budda fikrlari, g‘oyalari). Buddizm Dxarmalarning norealligi yoki bo‘shliq haqidagi ta‘limotni Nagarjuna (2 asr) mantiqiy ravishda asoslangan. Buddizm oila-turmush, bayramlarni ham qamrab olib, ijtimoiy institutlar tizimini shakllantirgan, turmush tarziga chuqur ta‘sir ko‘rsatib kelmoqda. Buddizmga asoslangan madaniyat o‘z falsafiy, me’morchiligi, tasviriy san’ati, adabiyoti, tafakkur shakli bilan o‘ziga xos ruhiyat dunyosini shakllantirgan. 1950 yilda umumjahon Buddistlar birodarligi tashkil etilgan.
  • Sotsiologiyaning vujudga kelishidagi ta’limotlar
  • Zaratushtra (Zardo‘sht). Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha bo‘lgan davrda shakllangan dualistik dunyoqarash markazida zardo‘shtiylik yotadi. Zardushtlik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlari ifodasi edi1. Zardo‘shtiylikning nazariy asosi «Avesto» adabiy yodgorligidir. «Avesto»da qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yo‘llari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. «Avesto»da afsonaviy tasavvurlar bilan birga kishilarning hayotiy tajribalari ham o‘z ifodasini topgan. Kitobda inson va jamiyat, ijtimoiy munosabatlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Zardo‘shtiylikda o‘sha davrning axloqiy va huquqiy qarashlari ham aks etgan. «Avesto»dainson, mehnat, dehqonchilik kabi ezgu qarashlar ulug‘lanadi. Inson, deyiladi unda, mehnat qilgandagina xudoning inoyatiga noil bo‘ladi. Zardo‘shtiylik ta‘limotida ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalning birligi ilgari suriladi
  • Sotsiologiyaning vujudga kelishidagi ta’limotlar
  • Konfutsiylik (551–479)-millodan avvalgi V-III asrlarda vujudga kelgan. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikr rivojiga katta hissa qo‘shgan. Bu ta‘limot Xitoy, Bobil mamlakatlarida keng tarqalgan. Konfutsiyning falsafiy va ijtimoiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o‘rinda turadi. Uning inson xususiyatlari, davlat va jamiyat qurilishi to‘g‘risidagi fikrlari majud. «Hamma odamlar o‘z bir-birlaridan farqlanadilar», «Yangini bilish uchun-eskini o‘rganish kerak», «Mulohazasiz ta‘limot foydasizdir, ta‘limotsiz mulohoza bo‘lmaydi»-degan fikrlar shular jumlasidan. Konfutsiy qarashlarida tartib, qoidaga alohida ahamiyat beradi. Tartib, qoida bo‘lmasa jamiyatda rivojlanish bo‘lmasligini va qonun-qoida har qanday jamiyatning rivojlanish omiligi ekanligini uqtiradi.
  • Markaziy Osiyo mutaffakirlari ta’limotlari
  • Muhammad ibn Muso Xorazmiy(783-850)-Markaziy Osiyoning jahonga mashhur olimlaridan biri. U Xorazmda qomusiy olim sifatida dunyoga ma’lum bo‘ldi. Ko‘proq Bog‘dodda yashagan, Xalifa Ma’mun rahnomaligida Sharqning fanlar akademiyasi Baytul-hikma («Donishmandlar uyi»)da faoliyat yuritdi. U bu erda ko‘plab matematik, astronomik kuzatishlar olib bordi. Xorazmiy «Ilmlar kalitlari» asarida ilmlarni 2 qismga: a) an’anaviy arab ilmlari va 2) ajam (arab bo‘lmagan musulmon xalqlarining) ilmlariga ajratgan. M.Xorazmiy «Algebra» fanining asoschisidir «Algebra» so‘zining o‘zi uning tomonidan kashf etilgan, bu tenglamalarni echish usuli «aljabr» bilan bog‘liqdir.
  • Markaziy Osiyo mutaffakirlari ta’limotlari
  • Abu Nasr Forobiy (873–950) O‘zining ko‘plab ijtimoiy fikrlari bilan ijtimoiy bilimlar rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Fozil shahar aholisi qarashlari», «Siyosat al-Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr-mulohazalari bayon qilingan. U o‘zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, ziddiyatlarini va bu ziddiyatlarni keltirib chiqargan muammolarni nazariy-ilmiy jihatdan tahlil qilishga uringan.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin