International school of finance technology and science



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə8/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu

G.Spenser (1820-1903)- ingliz faylasuf va sotsiologi. U 1820 yil 27 aprelda Angliyaning Derbi shahrida tavallud topgan. Spenser ijtimoiy-gumanitar sohalar bo‘yicha ta‘lim olmagan. 1837-46 yillarda temir yo‘lda injener bo‘lib ishlagan. Shu yillar davomida u ilmiy, ijtimoiy-siyosiy sohalar bilan shug‘ullanib maqolalar chop ettirgan. Spenser 1848 yil «Ekonomist» jurnalining muharriri bo‘lib faoliyat yurita boshladi. Hatto Spenserni O. Kont kabi keng ma’lumotga ega, o‘z davrining buyuk aql egalaridan biri bo‘lgan olim deb hisoblashadi. U «Falsafa», «Psixologiya», «Sotsiologiya» va boshqa fanlar bo‘yicha qator ilmiy asarlar muallifidir. G.Spenserning asosiy asari «Sintetik falsafa tizimi» bo‘lib, unda tabiiy va sotsial voqealarning tarixiy rivojlanishi haqidagi chuqur qarashlarini bayon etgan. G.Spenser «Sotsiologiya»dagi organizmga oid maktabning asoschisi hisoblanadi. U o‘zining organizmga oid nazariyasini va sotsial evolyutsiya tushunchasini «Ilmiy - siyosiy va falsafiy tajribalar» asarida atroflicha bayon etgan.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • G.Spenser jamiyatni tabiiy, eng avvalo, biologik qonunlar asosida rivojlanuvchi organizm sifatida qaragan. U jamiyatni jonli biologik organizmga o‘xshatadi. Ushbu fikrni asoslash maqsadida u quyidagi dalillarni keltiradi:
  • Jonli organizm sifatida har qanday jamiyat ham o‘sish va rivojlanish jarayonida o‘z massasida ortib boradi.
  • U va boshqalari murakkablashadi.
  • Qismlarining tobora bir-biriga bog‘liqligi kuchayib boradi.
  • Tashkil etgan birliklar goh paydo bo‘lib va yo‘qolib turishiga qaramay, bir butun holda yashashni davom ettiradi.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • G.Spenserning sotsial, shuningdek, evolyutsiya nazariyasi katta qiziqish uyg‘otadi. Evolyutsiyada u quyidagi asosiy jihatlarni ajratib ko‘rsatadi: oddiydan murakkabga o‘tish (integratsiya); bir turdan xilma-xillikka o‘tish (differentsiatsiya, noaniqlikdan aniqlikka o‘tish) tartibining o‘sishi. Sotsial evolyutsiya bu jamiyatning murakkablashuvi yo‘lidagi progressiv rivojlanish va sotsial, avvalo, siyosiy institutlarni takomillashtirish sohasidagi faoliyatdir. U sotsial evolyutsiyaning odamlar ehtiyojlari bilan obyektiv bog‘langanligini ko‘rsatadi. «Davlat evolyutsiyasi sotsial ehtiyojlar natijasi hisoblanadi», - deb ta’kidlaydi G.Spenser.
  • G.Spenserning nuqtai nazaricha, sotsial evolyutsiya jarayonida odamlarning va turli sotsial institutlar jamoaviy faoliyatining ahamiyati ortadi. Turli avlod odamlarining birgalikdagi intilishlari orqali amalga oshirilayotgan sotsial evolyutsiya davomida jamiyatning ko‘p funktsiyalari o‘zgaradi.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • G.Spenser jamiyatning parchalanish muammosini muvozanat, uyg‘unlik va barqaror qarama - qarshi bo‘lgan jarayon deb hisoblab, o‘z qarashlarini bayon etgan. Jamiyatning parchalanishi, uning fikricha, inqirozga uchrashi orqali yuz beradi. Bu jarayon ichki, shuningdek, tashqi sabablar ta‘siri natijasida sodir bo‘ladi. Jamiyatning parchalanishi siyosiy hokimiyatni, armiya, o‘tmishda progressiv bo‘lgan tashkilotlarni o‘z ichiga olgan davlat institutlari samarali faoliyat ko‘rsatishining kuchsizlanishi natijasida boshlanadi. «Jamiyatning parchalanishi jarayonida, - deb davom etadi Spenser, integratsiyalashgan harakatlarning kamayishi va markazdan qochuvchi harakatlarning kuchayishi yuz beradi. Tartibsizlik kuchayadi, hukumat o‘zining qobiliyatsizligini namoyish etadi».
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • G.Spenser aytgan ushbu fikrlar dolzarb, mazmunan chuqur va aniq ekanligi nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi. G.Spenser XIX asr sotsiolog olimlari ichidan birinchi bo‘lib, ijtimoiy tizim, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy institut terminlarini kiritdi1. G.Spenser yana ijtimoiy jipslashuv, birdamlik muammolariga ham o‘zining e’tiborini qaratgan. Spenser tadqiqotlarida ijtimoiy hamjihatlikning asosini iqtisodiy manfaatlar tashkil qiladi. U o‘zining hamjihatlik ta‘limotini 2 ga ajratadi: 1. Majburiy hamjihatlik; 2. Ixtiyoriy hamjihatlik. Uning fikricha, kishilik jamiyati o‘zining rivojlanish yo‘lida ikuki davrga- harbiy va sanoat davrlariga bo‘linadi. Harbiy turdagi jamiyat ierarxik tartibi va kuchli markazlashgan nazorati bilan xarakterlanadi. Sanoat turidagi jamiyat esa ijtimoiy hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridagi sotsiologik pozitivizmning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri, bu frantsuz sotsiologi -
    Yüklə 1,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin