Nomarksistik sotsiologiya rivojlanishida AQSh sotsiologlaridan T.Parsons, R.Merton, P.Sorokin, Ch.R.Millz, V.Stark, P.Berger, T.Lukmansar, G‘arb sotsiologlaridan S.Latur, T.Kun, S.Chepin, P.Forman, M.Polani, E.Shilz, M.Sheler, K.Manxeymlarning roli katta bo‘ldi.
“Tushunuvchan sotsiologiya” G.Zimmel va M.Veber
G.Zimmel (1858-1918)- nemis faylsufi va sotsiologi, formal sotsiologiya asoschisi. 1858 yil 1 martda Berlin shahrida tavallud topgan. Zimmel Berlin universitetida ta‘lim olgan. 1881 yil falsafa doktori darajasini oldi. G.Zimmel «Metropoliya va psixik hayot» ilmiy maqolalari va «Pul falsafasi» nomli asarini yozgan. Uning 14 tomlik asarlari chop etilgan asosiy asarlaridan «Darvinizm va bilish nazariyasi», «Sotsial differentsiatsiya: sotsiologik va psixologik tadqiqotlar» asarlari ayniqsa, katta mavqega ega. U Marks g‘oyalariga ta‘sir o‘tkazdi. Zimmelning fikricha, ijtimoiy fanlarga an’anaviy xususiyat – boshqa fanlar shug‘ullanadigan predmetni tanlash uchun emas, balki usul sifatida kerak. Zimmel qarashicha:
v) sistemalashtirish -toza haqiqiy yoki formal sotsiologiyadir.
“Tushunuvchan sotsiologiya” G.Zimmel va M.Veber
Asl sotsiologiya jamiyat haqidagi turli fanlarning tadqiqotchilariga o‘z predmetlariga sotsiologik yondashishlarini ta’minlash uchun kerakli yo‘nalishlarni ishlab chiqishi lozim. Asl sotsiologiya boshqa ijtimoiy fanlar uchun metodologiya bo‘lib xizmat qilsa, xususiy ijtimoiy fanlar uchun nazariya xizmatini o‘taydi. Sotsial bilish sistemasi o‘zida 2 ta falsafiy fanni bilishning sotsiologik nazariyasi va «Sotsial metafizika» ni birlashtirdi.
Sotsial bilimning uch darajali kontseptsiyasi – umumiy – formal – falsafiy sotsiologiya vujudga keladi. Zimmel fikricha, «Sotsiologiya» xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasidir.