Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari IZOH: javoblar to’g’ri chiqmasa, yo’qotilgan ballarga ma’muriyat javob bermaydi
1. Rivojlanish psixologiyasi fani predmeti, maqsad va vazifalari.
Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmogi bolib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik ozgarishlar dinamikasini organadi. Rivojlanish psixologiyasining o‘rganish obekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va ozgaruvchi soglom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq - atvorida yuzaga keluvchi ozgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi konikma va malakalarni hosil bolish qonuniyatlarini o‘rganadi
predmeti — rivojlanishning yosh davrlari, bir yosh davridan keyingisiga o‘tishning sabablari, mexanizmlari, ontogenezda psixik rivojlanish, yo‘nalishlari,tempi, tendensiyalari va umumiy qonuniyatlaridir.
umumiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:1) psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarinitadqiq qilish;2) shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish;3) psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish;4) har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganish.
nazariy vazifalari: — insonning butun hayot yo‘li davomida psixik taraqqiyoti
manbalari, mexanizmlari va harakatga keltiruvchi kuchlarini
o‘rganish;
— ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;
— psixik jarayonlar kechishining yosh xususiyatlarini va qonuniyatlarini
o‘rganish;
— turli yosh davrlarida bilimlarni o‘zlashtirish, turli faoliyatlarni
amalga oshirish qonuniyatlari, xususiyatlari va imkoniyatlarini
aniqlash;
— turli yosh bosqichlarida shaxs rivojlanishini tadqiq qilish.