(gender) farqlar mavjudligi, ular o‘ziga xos davriy qonuniyatlarning
hosilasi sifatida gavdalanishini e’tirof etadi.
Aqliy normal va ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarni
o‘zaro solishtirar ekan, Sh.R.Samarova fikrlash jarayonlari (idroki,
mantiqiy xotirasi, ko‘rgazmali, obrazli, fazoviy, vizual tafakkur
turlari hamda operatsiyalari) rivojlanishi, diqqat xususiyatlari,
anglangan, ixtiyoriylik darajalari negizida o‘ziga xos qonuniyatlar,
ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar yotishini asoslab beradi
Tadqiqotchining fikricha, aqlan normal, ruhiy rivojlanishi sustlashgan
boshlang‘ich (2 va 4) sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayonlari,
yuksak funksional tizim tarkibi (ixtiyoriy diqqat) umumiy xususiyatlari bilan birga maxsus o'ziga xoslikka ega bolganligi
tufayli kognitiv tizim diagnostikasi, harakatlantiruvchi mexanizmlari,
uzviyligi, uzluksizligi o‘zaro bir-biridan tafovutlanadi.
103. Yuqori sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanishi
Yuqori sinf o‘quvchilarining bilish jarayonlari shunday darajaga yetadiki,
kattalar bajaradigan barcha aqliy ishlarni bajarishga amaliy jihatdan
tayyor bo'ladilar. Ularning bilish jarayonlari murakkab
va egiluvchan bo'lib boradi. Ular bu yoshga kelib jiddiy ishlarga
ko'p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam olish va o'yin-kulguga
juda kam vaqt ajratadilar. Ularning barcha bilish jarayonlari,
jumladan, xayol, xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk o'spirinlik
yoshidagi o'quvchilarning bilish jarayonlari turli nuqtayi nazarlarni
tahlil etishga va bu masala bo'yicha har tomonlama fikr
yuritishga yordam bera oladi. Bilishga qiziqishning rivojlanishi,
o'qishga ongli munosabatda bo'lishning o'sishi bilish jarayonlarining
ixtiyoriyligini, ularni boshqara olish mahoratini yanada
rivojlantirishga undaydi.
Bu yosh davrining oxiriga borib, o'quvchilar o'zlarining bilish
jarayonlarini to'la-to'kis egallab oladilar, ularni hayot va faoliyatning
muayyan vazifalariga bo'ysundiradilar. Ular axloqiy va siyosiy va boshqa mavzular bo‘yicha erkin fikrlaydilar. Ilk o‘spirinlarga
umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga xulosa
chiqarish, ya’ni induksiya va deduksiya xosdir.
Xotirani rivojlantirishda mavhum so‘z-mantiq xotira, ma’n o siga
tushunib esda olib qolishning roli sezilarli darajada or ta di.
Garchi ixtiyoriy xotira ustunlik qilsa-da, ixtiyorsiz esda olib
qolish ham ilk o ‘spirinlar tajribasidan chiqib ketmaydi. U faqat
o'ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi, ilk o'spirinlarning qiziqishlari,
xususan ularning bilishga oid va kasb tanlashga oid qiziqishlari
bilan ko'proq bog‘lanadi. Shu bilan birga faol ravishda bilim egallash,
o'qish va jamoat faoliyatida har holda ixtiyoriy xotira yetakchi
rol o'ynaydi.