Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 240,8 Kb.
səhifə18/19
tarix06.04.2023
ölçüsü240,8 Kb.
#94186
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
KOMPLEKT VA NIHOYAT (3)

Ayrim tortinchoq bolalar esa hech bir savol bermaydilar. Bunday
bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari
ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz
va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu
taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz.
Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va
rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohatlarda
turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, analiz hamda
sintez qilib ko‘rishga intiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy
saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi
o'ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi
davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan,
bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan
ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan
bolishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning
erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bolishlaridir.

99. Ilk o‘spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning shakllanishi

Personologik yo‘nalish vakillari, jumladan E.Shprangerning
ta’kidlashicha, bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar: shaxsiy ≪Men≫ni
kashf qilish, refleksiyaning o‘sishi, o'zining individualligini anglash
va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof etish, hayotiy ezgu rejalarning
paydo bolishi, o‘z shaxsiy turmushini ongli holda qurishga intilish
va hokazolardir. Shpranger o‘spirinlikni ikki davrga boladi.
Birinchi davr 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘spirinlarda
o‘zlarini kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan
qutulish tuyg‘usi paydo bolishidan iboratdir. 17—21 yoshlilarning
asosiy xususiyati ularda tengqurlaridan ≪ajralish≫ inqirozi va tanholik
istagining paydo bolishidir. Bu holat tarixiy shart- sharoitlardan
kelib chiqadi. Shpranger ilk o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglash
va qadriyatlar yo‘nalganligiga asos solgan. Bu yo‘nalishni keyinchalik
K.Byuler, A.Maslou va boshqalar davom ettirganlar.
D.I.Feldshteynning fikricha, o'spirinlik davrida o'qish va mehnat
asosiy faoliyat turlari sifatida shaxsning taraqqiyotini belgilaydi.
Boshqa psixologlar esa kasbiy o'z-o'zini belgilashni ilk o'spirinlik
davrida yetakchi faoliyat sifatida ko'rsatadilar. I.V.Dubrovina
bu holatga aniqlik kiritadi, maktabni tugatgan paytda kasbiy o'zo‘zini belgilash haqida gapirish erta, chunki unda faqat istak, haqiqatda
amalga oshmagan kelajak rejalar mavjud bo‘ladi.
Ilk o‘spirinlar shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali
mehnatning roli katta. Ilk o‘spirinlar mehnati faqat o‘zining
moddiy natija berishi tomoni bilangina muhim emas. Bu
yoshdagilarning mehnatini to'g'ri tashkil etish shaxsning kollektivizm,
umum foydasi uchun qilinadigan mehnatga muhabbat,
tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, qa t’iyatlilik
singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi.

100. O‘spirinlar muloqotining yosh xususiyatlari

13 yoshlilarning
asosiy xislatlari — o‘smir o‘zi bilan o‘zi bolib, introvertlik xislatlari
kuchayadi; o‘z-o‘zini tanqid qiladi, tanqiddan tez xafa boladi,
psixologiya bilan qiziqa boshlaydi, ota-onaga ham tanqidiy
munosabatda bola boshlaydi, do‘st tanlashi ham o‘zgarib boradi,
somatik o‘zgarishlar kuchayganligi sababli kayfiyatning tez o‘zgarishi
namoyon boladi.
14 yoshda introversiya ekstroversiya bilan almashadi, o‘smir
muloqotchan, kuch-quvvatga to‘la, o‘ziga ishonchi ortgan, insonlarga
va ular orasidagi farqqa qiziqish ortadi. U o‘zini boshqalar
bilan solishtirishni, kino va adabiy qahramonlarga o‘zini
o‘xshatib, muhokama qilishni yoqtiradi. Gezellning ta’kidlashicha,
15 yoshlilarning xususiyatlarini yagona shaklda ifodalash qiyin,
chunki individual farqlar ortib boradi. Bu yoshdagi yangi
psixologik tuzilma — mustaqillik ruhining ortishi bolib, bunda
o‘smirning maktab va oilaga munosabati kuchayadi, tashqi nazoratdan
qochish o‘z-o‘zini nazorat qilish va ongli o‘z-o‘zini tarbiyalash
bilan uyg‘unlashadi. Bularning barchasi o‘smirning salbiy
ta’sirlarni idrok qilish va tez xafa bolishini orttiradi.
16 yoshda yana osoyishtalik boshlanadi: isyonchilik xushchaqchaqlikka
aylanadi, ichki mustaqillik, hissiy barqarorlik, muloqotchanlik,
kelajakka intilish kuchayadi. Shunday qilib, Gezellda
biogenetik konsepsiya taraqqiyotning turli jihatlarini, xronologik
birlashtirilgan tavsiflashga aylanadi.

101. O‘smirlik davrida jinsiy stereotiplarning yosh xususiyatlari

V.M. Karimovaning yana bir shogirdi O.AAbdusattorova tomonidan
o‘smirlarda jinsiy identifikatsiya jarayonlarida namoyon
boladigan sifatlar, oila muhitida er-xotin va ota-onalik maqomlaridan
kelib chiqadigan gender munosabatlar, jumladan liderlikka
oid tasavvurlar, ushbu holatlarga ta’sir etuvchi oilaviy rollar taqsimoti,
gender ustanovkalar, ekspektatsiya va refleksiv jarayonlar
olganilgan bolib, u oila muhitida ustuvor bolgan munosabatlar
uslubi va er-xotin munosabatlari o‘smir yoshlarning jinsiy identifikatsiya
jarayoniga bevosita ta’sir qiladi, deb hisoblaydi3. Muallif ning fikricha, o‘smirning jinsiy identifikatsiyasida gender stereotiplarning
ham o‘rni bor, lekin bunday stereotip ustanovkalar ko‘proq
o‘g‘il bolalarga xos bolib, bu otaning sifatlari va gender munosabatlariga
bogliq; qizlardagi muskulinlikka moyillik va androginlikning
kuchli namoyon bolishi esa ulardagi yangicha fikrlash va
onalarining oilaviy munosabatlar tizimidagi faol o‘rni va jinslararo
munosabatlarga nisbatan liderlik ustanovkasidan kelib chiqadi.

102. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi shaxsining gender xususiyatlari



kichik maktab yoshi 7—11 yoshli bolarlarni
o‘z ichiga oladi. Bu davrda o‘qish yetakchi faoliyatga aylanadi,
o‘qituvchining so‘zi bola uchun senzitiv hisoblanadi. Intellektual
refleksiya bu davrda paydo bolgan yangi psixologik tuzilmadir.
Sh.R.Samarova boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayonlari,
diqqatning nazorat funksiyasi diagnostikasi va dinamikasida
jinsiy

Yüklə 240,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin