Mavzu: O'zbekiston ta'lim tizimining gender xususiyatlari Reja



Yüklə 16,08 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü16,08 Kb.
#198668
gender tarbiya



Mavzu: O'zbekiston ta'lim tizimining gender xususiyatlari
Reja:


  1. O'zbekistonda genderning rivojlanishi

  2. O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligi strategiyasida gender byudjeti konsepsiyasi.

  3. 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida

Mamlakatimizda so'ngi besh yil davomida gender tenglik masalasiga ulkan ahamiyat bermoqda. Gender tenglik Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan alohida e'tibor qaratilayotgan va qo'llab-quvvatlash zarurligi e'tirof etilayotgan muxim masalalardan biri hisoblanadi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat rahbari sifatida faoliyatining ilk kunlaridanoq asosiy e'tiborni ayollar va oila muammolariga qaratib kelmoqda. Natijada o'tgan davrda gender tenglikni ta'minlash va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga doir bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to'liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori shular jumlasidandir. Ushbu qaror mohiyatan inson huquqlarini himoya qilish, ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, umuman, jamiyatimizda gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan, desak, mubolag'a bo'lmaydi.
O'z navbatida, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga huquqiy kafolat hisoblanadi. Mazkur Qonun davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 martda qabul qilingan “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunda gender tushunchasiga ham ta'rif berilgan. Gender — xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihatidir.
Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarinigina ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, ularga hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berishni huquqiy kafolatlaydi. Binobarin, har qanday rivojlangan demokratik jamiyatning muhim
talablaridan biri ham shu — ayollar va erkaklar huquqlari tengligining ta'minlanishidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2021 yil 22 fevral` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida so'zlagan nutqida gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlar qat'iy davom ettirilishini ta'kidladi. Shu maqsadda joriy yilda O'zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini o'tkazish rejalashtirilayotganiga e'tiborni qaratdi.
Prezidentimiz 2020 yilning 23 sentyabrda videoanjuman shaklida o'tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasidagi nutqida ham O'zbekistonda gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylanganini alohida qayd etgani bejiz emas. Chunki keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchayib bormoqda. Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobar ko'paydi.
Haqiqatan ham, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning o'z imkoniyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta'minlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. O'zbekistonda bir qator qonunlar, Prezidentning xotin-qizlar huquqlarini ta'minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zo'ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish to'g'risidagi farmon va qarorlari qabul qilingan.
Gender tenglik bo'yicha tegishli institutsional choralar ham ko'rilmoqda. Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil qilingan. Bu yangi tuzilma ayollar huquqlarini ta'minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo'yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg'unlashtirish bilan shug'ullanmoqda.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ayollar va erkaklarning tengligi alohida e'tirof etilgan. Deklaratsiyaning 1-moddasida belgilanganidek, «Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak».
BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro-huquqiy hujjat – Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 3-moddasida ta'kidlanganidek, paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi». Aynan mazkur xalqaro normalar “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonunida o'z aksini topgan. Binobarin, yuqorida qayd etilgan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan talablaridan kelib chiqib, o'z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat berishining sababi ham asoslidir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shubhasiz, ana shu asosning ustuvor huquqiy kafolati hisoblanadi. Asosiy Qonunimizning 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilangan.
Shu ma'noda, O'zbekistonda gender tenglikning ham xalqaro huquqiy, ham konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari kafolatlangan. Gender tenglik ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Bunday tenglikni ta'minlash uchun Konstitutsiya va qonunlarga zarur qoidalarni kiritishning o'zi kifoya emas. Shu bois ham, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mamlakatimizda gender tenglikka erishishda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada kuchaytirish masalasi davlat va jamiyatning doimiy diqqat markazida turibdi. Zero, bu muhim omil oilani mustahkamlash, yuqori intellektual darajadagi yosh avlodni voyaga yetkazish, jamiyat barqarorligini ta'minlashning asosiy poydevori hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligi strategiyasida gender byudjeti konsepsiyasi.
Bugungi kunga kelib, gender byudjeti tushunchasi uning aniq tushunchasida hali ham mavjud emas. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy qonunchiligida mazkur atamaning yaqin kelajakda samarali qo‘llanilishi uchun konstruktiv asos yaratildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xotin-qizlarning mavqeini oshirishga qaratilgan milliy dastur va chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. O‘zbekiston ayollarni har qanday kamsitish va ta’qiblardan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilishni nazarda tutuvchi barcha asosiy xalqaro shartnomalarga qo‘shilgan. Genderga yo‘naltirilgan “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”, “Ayollarni zulm va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish yo‘g‘risida”, “15-moddaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar. Oila kodeksi”, “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi – ayollarning ilgari taqiqlangan mehnat turlarini tanlashi bilan bog‘liq cheklovlarni va mehnat qonunchiligining boshqa gender-assimetrik qoidalarini olib tashlash to‘g‘risida. Ularni ishlab chiqishda BMT Taraqqiyot dasturi, Aholi jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi, Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha idora, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti kabi BMT agentliklari ekspertlari ishtirok etdilar. Shuningdek, Prezidentning 20 dan ortiq farmon va farmoyishlari, hukumat qarorlari qabul qilindi. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish, eskirgan urf-odatlarga qarshi kurashish borasidagi ishlarni kuchaytirishga qaratilgan qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Normativ-huquqiy hujjatlar qoidalarining gender tengligi tamoyillariga nomuvofiqligini bartaraf etish, ularni qo‘llash jarayonida kamsitish xarakteridagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aniqlashga qaratilgan qonun hujjatlarini majburiy gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish joriy etildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida ayollar va erkaklarning barcha sohalarda, jamiyat hayotida teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan 2030-yilgacha O‘zbekistonda gender tengligiga erishish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistonda bu boradagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishda parlamentning rolini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda: birinchidan, Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligida gender tengligini ta’minlash komissiyasi tuzildi; ikkinchidan, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi tuzilib, uning asosiy vazifasi gender tengligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, qonunchilikni takomillashtirish va bu boradagi parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Qo‘mita mazkur sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini nazorat qiladi; uchinchidan, 2030-yilgacha boʻlgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar ijrosini monitoring qilish boʻyicha Parlament komissiyasining tizimli ishi tashkil etildi, bunda beshinchi maqsad gender tengligiga erishish vazifalariga bagʻishlandi. Uning asosiy vazifalari qatoriga qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish, Barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga kiritilgan sohalar rivojlanishini tanqidiy tahlil qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlari amalga oshirilishi ustidan parlament va parlament, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, bu boradagi ishlar yuzasidan takliflar tayyorlash kiradi. Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; to‘rtinchidan, Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligida Respublika Xotin-qizlar jamoat kengashi tuzilib, uning asosiy vazifalaridan biri xotin-qizlar va qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoidalari ijrosini muvofiqlashtirishdan iborat. BMTning ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konventsiyasi va Pekin harakat platformasi va Milliy harakat rejasini amalga oshirish.
Jamoatchilik kengashi tarkibiga hayotiy tajribaga ega, yurtdoshlar muammolarini yaxshi biladigan faol va tashabbuskor ayollar kiritilib, joylardagi xotin-qizlar kengashlari faoliyatiga hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari rahbarlik qiladi. Ularga ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun respublika va viloyat jamg‘armalari ajratiladi; beshinchidan, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, shuningdek, Xotin-qizlarni va ularning mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi; oltinchidan, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamkorligida barcha hududlarda xotin-qizlarning hayotiy muammolarini o‘rganish va aniqlash, qashshoqlikni kamaytirish va aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish bo‘yicha maxsus Respublika ishchi guruhi tuzildi. aholi. Ularni hal etish bo‘yicha maqsadli ishlarni amalga oshirish uchun mutlaqo yangi tizim – “ayollar daftarchasi” joriy etildi. Bu kimlar haqiqatan ham yordamga muhtojligini aniqroq aniqlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli ishlarni tashkil etish, 30 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatish imkonini bermoqda. Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi “Xottin-qizlarni zulm va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish buyrug‘i berish, ularning ijrosini ta’minlash, nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlar hamda “Bosish va zo‘ravonlik sodir etgan yoki qilishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan huquqbuzarliklarni bartaraf etish dasturlari xulq-atvori” tasdiqlandi. Tuzatish dasturining asosiy vazifalari orasida:
• ayollarga nisbatan zo’ravonlik holatlarining oldini olish;
• bunga yordam beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
• zo’ravonlikning yashirin (yashirin) shakllarini aniqlash va tuzatish;
• zo’ravonlik sodir etgan shaxslar bilan individual (yoki guruhlar shaklida) tushuntirish ishlarini olib borish va boshqalar.
O‘zbekiston BMT konvensiya organlari bilan Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konventsiya, shuningdek, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasiga muvofiq xotin-qizlarning mavqeini oshirish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda.
2030-YILGA QADAR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GENDER TENGLIKKA ERISHISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH HAQIDA
So‘nggi to‘rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.
(Muqaddimaning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog‘onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umume’tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo ko‘rsatib kelgan.
BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish bo‘yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan.
Xususan, barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi (bundan buyon matnda Gender strategiyasi deb yuritiladi) 1-ilovaga;
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (bundan buyon matnda Kompleks chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) 2-ilovaga;
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari (bundan buyon matnda Maqsadli ko‘rsatkichlar deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Gender strategiyasini 2023 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun har yilda alohida-alohida kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlasin;
har chorak yakuni bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin;
2022-yildan boshlab har yili 15-noyabrga qadar Kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yillar uchun tegishli dastur ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli qarori tahririda) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin;
2022-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos keladigan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va ularga qo‘shilish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin; har yili davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar ishtirokida Gender strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishini, keng jamoatchilik muhokamalari tashkil etilishini va e’lon qilib borilishini ta’minlasin;
muntazam ravishda Kompleks chora-tadbirlar dasturi hamda Maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotlarni o‘zining veb-saytida joylashtirib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi har chorakda:
Kompleks chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi hamda Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning axborotlarini eshitib, tanqidiy muhokama qilib borsin;
Kompleks chora-tadbirlar dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritib borsin.
5. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holati to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Gender strategiyasi va Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘z hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin hamda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har chorakda hududiy chora-tadbirlar dasturlarining ijro etilishi yuzasidan vazirlik, idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining axborotini eshitish va tanqidiy muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda: ushbu Qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida tushuntirilishini;
Gender strategiyasining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M. Kadirxanova zimmasiga yuklansin.
Yüklə 16,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin