Pedagogik tashxislash asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini ta`minlash usullari.
O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash.
Tayanch tushunchalar: Kasbiy refleksiya, pedagogik refleksiya, O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash.
O’z kasbiy sifatlarini baholash va o’z-o’zini tarbiyalash dasturini tuzish yakka ijodiy tayyorgarlikni talab etadi. Talabalarga o’zlari va ekspertlar past baholagan sifatlarni ajratib yozish (bundan oldin kasbiy layoqatni aniqlovchi testlar ham o’tkazish mumkin), bu sifat va qobiliyatlarni rivojlantirish yo’llarini belgilash taklif etiladi. Pedagogik mahorat kursi talabalar kundaligida belgilangan juda ko’p sifatlarni ularda rivojlantirishni ko’zda tutadi. Ushbu mashg’ulotda talabalar alohida sifat qobiliyatlarni shakllantirishda kuchlari etadigan vazifalarni belgilab olishlari kerak bo’ladi.
Masalan, idrodani tarbiyalashda quyidagicha dastur taklif etiladi:
1. Bir kunlik va haftalik ish rejasini tuzish. Ularni albatta bajarishga harakat qilish.
2. O’zidagi salbiy hususiyatlarni engish. Muvaffaqiyatga ishonish.
3. Hayotiy to’siqlarni engish.
O’z-o’zini ruhlantirish formulasini qo’llash: ”Men o’zimga ishonaman”, “Men shu ishni qilmoqchiman,” “Men bu ishni qila olaman”....
O’zida diqqatni tarbiyalashda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. Butun bir ma’ruza davomida, ikki ma’ruza mashg’uloti davomida chalg’imaslikka harakat qilish.
2. O’z-o’zini ruhlantirish formulasini qo’llash: “Fikrim bir joyda to’plangan”, “Men diqqat bilan tinglayapman” va sh.k.
3. O’ziga buyruq berish: “O’qituvchi fikrlarini kuzatib bor”.
4.O’z-o’ziga hisob berish: har kun va haftada qilingan ishlarni sarhisob qilish va hulosa chiqarish.
Huddi shu singari maqsadga yo’nalganlik, dadillik va kelajakka ishonch (optimizm) kabi sifatlarni tarbiyalash dasturini tuzish mumkin.
SHahsiy dasturni tuzishda qiyinchilik tug’ilsa, o’qituvchi alohida kasbiy rivojlantirish dasturini tuzish mashqlarini o’tkazish mumkin. Buning uchun ohirida berilgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ilmiy-pedagogik ma’lumotlarni to’plagandan keyingi faoliyat hisoblashdir. Hisoblash texnikasi eksperimentning asosi bo’lib, matematik modellashtirish esa nazariy asosi sanaladi. Texnikaviy asosi esa elektron hisoblash mashinalari hisoblanadi.
Hisoblash eksperimentidan fan va texnikaning turli sohalarida murakkab amaliy vazifalarni hal qilish uchun vosita sifatida foydalaniladi. Hisoblash eksperimenti uchun hal etilishi lozim bo’lgan vazifalar xilma-xil bo’lishiga qaramay, umumiy texnologik turkumga xosdir, u shartli ravishda bir qator bosqichlarga bo’linadi.