CHILONJIYDANAMOLAR (RHAMNALES) QABILASI. Bu qabila bitta chilonjiydadoshlar oilasini o'z ichiga oladi.
CHILONJIYDADOSHLAR (RHAMNACEAE) OILASI. Bu oilaga 60 ta turkumga oid 900 dan ortiq tur kiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. O’zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi o'sadi. Bo'lar buta va past buyli daraxtlardan iborat. Gullari mayda, ko’rimsiz, aktinamorf, 4-5 bo'lakli, asosan ikki jinsli.Mevasi turlicha. O’zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi tabiiy, 2 ta turkumga hos 2 ta madaniy turi o'sadi. Ular dorivor va oziq-ovqat o'simlik sifatida juda qadrlanadi.
JIYDANAMOLAR (ELAEAGNALES) QABILASI. Bu qabila bitta - jiydadoshlar oilasini o'z ichiga oladi.
JIYDADOSHLAR (ELAEAGNACEAE) OILASI. Bu 3 ta turkumga mansub, 50 ta turni o'z ichiga oladi. O’zbekistonda 2 ta turkumga oid 4 ta turi o'sadi. Ular Shimoliy Yarim sharning subtropik va va mutadil iqlimli xududlarida tarqalgan. Bitta turkum Avstraliyagagacha boradi. Ular buta va daraxtlardan iborat. Gullari ikki jinsli, yoki bir jinsli.
O’zbekistonda jiyda (Elaeagnus angustifolia) va chakanda (Hippophae rhamnoides) dorivor va iste'mol qilinadigan o'simlik sifatida juda kadrlanadi.
ZIRADOSHLAR (APIACEAE) OILASI. Bu oila soyabonguldoshlar (umbellifera) deb yuritilgan, sababi unga mansub o'simliklarning tupgullari murakkab soyabondan iborat. Ziradoshlar oilasiga 300 taga mansub turkum 3000 dan ortiq tur kiradi. O’zbekistonda 69 turkumga oid 198 tur o'sadi. Bu oilaga hammaga yaxshi ma'lum ovqatga ishlatiladigan sabzi-(Oaissh sativa), kora zira - (Carum carvi), oddiy zira (Bunimum persikum), alkor (Mediasia makrophiylla) shungula (Muretia fragrantisissima), ukrop (Anethum graveolens), petrushka (Petroselinum sativum) qabilalar kiradi.
Ziradoshlar oilasining vakillari yer sharining dearli hamma qit'alarvda uchraydi, lyokin subtropik xududlarda ko'prok tarqalgan. Ular ko'p yillik juda yirik o'tlardan iborat. Masalan, arxar ut (Angelikca ternata), gulpar (Heraclium) va boshqalarning buyi 3 metrgacha yetishi mumkin. Bir yillik o'tlari ham bor. Ularning urug'ida efir moylari va smola yo'llari bo'ladi. Umuman bu oila vakillari efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi. Barglari yon barchasiz, asosan murakkab, berg bandi kengayib nova hosil qiladi va u poyani urab turadi. Gullari murakkab soyabonga birlashgan bo'lib, aktinamorf, ikki jinsli gul kurgoni ikki doyra hosil qilib o'rnashgan. Gul qismlari 5 a'zoli. Kosacha va gultoj barglari 5 tadan, changchisi ham 5 ta, Urug'chisi 2 ta mevachi bargdan iborat (senokarp). Mevasi ham senokarp. Mevasi oila vakillarini aniqlashda muhim rol o'ynaydi. Mevasida maxsus sekretor kanalchalar bo'lib, bu kanalchalar efir moylariga tulib turadi.1