Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 240,8 Kb.
səhifə2/19
tarix06.04.2023
ölçüsü240,8 Kb.
#94186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
KOMPLEKT VA NIHOYAT (3)

amaliy vazifalari:
— psixik funksiyalarning yosh normalarini aniqlash, insonning
ijodiy potensialini va psixologik zaxiralarini ishga tushirish;
— bolalarning ruhiy salomatligini va psixik taraqqiyotning kechishini
tizimli nazorat qilish xizmatini tashkil etish, ota-onalarga
muammoli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish;
— yosh va klinik diagnostika;
— inson hayotining inqirozli davrlarida yordam ko‘rsatish,
psixologik qo‘llab-quvvatlash funksiyasini bajarish;
— uzluksiz ta’lim tizimda o‘quv jarayonini optimal tashkil etish.

2.Rivojlanish psixologiyasi fanini o`rganishning ahamiyati.



Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida mam shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo‘lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog o‘zining asosiy vazifasi, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyat1i amalga oshiradi.
Shuning uchun ham psixologiya fanining alohida sohalari bo‘lmish yosh va pedagogik psixologiya asoslarini chuqur bilish har bir pedagog uchun muhim hisoblanadi.
Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay, bugungi kunda inson psixikasini uning butun
hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanish xususiyatlarini yaxlit holda
tavsiflashga erishilmagan.
Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida
o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun mas’uliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.
Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlash mumkin. Ammo bu yerda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi.

3.Rivojlanish psixologiyasining muammolari.



Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish
mumkin.
1. Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm
va muhitga bog‘liqligi muammosi.
2. Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan
ta’limning ta’siri muammosi.
3. Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi.
Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson organizmining
anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liq. Nerv sistemasi
va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori
darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi.
Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi
organizm anatomik-fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraqqiyotga
ta’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib kelishi
mumkin. Bolaning miyasi yetilib bo‘lmaguncha unda ver6
bal nutqni va u bilan bogiiq bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish
mumkin emas.
Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga
ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’siri
juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida
bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin.
Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech
qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan
munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya. Tashkil
etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus
ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir.
Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar ostida
psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan qay biri inson
xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligicha
qolmoqda.
Keyingi muammo — layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati
masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir
etuvchi layoqatlarning o‘zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning
nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi yoki uning tarkibiga
insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham
kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko‘proq
mavjud layoqatlarga bog‘liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan
ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? kabi savollar hanuzgacha
to‘la-to‘kis o‘z yechimini topmagan.

4.Rivojlanish psixologiyasi fanining asosiy sohalari (bo`limlari) va ularning vazifalari.



Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi.
Bular:
1. Bolalar psixologiyasi.
2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.
3. 0 ‘smir psixologiyasi.
4. Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.
5. Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6. Gerontopsixologiya (qarilik) psixologiyasi.

Yüklə 240,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin