Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 240,8 Kb.
səhifə3/19
tarix06.04.2023
ölçüsü240,8 Kb.
#94186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
KOMPLEKT VA NIHOYAT (3)

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan
yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga
qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan
kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xususiyatlar
yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida
ajratib o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygungacha
o'sib yetilish davri) taraqqiyot yo‘li deyiladi. uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni,
ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi — tuyg‘ulariga, diqqatiga
va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni
o‘rganish.
2. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida
turli yoshdagi bolalar psixik jarayonlari xususiyatlarining nervfiziologik
asoslarni o ‘rganish.
3. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni
aniqlab berish.
4. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos boMgan qonuniyatlarni
o‘rganish.
5. Bola shaxsiga xos bolgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish.
6. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash.
7. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini
faollashtirish.
8. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini
shakllantirish.
9. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini
shakllantirish.
10. Ta’lim-tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan
iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning
psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar,
o‘qituvchilar, ota-onalar, ya’ni jamoatchilar o‘rtasida
keng yoyishdan iborat.
Kichik maktab davri 6—7 yoshdan 9—10 yoshgacha davom etadi.
Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri,
unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z
mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan
ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga,
shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish
javoniga ega bolish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi
yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuningdek,
uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Yüklə 240,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin