Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi



Yüklə 13,85 Kb.
tarix25.01.2023
ölçüsü13,85 Kb.
#80805
Idrok haqida


Idrok- sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi.
«Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. SHuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat.
Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi.
Idrokning asosiy xossalariga predmetlilik, yaxlitlik, strukturaviylik, konstantlik, anglanganlik, appersepsiya, faollik kiradi
Yüklə 13,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin