BIOLOGIYA (Odam va uning salomatligi) 2019 – YIL
QON VA QON AYLANISH DOIRASI: 1 – VARIANT.
1. II qon guruhli (Rh+) odam o'pka venalaridagi eritrotsitlarga xos xususiyatlarni aniqlang.?
1) agglutinogen A ga ega;
2) gemoglobiniga CO2 biriktirilgan;
3) yadrosi bo'lmaydi;
4) jigar va taloqda parchalandi;
5) gemoglobiniga O2 biriktirilgan;
6) agglutinogen β ga ega;
7) rezus omilga ega
A) 1, 2, 4 B) 3, 5, 7 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 7
2. Eritrositlar parchalanish bosqichlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.?
1) eritrosit gemoglobin bilirubin gem moddasi;
2) eritrosit gemoglobin temir moddasi yadroli eritrosit
3) eozinofil temir moddasi bilirubin o't suyuqligi
4) eritrosit gemoglobin gem moddasi bilirubin o't suyuqligi
5) eritrosit temir moddasi bilirubin yadroli eritrosit
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 5
3. Ikki xil agglutininli qon guruh qaysi qon guruh uchun retsipiyent (1) va ikki xil agglutinogenli qon guruh qaysi qon guruhlar uchun donor (2) bo'la oladi.?
a) I; b) II; c) III; d) IV
A) 1-a, b, c, d; 2-a, b, c, d B) 1-a; 2-d
C) 1-a; 2-a, b, c, d D) 1-b, d; 2-a, c, d
4. Odamning kapillyar qon tomirlari tuzilishi va funksiyasiga
xos ma'lumotlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.?
1) devori uch qavatdan iborat;
2) tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomir;
3) qonni yurak bo'lmalariga olib keluvchi qon tomir;
4) devori orqali to’qimalarga kislorod, oziq moddalar to’tovsiz o’tib turadi;
5) devorining o'rta qavatida yurak muskullari mavjud;
6) devorining o'rta qavatida elastik tolalar joylashgan;
7) devori bir qavat hujayralardan iborat;
8) alveolalarni tashqi tomondan o'rab turadi
A) 4, 5, 8 B) 4, 7, 8 C) 1, 2, 6 D) 2, 3, 6, 7
5. Qoni tarkibida agglyutinogen B uchraydigan (a) va
agglyutinogen A uchramaydigan (b) odamlarning qon
guruhlarini to'g'ri juftlab ko'rsating.?
A) a -IV va II; b-I va III B) a-IV va III; b- II va I
C) a- IV va III; b - III va I D) a- II va III; b - I va IV
6. Quyida berilgan ma’lumotlar orasidan to’g’ri fikr keltirilmagan qatorni aniqlang.?
A) Odamlar ko’pincha poliomiyelit, qizamiq, tepki kasalliklaridan himoyalanish uchun emlanadi;
B) Ko’kyo’tal, qizamiq, suvchechak, kabi yuqumli kasalliklardan keyin ham immunitet paydo bo’ladi;
C) OITS ni terminal davri turli xil davolash tadbirlari orqali bir necha o’n yilgacha cho’zish mumkin;
D) Latentlik davrida kasallik alomatlarining pasayishi, limfa bezlarining og’riqsiz yiriklashuvi kuzatiladi;
7. Qonning ivishiga xos bo’lgan xususiyatlarni to’g’ri juftlab ko’rsating.?
1) Odatda, qon tomirlarida ham kam miqdorda fibrin hosil bo’lib turadi;
2) Zuluklar so’lak bezi ishlab chiqaradigan girudin moddasi ham qon ivishiga yordam beradi;
3) Odatdagi holatda trombotsitlar yorilib undagi trombo-plastin fermenti qon plazmasiga chiqadi;
4) Trombin ta’sirida qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilini erimaydigan fibringa aylantiradi;
5) Qon hujayralari fibrin tolalari orasiga tiqilib qolib, tromb hosil bo’lishini sekinlashtiradi;
6) Tromboplastin ferment bo’lib u trombotsitlar yorilgach qon plazmasiga chiqadi;
A) 1, 2, 4; B) 4, 5, 6; C) 1, 4, 6; D) 2, 5, 6;
8. Yurak ishini boshqaruvchi gormonlar va ularning faoliyati
to'g'ri juftlangan javobni aniqlang.?
a) adrenalin; b) vazopressin.
1) yurak ishini kuchaytiradi; 2) arterial bosimni oshiradi;
3) qon tomirlarni toraytiradi; 4) qon tomirlarni kengaytiradi; 5) arterial bosimni pasaytiradi; 6) yurak ishini pasaytiradi
A) a - 1, 2, 3; b - 2, 3 B) a - 1, 2; b - 4, 5, 6
C) a - 4, 5; b - 4, 5, 6 D) a - 4, 5; b - 1, 2, 3
9. Donor qonidagi eritrotsitlarda aglutinogen A va B lar bo'lsa, u qaysi qon guruhiga ega odamlarga qon bera oladi.?
A) II va IV B) I, II, III, IV C) III va IV D) faqat IV
10. Virusli immune tanqisligi rivojlanishini terminal davriga xos bo’gan xususiyatlarni aniqlang.?
a) bu davr OITS davri ham deb nomlanadi;
b) 5 – 10 yil davom etadi;
c) 14 kundan 1 yilgacha davom etadi;
d) 3 yilgacha ba’zan 1 yil davom etadi;
e) gerpes, kandidoz, stomatit kabi kasalliklar paydo bo’lishi bilan bog’liq;
f) toksoplazmoz, saraton, limfoma kabi kasalliklar paydo bo’lishi bilan bog’liq;
A) d,e,f; B) a, d, f; C) b, c, e; D) a, d, e;
11. Qonidagi eritrotsitlarda faqat rezus omil, gemoglobin mav-jud bo'lgan odam qaysi qon guruhlilar uchun donor bo'la oladi?
A) I, II, III, IV guruhlilar uchun
B) faqat IV guruhlilar uchun
C) faqat II va IV guruhlilar uchun
D) faqat III va IV guruhlilar uchun
12. Odamning arteriya qon tomirlari tuzilishi va funksiyasiga
tegishli ma'lumotlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.?
1) devori uch qavatdan iborat;
2) tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomir;
3) qonni yurak bo'lmalariga olib keluvchi qon tomir;
4) klapanlari bo'lmaydi;
5) devorining o'rta qavatida yurak muskullari mavjud;
6) devorining o'rta qavatida silliq muskul va elastik tolalar joylashgan;
7) ichki qavati bir qator joylashgan hujayralardan iborat;
8) buyrak darvozasidan kiradi
A) 1, 4, 6, 7 B) 1, 3, 6, 7 C) 1, 2, 6, 8 D) 2, 4, 5, 6
13. Donor qonidagi eritrotsitlarda faqat gemoglobin, rezus omil va aglutinogen A bo'lsa, u qaysi qon guruhiga ega odamlarga qon bera oladi.?
A) faqat IV B) I, II, III, IV C) II va IV D) III va IV
14. Qoni tarkibida agglyutinogen A uchramaydigan (a) va
uchraydigan (b) odamlarning qon guruhlarini to'g'ri juftlab
ko'rsating.?
A) a- IV va I; b - III va II
B) a-I va III; b- IV va II
C) a- II va III; b - I va IV
D) a -IV va II; b-I va III
15. Odamning qaysi qon tomirlarida venoz (a) va arterial (b) qon oqadi.?
1) yuqori kovak vena; 2) pastki kovak vena;
3) o'pka venalari; 4) o'pka arteriyasi;
5) tojsimon arteriya; 6) buyrak arteriyasi; 7) buyrak venasi
A) a - 1, 2, 6; b - 3, 5, 7 B) a - 5, 6; b - 1, 2, 4, 7
C) a - 1, 2; b - 4, 5, 6 D) a - 4, 7; b - 3, 5, 6
16. Faqat III va IV qon guruhlarga donor bo'la oladigan qon
guruh egalariga quyidagi belgilarning qaysilari xos.? (Rh(+))
1) plazmasida agglutinin β bo'lmaydi;
2) eritrotsitlarida agglutinnogen B bo'ladi;
3) rezus omil bo'lmaydi;
4) I qon guruh uchun retsipiyent hisoblanadi;
5) plazmasida agglutinin α bo'lmaydi;
6) III qon guruhli odamlardan qon oladi;
7) eritrotsitlarida antigemofil omil mavjud
A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 3, 6, 7 D) 2, 4, 5, 6, 7
17. Qoni tarkibida agglyutinin β uchramaydigan (a) va
uchraydigan (b) odamlarning qon guruhlarini to'g'ri juftlab
ko'rsating.?
A) a- III va IV; b - II va IV
B) a-IV va III; b- II va I
C) a -I va II; b-IV va III
D) a- IV va II; b - III va I
18. Qaysi javobda odam qon aylanish sistemasi bilan bog'liq
to'g'ri ma'lumot keltirilgan.?
A) Gipofiz bezining oraliq bo'lagidan ishlab chiqariladigan
vazopressin gormoni qon tomirlarini toraytirib, bosimni
oshiradi
B) Yurakning bir ish sikli o'rtacha 0,8 sekund davom etib,
bo'lmacha va qorinchalarning bir marta qisqarishi-sistola va kengayishi-diastoladan iborat
C) Tanada bir kecha-kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi
hosil bo'ladi va limfa tomirlaridan arteriya qon tomirlariga
quyilib turadi
D) Yurakning chap qismidagi yarimoysimon klapan katta qon
aylanish doirasidagi arterial qonni tashishda qatnashib,
qonni qorinchadan o'pka arteriyasiga o'tishini ta'minlaydi
19. Arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi (1) va oq qon tanachalarini kamayishi (2) nima deb ataladi.?
A) 1 - gipertoniya; 2 - leykopeniya
B) 1 - gipotoniya; 2 - gemofiliya
C) 1 - gipertoniya; 2 - leykositoz
D) 1 - gipotoniya; 2- leykopeniya
20. Sog'lom odamda qon aylanish sistemasining qaysi qismlari
arterial qon harakatida ishtirok etadi.?
1) chap qorincha; 2) ikki tavaqali klapan; 3) o'ng bo'lmacha;
4) chap qorincha va aorta o'rtasidagi yarim oysimon klapan;
5) o'pka venalari; 6) o'ng qorincha; 7) chap bo'lmacha;
8) o'ng qorincha va o'pka arteriyasi o'rtasidagi yarim oysimon klapan;
9) uch tavaqali klapan;
10) o'pka arteriyasi;
11) tojsimon arteriya;
12) kovak vena
A) 1, 4, 7, 10 B) 3, 6, 8, 9 C) 2, 5, 11 D) 8, 10, 12
21. Noto'g'ri fikrni aniqlang.?
A) Qonida agglyutininlari bo'lmagan odam universal
retsipiyent bo'la oladi
B) Eritrositida faqat agglyutinogen B bo'lgan odam III va
IV qon guruhli odamlarga donor bo'la oladi
C) Qonida agglyutinogen A va B bo'lgan odam qonida faqat
agglyutinogen B bo'lgan odamdan qon oladi
D) Plazmasi tarkibida agglyutinin α bo'lgan odam plazmasida
agglyutininlar bo'lmaydigan odamga qon beradi
22. Virusli immune tanqisligi rivojlanishiga ko’ra davrlarini ketma – ketligi to’g’ri ifodalangan qatorni toping.?
A) inkubatsion – o’tkir – OITS dan oldingi – latentlik – OITS
B) inkubatsion – o’tkir – latentlik – OITS dan oldingi – OITS
C) inkubatsion – o’tkir – OITS dan oldingi – OITS – latentlik
D) inkubatsion – latentlik – OITS dan oldingi –– OITS – o’tkir
23. Donor qonidagi eritrotsitlarda faqat gemoglobin, rezus omil va aglutinogen B bo'lsa, u qaysi qon guruhiga ega odamlarga qon bera oladi.?
A) faqat IV B) I, II, III, IV C) II va IV D) III va IV
24. Aorta yoylarida qonning chiziqlik tezligi kapillarlardan necha marta yuqori.?
A) 40 B) 4 C) 400 D) 10
25. Qaysi kasallikning kelib chiqishi kam harakatlanish, ortiqcha semirish, chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish va psixik zo’riqishlar bilan bog’liq.?
a) insult; b) aterosikleroz; c) kandidoz; d) toksoplazmoz;
e) gipertoniya; f) stomatit; g) miokard infarkti; h) gerpes;
A) a, c, d, f; B) c, d, f, h; C) b, e, g; D) a, b, c, d, e, f;
26. Odam qonining plazmasi tarkibida antigemofil omil,
antitana, vitaminlar, gormonlar, uglevod, yog', tuz,
agglyutinin α, eritrotsitlarida esa rezus omil, gemoglobin,
agglyutinogen B mavjud bo'lsa, u qaysi qon guruhlilar uchun retsipiyent hisoblanadi.?
A) II, IV B) I, II C) III, IV D) I, III
27. Qaysi a'zolardan boshlanuvchi qon tomirlar jigarga boradi?
1) taloq; 2) me'da; 3) o'pka; 4) ingichka ichak; 5) buyrak
A) 1, 2, 4 B) 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 5
28. Sog'lom odamda kichik qon aylanish doirasining qaysi
qismlari venoz qon harakatida ishtirok etadi.?
1) chap qorincha;
2) o'ng bo'lmacha;
3) aorta;
4) kovak vena;
5) o'pka arteriyasi;
6) o'ng qorincha;
7) chap bo'lmacha;
8) o'pka venalari;
9) o'ng qorincha va o'pka arteriyasi o'rtasidagi yarim oysimon klapan;
10) chap qorincha va aorta o'rtasidagi yarim oysimon klapan
A) 1, 3, 7, 10 B) 2, 4, 6 C) 4, 8, 9 D) 5, 6
29. Qon tarkibida agglutinogenlar saqlaydigan guruhga ega odamlar qaysi guruhlarga umuman qon bera olmaydilar.?
A) II, IV B) faqat I С) II, III, IV D) faqat IV
30. Yurakning o'z muskullarida paydo bo'lib turadigan qo'zg'alishlar ta'sirida bir meyorda qisqarib turishi...?
A) yurak biotoklari
B) yurak elektrokardiogrammasi
C) yurak avtomatsiyasi
D) yurak elektrokardiografi