Zamonamiz har kim o‘z biznesini ochishi va shu orqali boyib ketishi uchun eng qulay paytlardan biri sanaladi. Siz inson faoliyatining turli sohalaridagi ko‘plab imkoniyatlarning qurshovidasiz va ulardan qay darajada foydalana olish tamomila o‘zingizga bog‘liq. Sizdan talab etiladigani — ulkan istak va harakatga tayyorlik. Brayan Treysi kitoblari va seminarlari esa, shubhasiz, bunda sizga yordam beradi.
Malakali biznes-maslahatchisi, kouch, muallif va amaliyotchi hisoblangan Treysi bundan ko‘p yillar muqaddam “o‘zini-o‘zi millioner qilgan”larning tarixini o‘rganishni boshlagan. Ular haqida qancha ko‘p o‘rgangani sari, o‘zi ham shu darajada ulardan biriga aylanib borar edi.
Demak, “o‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning birinchi siri — keng miqyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling. O‘zingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya ta’kidlang. O‘zingizga qayta-qayta berishingiz bo‘lgan yagona savol esa “Qanday qilib?”, bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z qiyofasini, kelgusida boy va omadli bo‘lishlarini aniq tasavvur qila oladi. Hayotingizdagi mutlaqo barcha o‘zgarishlar o‘zingiz haqingizda shakllantirganingiz muayyan yangi emotsional aqliy obrazda vujudga keladi.
Ikkinchi sir: boshqalardan farqli bo‘lish, ustun kelishni hayotingizning asosiy maqsadi etib belgilang. Bajaradigan barcha ishlaringiz yuksak darajada bo‘lishiga intiling va o‘zingizga yuqori talablarni belgilang. Bajaradigan ishlaringizda yuqori darajali professionalizmga erishmaguningizga qadar, hech qachon boy va baxtli bo‘la olmaysiz. O‘z oldingizga shunday maqsadni qo‘ying va shu yo‘nalishda harakatni boshlang. O‘z ishingiz va kasbingizda yanada a’lo bo‘lishingizga sabab bo‘luvchi har bir qadamingiz sizni yanada baxtli qiladi.
Uchinchi sir: o‘zingiz va hayotingiz uchun butun mas’uliyatni bo‘yningizga oling. O‘zingizga qancha ko‘p mas’uliyatni olsangiz, shu darajada sohangiz yetakchisiga aylana borasiz. O‘z muvaffaqiyatsizliklarida boshqalarni ayblashda to‘xtashning eng tez usuli — bu o‘ziga: “Bunga men javobgarman!”, deyishdir. O‘zingizga qancha ko‘p mas’uliyat olsangiz, hayotingizni aynan o‘zingiz nazorat qilayotganingiz hissiga bo‘lgan ishonch shuncha kuchli bo‘ladi.
To‘rtinchi sir: doimiy izlanish hayotingiz bosh maqsadi bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z sohalarida izlanishdan hech qachon to‘xtamaydi. O‘z ishingiz to‘g‘risida har kuni yangilik o‘rganishga intiling, salohiyatingizning barcha kuchlarini ishga soling. Qancha ko‘p o‘rgansangiz, oldinga qarab shuncha tez ilgarilab boraverasiz. Bilim va ko‘nikmalar — XXI asrda muvaffaqiyatlarga erishish kalitidir.
Biz ishda, munosabatlarda, yumushlarda va hayotning boshqa jabhalarida niyatimizga yetkazuvchi muvaffaqiyat formulasini izlaymiz. Biroq hamma vaqt ham istagimiz eshiklarini ochib beradigan kalitni topolmaymiz. Hayotda muvaffaqiyat formulasini topish mumkinmi?
Qanday qilsak niyatimizga tez erishamiz?Muvaffaqiyatni odamning ayni vaqtdagi holati bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Muvaffaqiyat – bosib o‘tilgan yo‘l va unda uchragan to‘siqlarni qay yo‘sinda yengib o‘ta olingani bilan aniqlanadi. Muvaffaqiyat – inja orzularning amalga oshirilishi, asosiy maqsadning hayotga tadbiq qilinishi bilan belgilanadi. Istaklarni amalga oshirishning esa juda ko‘p usullari mavjud. Shunchaki o‘tirib, omad kelishini kutish ham mumkin. Biroq eng tez va samarali usuli donolarcha fikrlab, sovuqqonlik bilan harakat qilishdir. Omad kelishiga umid qiling.
Muvaffaqiyat formulasi quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirib, ko‘paytirishga teng. Agar ulardan biri nolga teng bo‘lsa, muvaffaqiyat ham nolga teng bo‘ladi. Bu sifatlarning 1-2 tasinigina rivojlantirib, muvaffaqiyatga umid qilib bo‘lmaydi.