Taajjublanish hissi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda bunday
his ularga qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror narsa
ta’sir qilganida tug‘iladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kutmagan
voqealar sodir bo‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish
jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o‘tadi. Bu hol
samarali bilish faoliyatining doimiy yo‘ldoshidir. ≪Voqealarni kuzatib
borayotganimizda biz o‘zimizda tug‘ilgan hislardan mamnun
bo‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir
(D. R. Dekart).
Hayron qolish hissi.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
hayron qolish hissi kuchli bo‘lib, tushuntirilayotgan yangi materialni,
tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiynalib
qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bo‘lib turgan
hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda
bolada hayron qolish hissi tug'iladi. Bu his ham kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga
yo‘llovchi kuchli vositadir.
81 Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi nazorat qilishning rivojlanishi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyati
jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan
muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga
kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga
hamda bilim olish jarayoniga bolgan qiziqishining qaror topishiga
yordam beradi, o‘quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham
o‘zgaradi. Bunda do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar
bolib qoladi. Axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari
ham shakllanadi. Boshlanglch sinf o‘quvchilarida iroda
tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o'zini tuta bilish, sabotlilik,
chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy sifatlarni
o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bolishining
oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bolsa, ularni yo‘qotishdan
iboratdir. Bolalar irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga
ishonmaslikdir. 0 ‘ziga ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin
va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib turadigan muvaffaqiyatsizliklar
tufayli yuzaga keladi.
82. O‘quvchilarning xavotirlanish darajasi va o‘zlashtirmasligi o‘rtasidagi aloqadorlikni tadqiq qilish.
Xavotirlanishning tafakkur xususiyatlari bilan bogliqlik
masalalari R.I.Sunnatova ishlarida yoritib berilgan1. U maktabgacha
yoshdagi bolalar, o‘quvchilar va kattalarda masalalarni hal
etishdagi fikrlash faoliyatining individual tipologik xususiyatlarini
tadqiq etgan bolib, uning fikricha o‘ziga nisbatan hissiy-qadriyatli
munosabat, ya’ni kongruentlik o‘z-o‘zini baholash darajasi,
shaxsning intilishi, mustaqil rivojlanishga ko‘maklashadigan konstruktiv
o‘z-o‘zini baholash, o‘zini yoqtirmaslik, ichki nokongruentlik,
o‘z-o‘ziga konformlilik holatlari bilan ifodalanadi hamda
o‘z-o‘zini realizatsiyalashda ichki to‘siq bolib qoladi va mustaqil
rivojlanish deformatsiyasiga olib keladi, ya’ni shaxs rivojlanishi
umumiy yo‘nalishiga destruktiv ta’sir etadi. Muallif himoyasizlik
va keraksizlik hissi ko‘rinishida namoyon boluvchi bolalardagi
yuqori darajadagi xavotirlilik destruktiv o‘z-o‘ziga baho berish
bilan bogliqdir, deb ta’kidlaydi. R.I.Sunnatova fikrlash faoliyatining
individual-tipologik xususiyatlarini olganib, bu xususiyatlar
qatoriga mustaqil yoki mustaqil emaslik, o‘zini o‘zi baholashda
konstruktivlik-destruktivlik, fikrlash faoliyatida qaror qabul qilish
bo‘yicha shaxslararo ta’sir olkazish holatlarida konfliktlik-konformlik
kabilar kirishini ta’kidlagan.
83. Olti yoshli bolalarda shaxs xususiyatlarining rivojlanishi.
Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga
tayyor bolmay turib, maktab ostonasiga qadam qo'yishadi.
Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil
kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar
paydo boladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining
va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun
toliq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik
motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining
pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining
ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi,
xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir
so‘z bilan aytganda hali ≪0 ‘quvchi ichki pozitsiya≫sining shakllanmaganligi
maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning
muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foyda
yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishining
neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari
lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning
bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab
boladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida
yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir boladi.
Bunday holatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi
sodir bolib, u 7—8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki
giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga
tayyorlash kerak emas, degan fikr emas, lekin bolaning aqliy
rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina
erishib bolmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga kola, har
qanday taraqqiyot ko'rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka
qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy
jihatdan tayyor bolmay turib, unga harf va raqamlarni yozish,
o‘qish olgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga
sabab boladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolutsiya
taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda
universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki,
neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur
bolgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7—8 yoshda
(aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi.
Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor boladi.
84. Maktabgacha tarbiya yoshida qo‘rquv holatining namoyon bo‘lishi.
Diffisil bolalar emotsional sohasi xususiyatlari esa L.V.Nazirova
ishlarida ko‘rinadi. Uning fikricha, kattalar tomonidan qollaniladigan
nohaq jazolash, hujum, ayblov diffisil bolada salbiy
affektiv kechinmalarni vujudga keltiradi1. Bu holatning doimiy
takrorlanishi aqliy faoliyat jarayonidagi buzilishni determinatsiyalovchi
emotsional zo‘riqish va xavotirlilikni keltirib chiqaradi.