2-ma’ruza. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja



Yüklə 97,21 Kb.
səhifə1/10
tarix12.06.2022
ölçüsü97,21 Kb.
#61289
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.1-мавзу


2-MA’RUZA. XULQ-ATVORNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI.
REJA:
1.Shaxs. Miya va psixika
2. Ong haqida tushuncha. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti.
3.Hayvonlarning instinktlari, koʻnikmalari va intellektual harakatlari
Тayanch tushunchalar: Instinkt, ontogenez, filogenez


Miya va psixika
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi boʻlib, u ob’ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi boʻlmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda qancha murakkabroq tuzilgan boʻladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar maymun miyasining ogʻirligi 400-500 g boʻlsa, odam miyasining ogʻirligi oʻrta hisobda 1400 g dir.
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya butun gavda ogʻirligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan kislorodning 18 foizidan ortiqrogʻini ishlashidan ham koʻrishimiz mumkin. Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik ogʻirroq boʻlib boraveradi.
Miyaning tanaga boʻlgan nisbati: Kit miyasining tanasiga nisbati , fil miyasining tanasiga nisbati , maymun miyasining tanasiga nisbati , Odam miyasining tanasiga nisbati .
Ayniqsa, bosh miya katta yarim sharlari kishi organizmi hayotida muhim ahamiyatga ega. Odamda oʻrtacha 14-15 milliard neyrondan iborat. Eng muhim rolni miya poʻstining peshona qismi oʻynaydi. hayvon taraqqiyotining yuqoriroq bosqichiga qanchalik koʻtarilsa, miya yarim sharlari poʻstining peshona qismi shunchalik kattaroq boʻladi.
Inson bosh miyasi, hayvon miyasidan ancha ogʻirdir.
Odam miyasi - 1400 g.
Ot miyasi - 650 g.
Gorilla miyasi - 400 g.
Hoʻkiz miyasi - 500 g.
Kit miyasi - 2800 g.
Fil miyasi - 4000 g.
Individning psixik hayotida miyaning ogʻirligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo miyaning tuzilishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kishining aqli haqida miyaning ogʻirligiga qarab hukm chiqarish toʻgʻri emas. Ba’zi kishilar miyasining vazni oʻrtacha vazniga qaraganda ancha ogʻir boʻlgani shuningdek, ba’zi kishilarning miya vazni oʻrtacha darajadan kamroq ham boʻlgani ma’lum.
Masalan: I.S.Turgenevning miyasi 2012 g, V.M.Bexterevning miyasi 1720 g, I.P.Pavlovning miyasi 1653 g, D.I.Mendeleevning miyasi 1751 g, Anatol Fransisning miyasi 1017 g boʻlgan.
Odamning bosh miyasi kishi psixikasining oʻziga xos takrorlanmas, murakkab organi hisoblanib, u katta yarim sharlar, miyacha, oraliq miya, oʻrta miya va uzunchoq miyadan iborat.
Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning oʻzaro faoliyati va bir-biri bilan bogʻlanishini hamda uning tashqi muhit bilan boʻladigan aloqasini ta’minlaydi. Psixik faoliyatlarning koʻpgina qismi bir necha qator boʻlib, joylashgan nihoyatda koʻp nerv hujayralaridan (15 milliarddan koʻp) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat boʻlgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bogʻliqdir.
Nerv tizimi nerv toʻqimasidan tashkil topgan boʻlib, u oʻz navbatida nerv hujayralaridan iborat.
Har bir nerv hujayrasi, ya’ni neyron yadrosi boʻlgan juda koʻp tarmoqlangan kalta oʻsimtalar - dendritlar va bitta uzun oʻsimta - aksondan iborat hujayradan tashkil topgan.
Turli nerv hujayralarining tutashgan joyi sinaps deyiladi va u bir neyrondan boshqasiga impulslarni oʻtkazish (toʻxtatish yoki ushlab qolish)ni ta’minlaydi. Nerv hujayralari toʻplami miyaning kulrang moddasini, nerv tolalarining toʻplami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Nerv toʻqimasi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, ular qoʻzgʻaluvchanlik va oʻtkazuvchanlik asosiy xususiyatlar hisoblanadi.
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Orqa miya umurtqa pogʻonasining kanalida joylashgan boʻlib, nerv toʻqimasidan iborat. Orqa miya ikkita yarim, ya’ni oʻng va chap qismlardan iborat boʻlib, ularni uzunasiga ketgan oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi. Orqa miyada nerv tolalarining tutamlari joylashgan boʻlib, sklet muskullari, nerv va shilliq qavatidagi periferik nerv uchlaridan qoʻzgʻalish nerv impulslari koʻrinishida, ular orqali miyaga u yerdan esa periferiyaga yetkaziladi. Orqa miyada ongsiz reflektor harakatlarning gavda va qoʻl-oyoqlar muskullarning, shuningdek bir qator fiziologik jarayonlarning tomirlarni harakatlantiruvchi, teri ajratuvchi va boshqa markazlar joylashgan.
Bosh miya qutida joylashgan boʻlib, orqa miyaning ustida joylashganga oʻxshaydi. Bosh miyada uzunchoq miya, orqa miya, oʻrta miya, oraliq miya va oldingi miya farqlanadi. Orqa miya, Varoliy koʻprigi va miyachadan iborat boʻlib, uzunchoq miya bilan birgalikda miya sopini tashkil qiladi. Miya sopi orqa miyani davomidek tutashgan.Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqori boʻlimlariga impulslar oʻtadi va orqaga qaytadi. Uzunchoq miyaning yadrolari murakkab refleks aktlarida ishtirok etadi; soʻrish, chaynash, soʻlak ajratish va hokazo.
Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. Oʻrta miya-toʻrt tepalik qizil yadro muskul tonusining me’yoriy taqsimlanishini, tovush va yorugʻlik qoʻzgʻatuvchilarini hamda ogʻirlik kuchiga nisbatan tananing toʻgʻri joylashishini idora etadi.
Oraliq miyada sezuvchanlikning oraliq markazlari mujassamlashgan. Oldingi miya va uni qoplab turgan poʻstloq bosh miyaning oliy qismlarini tashkil etadi. Oldingi miya bosh miyaning eng katta qismini deyarli 80 foizini tashkil qiladi va peshona sohasidan ensagacha choʻzilgan yoriq bilan ajrashgan ikkita oʻng va chap yarim sharlardan bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida birikadi.
Yarim sharlarning barcha yuzasi (qariyb 2200 sm) miya poʻstlogʻi deyiladi. Miya poʻstlogʻi kulrang moddadan tashkil topgan. Uning qalinligi turlicha boʻlib 4-5 mm.gacha boradi.
Bosh miya katta yarim sharlari qobiqining yuzasi odamda katta sohaga ajratiladi, peshona (eng katta), tepa, ensa va chakkadan iborat. Bir xildagi hujayralar qatlamidan iborat qismlar (qobiq shakli va faoliyatining vazifalari turlicha boʻlgan oltita qatlam hujayralaridan tashkil topgan) qavatlardan (maydon)
iborat. Odamda hammasi boʻlib 52 ta maydon mavjud. Bosh miyaning poʻstlogʻi ostida yotgan qismlarini qobiq osti sohasi deyiladi. qobiq osti sohasi va qobiq osti tutamlari umumiy sezuvchanlikning differensiyalashgan markazlari hisoblanadi. Bu soha bizning emosiyalarimiz va instinktlarimiz bilan bogʻlangan.
Periferik nerv tizim markaziy nerv tizimi bilan ajralmas yaxlitlikni tashkil etadi. Periferik nerv tizimi markaziy nerv tizimidan chiqib, tarmoqlanib, shu bilan birga butun organizmni markaziy nerv tizimi bilan bogʻlovchi nervlardan tashkil topadi.
Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi. Periferik nervlarning ikki turi: sezuvchi va harakat nervlari farqlanadi. Sezuvchi nervlar nerv uchlaridagi tuzilmalarda ta’sirlovchilar tufayli hosil boʻlgan qoʻzgʻalishni markazga, ya’ni orqa miya va bosh miyaga yetkazib beradi. Ushbu nervlar boshqacha qilib aytganda, qoʻzgʻalishni qabul qiluvchi markazga intiluvchi yoki afferent nervlar deyiladi.Harkatlantiruvchi (motor) nervlar markazdan kelayotgan impulslarni muskullarga va bezlarga yetkazadi. Bu nervlarni markazdan qochuvchi yoki efferent nervlar deb ham ataladi.
Vegetativ nerv tizimi - orqa miya boʻylab va undan chetda joylashgan nerv tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va boshqa organlarida joylashgan boʻlib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi.
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va parasimpatik nerv tizimidan (uning markazlari oʻrta miyadagi turli tepalikda Varoliy koʻprigida, uzunchoq miyada va orqa miyaning dumgʻaza qismida joylashgan) iborat.
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a’zolar faoliyatini idora qilishda oʻziga xos "antagonistlar" qarama-qarshi boʻlib, bir organ faoliyatini qarama-qarshi holatga keltiradi.
Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, parasimpatik tizim esa bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me’yordagi faoliyati simpatik va parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma’lum bir "muvozanatida" saqlanadi. Vegetativ nerv tizimi emosional kechinmalarda katta rol oʻynaydi.
Odamning koʻpincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va holatlarini idora etishda retikulyar formasiya alohida rol oʻynaydi. Retikulyar formasiya orqali miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari tarmoqi bilan oʻzaro birikkan toʻrsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik faoliyatiga, bosh miya qobigʻining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga, miyachaga va orqa miyaga ta’sir qiladi.
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organish sifatidagi oʻrganish tarixi ikkita yoʻnalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini oʻrganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini ochishdan iborat.

Yüklə 97,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin