2-ma’ruza. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja



Yüklə 97,21 Kb.
səhifə3/10
tarix12.06.2022
ölçüsü97,21 Kb.
#61289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.1-мавзу

Analizatorlar - bu nerv fiziologik apparat boʻlib, periferiyadagi nerv uchidan (reseptor) sezuvchi nervdan( oʻtkazish yoʻli) va miya qobiqining tegishli qoʻzgʻatuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir.
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari toʻgʻrisidagi ta’limoti ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir.
Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta’sirlagichlar va ularning izlari bilan signallashib ular organizmning koʻrish, eshitish reseptorlariga bevosita kelib turadi. Bu birinchi signallar tizimi boʻlib, odam va hayvonlarda umumiydir. Soʻzlar ikkinchi, maxsus insoniy signal tizimini tashkil etadi. Soʻzlar narsa va hodisalardan kelayotgan signallarning oʻrnini egallagani uchun I.P.Pavlov tomonidan "signallar signali" deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati
birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bogʻliq tarzda boradi. Ikkinchi signallar tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi.
Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini tushuntirishdagi muhim kamchilik shundan iboratki, refleks tizimi inson psixikasining idora etuvchi va oʻzgartiruvchi rolini tushuntirib bermaydi. I.P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga oʻzgartirish yoʻli bilan yechishga intildilar.



Nerv tizimining reflektorlik faoliyati borasida qator ishlar amalga oshirilgan boʻlib, ular tomonidan turli sxemalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Bernshteyn boʻyicha reflektor aylanasi quyidagi koʻrinishga ega.



Psixikaning fiziologik asoslarini ochish muammolariga hayotining koʻp yillarini bagʻishlagan rus fiziologi P.K.Anoxin(1898-1974) qaytarma afferentasiya tizimlarini aniqladi, natijada harakat akseptori deb nomlangan harakatini rejalashtiruvchi va idora etuvchi oʻziga xos funksional organlarga ajratildi.


Fanda ilmiy soha sifatida frenologiyaning asoschisi F.Gall XIX asrning boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli nerv toʻqimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bogʻliq deb isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma’lum bir qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida kuzatishgan. Shu yoʻl bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq
artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni aniqlagan fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) soʻngra esa oʻsha chap yarim sharining yuqori chakka burmasining orqa qismida "nutqni tushunishini idora qiladigan" Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri K.Vernike nomi bilan atalgan) ajratilgan. Mashhur neyropsixolog A.R.Luriyaning fikricha, aynan shuning uchun miyaning cheklangan sohalaridagi psixik funksiyalarni "lokalizasiyalash" vazifasi "ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan birgalikda ishlovchi miya zonalarining oʻsha tizimini tahlili, boshqacha aytganda qanday qilib funksional tizim bosh miya apparatlari boʻylab, tegishli tizimlar boʻylab, joylashganligini tahlili" vazifasi bilan almashtirilishi lozim.
Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1-blok - energetik blok, u miya poʻstloq qismining normal ishlash tonusini ta’minlaydi. Miya poʻstining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan).
3-blok - faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta’minlaydi (peshona qismida joylashgan).
Odam va hayvonlar miyasining funksional tizimida muhim farqlar kuzatiladi. hayvonlarning ikkala yarim sharlari bir xil qiymatga ega boʻlgan bir vaqtda odamning chap yarim shari odamda dominanta (hukmron) boʻlib, oʻng miya yarim shari esa unga boʻysungandir va bu oʻng qoʻlning yetakchi roli bilan bogʻlangan (chapaqaylarda bunday dominantlik yoki oʻchib ketadi, yoki oʻng yarim sharga oʻtadi).
Chap miya yarim sharida odamning xatti-harakati va faoliyatining murakkab shakllarini idora etish bilan bogʻliq boʻlgan nutq markazlari joylashgan.
Bu markazlarning buzilishi mantiqiy-grammatik operasiyalarning (semantik afaziya) va tafakkurning ijodiy shaklarini buzilishiga olib kelsa, ayni shu damdagi oʻng miya yarim shar xuddi shunday sohalarining buzilishi esa idrokning tasavvur komponentlarini va emosional jarayonlarini buzadi.
Toʻplangan ilmiy ma’lumot asosida shuni ta’kidlash mumkinki, chap miya yarim sharining miya oʻng yarim sharining ishiga nisbatan differensiyalashganidir.
Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.






Yüklə 97,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin