International school of finance technology and science



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə12/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu

Maks Veber (1864-1920)- buyuk nemis sotsiologi, faylasufi va tarixchisi. U 1864 yil 21 aprelda Germaniyaning Erfurte shahrida tavallud topgan. «Tushunuvchan» sotsiologiya va ijtimoiy harakat nazariyasi asoschisi. Uning nazariy pozitsiyasi va ijtimoiy-siyosiy qarashlari ko‘p jihatdan XIX asrning oxirgi choragida Germaniyadagi ijtimoiy-siyosiy holat va vaziyatlar bilan bevosita bog‘liq. Veber ko‘proq iqtisod, tarix va sotsiologiya bilan shug‘ullangan. Uning «O‘rta asrlardagi savdo jamiyatlari tarixiga oid» (1989), «Rim agrar tarixi va uni davlat xususiy huquq uchun ahamiyati» (1891), «Protestant etikasi va kapitalizm ruhi» (1905), «Dunyo dinlarining xo‘jalik etikasi» (1919), «Xo‘jalik va jamiyat» (1921) kabi asarlari sotsiologik ta‘limotlarga bag‘ishlangan. M.Veber Dilteyning antinaturalizmni yoqlaydi. U insonning ongli mavjudot ekanligini» hech bir tarixchi yo sotsiolog, iqtisodchi inkor eta olmasligini ta’kidlaydi.
  • “Tushunuvchan sotsiologiya” G.Zimmel va M.Veber
  • M.Veber fikricha, madaniyat, jamiyat va tarix haqidagi fanlar xuddi tabiiy fanlarga o‘xshab baholash fikrlaridan xoli bo‘lishi kerak. Lekin bu olimni o‘z baho berish va qiziqishlaridan voz kechishi kerak, degan fikrni tug‘dirmasligi lozim. Bu qiziqish va baho berish olimning ilmiy xulosalar doirasiga bostirib kirishi joiz emas. Mazkur doiradan tashqarida u o‘z mulohazalarini qanchalik bayon qilishini o‘zi belgilaydi, lekin endi olim sifatida emas, balki shaxs sifatida. M.Veber qadriyatni u yoki bu tarixiy davrning ko‘rsatmasi, davrga xos bo‘lgan manfaatning yo‘nalishi, deb talqin qiladi. Shunday qilib, qadriyatlar tarixdan yuqori xolilikdan tarixiylikka o‘tadilar. M.Veber, qadriyatli hukmlar doim shaxsiy va subyektiv xususiyatga ega, deb bilgan. Ular axloqiy, siyosiy yoki boshqa qarashlar bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Inson xulqini talqin qilish metodiga Veber tomonidan qanchalik katta ahamiyat berilganligiga qarab, uning sotsiologiyasini ko‘pincha tushunuvchi yoki «interpretativ» sotsiologiya ham deb atashadi.
  • “Tushunuvchan sotsiologiya” G.Zimmel va M.Veber
  • Veber sotsiologiyada individ xatti-harakatini muayyan ma’no bilan bog‘liq holdagina o‘rganadi. Inson xatti-harakatining esa 4 turini ko‘rsatadi:
  • Maqsadli ratsional xatti-harakat.
  • Qadriyatli ratsional xatti-harakat.
  • Affektiv xatti-harakat.
  • An’anaviy xatti-harakat.
  • Umuman, G.Zimmel va M.Veberlar sotsiologik bilimlar predmeti sifatida «jamiyat», «insoniyat», «jamoatchilik» kabi tushunchalar emas,balki sotsiologik tadqiqot predmeti faqat individ bo‘lmog‘i kerak, deb hisoblaydilar.
  • «Sotsiologiya» qisqa davrlar ichida o‘zining shakllanish, rivojlanish tarixi va bosqichiga ega bo‘ldi. Shu vaqtlar mobaynida katta hajmdagi nazariya va ta‘limotlar yaratildi. Jamiyatning rivojlanish va tarqqiyot qonuniyatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Bunda Evropa, Amerika, Rossiya olimlari bilan birgalikda O‘zbekiston olimlarining ham o‘ziga xos xissasi bor.
  • O‘zbekistonda «Sotsiologiya» fanini rivojlantirish borasida talay tadbirlar amalga oshirilganligiga hammamiz guvohmiz. Jumladan respublikaning barcha oliy o‘quv yurtlarida «Sotsiologiya» fani o‘qitilishi joriy qilingan. Respublika aholisining fikrlarini o‘rganuvchi «Ijtimoiy fikr» markazi va uning viloyatlardagi shoxobchalari orqali sotsiologik tadqiqot ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilib, davlatimiz rivojiga yordamlashmoqda.
  • Qisqacha xulosa
  • Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlarini Ta‘riflang. (Konfutsiy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, A. Beruniy va Z.M.Bobur) va h.k.
  • O. Kont va uning pozitivistik ta‘limotining mazmuni.
  • Klassik sotsiologiya asoschilari kimlar?
  • Sotsiologiyada noklassik va marksistik yo‘nalish vakillarining qarashlarini taqqoslang.
  • G.Zimmel ta‘limotini mazmuni nimada?
  • M.Veberning sotsiologik g‘oyasini Ta‘riflang.
  • XX asr Amerika sotsiologiyasining Evropa sotsiologiyasidan farqi nimada?
  • Sotsiologiya fanidagi oqim va yo‘nalishlarni aytib bering.
  • Hozirgi davrda O‘zbekistonda sotsiologiya fanini rivojlantirish uchun nima ishlar qilinmoqda?
  • E’TIBORINGIZ UCHUN
  • RAHMAT

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin