Mundarij a



Yüklə 144 Kb.
səhifə1/7
tarix24.05.2023
ölçüsü144 Kb.
#121212
  1   2   3   4   5   6   7
Hunarmandchilik

M U N D A R I J A:


KIRISH..........................................................................................................…...... 3
I BOB. ARAB TILINI O‘RGANISHDA ATAMARNING AHAMIYATI .….. 5
1.1. Arab va o‘zbek tillarida atamalar ……………………………………….……. 5
1.2 Arab va o‘zbek tillarida atamalarning farqli jihatlari ………………………... 11
II BOB. ARAB TILINI O‘RGANISHDA HUNARMANDCHILIKKA OID ATAMALARNING AHAMIYATI …………………………………………… 15
    1. 2.1. Hunarmandchilik atamalarining qo'llanilish doiralari ………………………. 15

    2. 2.2 Bugungi kunda hunarmandchilikka oid yangi atamalarning qo'llanilishi …… 20


XULOSA................................................................................................................ 24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................................................. 26


KIRISH
Terminologiya (termin va ... logiya) — 1) leksikaning bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Termin tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Masasalan, fizika terminologiyasi, ijtimoiysiyosiy terminlar, mashinasozlik terminologiyasi kabi, termin umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi [ 3, 249]. O‘z navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina o‘sha tilda maxsus terminlar vujudga keladi. Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fonetik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va ko‘p maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Tilda bular salbiy hodisa hisoblanadi [4, 294]. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarim oʻtkazgich — chala oʻtkazgich — nim oʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqish, oʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiyasi maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Ilm-fan, texnika, qishloq xo‘jaligi va san’atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma’noli so‘z va birikmalar terminlar deyiladi. Termin umumxalq tiliga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, his-tuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar terminga xos xususiyatlardir. So‘z ko‘p ma’noga, ya’ni qo‘shimcha ma’nolarga ega bo‘ladi, lekin termin bunday xususiyatga ega emas. Termin ham so‘z, ammo u odatdagi so‘zlardan ma’nosining aniqligi, bir ma’noliligi bilan farqlanadi. Termin ma’lum sohada, shu soha vakillari nutqida qo‘llaniladi [6, 385].

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin