Mundarij a



Yüklə 144 Kb.
səhifə2/7
tarix24.05.2023
ölçüsü144 Kb.
#121212
1   2   3   4   5   6   7
Hunarmandchilik

Mavzuning dolzarbligi: Aynan bir sohadagi ya’ni hunarmandchilik sohasidagi terminlar bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish va aniq tarjima qilish, terminlarning izohlarini ko‘rsatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasdan tarjima qilish, terminlarni tasniflashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mavzu va kurs ishining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbek va arab tillarida hunarmandchilik sohasiga oid terminlarni o‘rganish.
Kurs ishining vazifasi: O‘zbek va arab tillarida hunarmandchilik sohasiga oid terminlarning yaratilishi, bu terminlarni sohada tarjima qilish terminlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi vazifalarni qamrab olgan.
Mavzuning o‘rganilganligi: Arab mamlakatlarida hunarmandchilik sohasi bo‘yicha Al-Xuriy, Al-Jurjoniy, Al-Hoshimiy, Ali, Fariha, G‘azala, Xalaf, va Shavqiy, Savabteh, va Hreyish kabi bir qator olimlar izlanishlar olib borgan [ 5, 300]. O‘zbekistonda ham hunarmandchilik sohasi S. Azimov, R. Bekjonov, A. Vohidov, T. Rashidov, H. Usmonxoʻjayev, H. Fozilov, P. Habibullayev, M. Hojinova kabi FA akademiklarining bahs-munozaralari mavzusiga allaqachon aylanib ulgurgan.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. ARAB TILINI O‘RGANISHDA ATAMARNING AHAMIYATI

    1. Arab va o‘zbek tillarida atamalar

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi buyuk Istiqlol g‘oyasining ilk g‘alabasi, uning erki, huquqi, to‘liq amal qilishi uchun kurash yurtimiz tarixida mustaqillik uchun kurashning ramzi sifatida abadiy qoladi. Yosh avlod qalbi va shuuriga ona-Vatanga cheksiz muhabbat, milliy Istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularining chuqur singdirib borilayotgani shu abadiylikning kafolatidir. Bu jarayonni davom ettirish, tilimiz sofligi va betakror jozibasi uchun kurashish har birimizdan jiddiy mas’uliyat talab qiladi. Chunki til milliy ong, milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantiruvchi, ularning uzviyligini ta’minlovchi yetakchi vosita sanaladi. Bunda terminologiya va hujjatchilikning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Milliy terminologiya o‘zbek davlatchiligining tarixiy – o‘z taraqqiyot yo‘li, demokratiya, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, o‘tmish qadriyatlarni qayta tiklash g‘oyasi va siyosiy yechimi, tizimi, uning shakllanishida muhim rol o‘ynagan besh asosiy bosqich – 1) islomgacha bo‘lgan o‘zbek milliy davlatchiligi; 2) o‘rta asr o‘zbek davlatchiligi; 3) Turkiston o‘lkasi – mustamlaka mintaqasining tashkil etilishi; 4) O‘zbekiston SSRning sotsialistik superetnos ichida ajralishi va 5) Suveren mustaqil davlat - O‘zbekiston Respublikasining tashkil topish – tajribasi nuqtayi nazaridan o‘rganish asosida yaratish maqsadga muvofiq. Bunda milliy Istiqlol g‘oyasi tamoyil va talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish alohida ahamiyat kasb etadi va terminologiyamizning o‘ziga xosligini belgilaydi [7, 210].
Ko‘rinadiki, terminologiya masalalari bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan tadqiqotchi o‘zbek davlatchiligi tarixi hamda uning yuqorida qayd etilgan besh bosqichi taraqqiyotidan chuqur xabardor bo‘lishi kerak. Shunda terminologiyada dublet va ma’nodoshlarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi, mavjudlariga esa sekin-astalik bilan barham beriladi. Bu holat pirovard natijada terminologiyaning milliylik, bir ma’nolilik, qisqa va mantiqan izchillik kabi asosiy tamoyillari tarkib topishiga, «millatning buyuk yutug‘i va ajralmas belgisi» (O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risidagi qonuni») bo‘lmish ona tilining terminologiya sohasidagi qusurlari barham topishiga, millat yaxlitligini ta’minlovchi kuch – adabiy tilning chuqur ildiz otishiga olib keladi.
Demak, davlat tilini asrab-avaylash, uning ma’naviy, huquqiy va ilmiy asosini mustahkamlash, qo‘llanish doirasini kengaytirishda terminologik savodxonlik va hujjatchilik asoslarini chuqur bilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, so‘zlar nutqimizda qo‘llanish doirasiga ko‘ra faol va nofaol kabi turlarga bo‘linadi. Kundalik turmushumizda keng qo‘llanishda bo‘lgan so‘zlar faol so‘zlar hisoblanadi. Bunday so‘zlar sirasiga ota, ona, aka, uka, opa, singil, ish non, kitob, maktab, muallim, daftar, paxta, uy, meva, gtuz, choy, o‘quvchi, olov, yaxshi, olov, yomon, yemoq, kiymoq, pishirmoq, bormoq, kelmoq, bir, besh, o‘n, yuz va boshqa shu kabi so‘lar kiradi. Kundalik turmushda kam qo‘llanadigan, barcha uchun birdek tushunarli bo‘lmagan ayrim so‘zlar nofaol so‘zlar guruhini tashkil etadi. Nofaol so‘zlar sirasiga bugungi kunda iste’moldan chiqqan bilga, ulus, hoqon, budun, tilmoch, bitik, o‘miz kabi arxaizmlar; yaqin o‘tmishga qadar keng qo‘llanishda bo‘lgan va tarixiy jarayon tufayli iste’moldan chiqqan mirshab, yuzboshi, darvesh, qalandar, amir, qul, cho‘ri, kaniz, o‘lpon, sovut, paranjji, mirza, zindon, qozi kabi istorizmlar; ilm–fan, texnika rivoji bilan bog‘liq tarzda tilimizda paydo bo‘layotgn, boshqa tillardan kirib ornashayotgan menenjer, menejment, broker, nou–xou, shou, lizing, kliring, sertifikat, litsenziya kabi neologizmlarni kiritish mumkin [8, 15].
Umumiste’moldagi so‘zlar bir yoki bir necha ma’noga egaligi bilan ham bir–biridan farq qiladi. Chunonchi, bug‘doy, no‘xat, ajriq, terak, piyola, o‘rdak, qumursqa, qurt, oltmish, men, sen, o‘rik, shaftoli kabi so‘zlar bir ma’noli bo‘lsa, burun, yuz, ko‘z, qirq, qir, sur, tur, to‘r, bo‘z, tuz, uy, qo‘y, tol, quloq, bo‘l, tor kabi yuzlab, minglab so‘zlarning har biri bir nechadan qo‘shimcha ma’nolarga ham egadir. Buyuk so‘z san’atkori Alisher Navoiy asarlarida birgina “shoh” so‘zi, shoh, podshoh, olloh, tangri, eng go‘zal, sabrli shaxmatning bosh donasi kabi mustaqil ma’nolardan tashaqari birikma holida yana 54 ma’noda qo‘llanganligi “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” 3-tomida qayd etilgan. Mana shu birgina misolimizning o‘ziyoq o‘zbek tilining naqadar boyligidan, so‘zlarining serjiloligi, ko‘pma’noliligidan dalolat beradi. So‘zlar umumxalq tiliga, adabiy tuilga yoki ma’lum shevagagina xosligi bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun ham so‘zlarning talaffuz etilishi orqali ularning ma’lum shevaga, ma’lum hududga xos fonetik, leksik yoki morfologik belgilarigina farqlanib qolmasdan, nutq egasining keksa yoki yoshligi, ayol yoki erkakaligi, ma’lumoti, kasbi–kori, hayotiy tajribasi, lug‘at boyligi, madaniyatidan ham darak berib turadi.
Tilda shunday so‘zlar ham borki, ular ma’lum bir fan (masalan, tilshunoslikka oid tovush, fon, fonema, ega, kesim, aniqlovchi, aniqlanmish, sifatlovhi, sifatlanmish, to‘ldiruvchi, hol, gap, undalma va h.), texnika (kalit, ko‘targich, qisqich, gayka, shayba, bolt va h.), sport (to‘p, to‘r, darvoza, himoya, hujum, kurash, yonbosh, chala, halol va h.), madaniyat (sahna, musiqa, qo‘shiq, lapar, raqs, ijro, soz, nutq va h.)ga oid tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday so‘zlar atamalar (terminlar) deb yuritiladi. Ularni o‘rganuvchi soha esa atamashunoslik (terminologiya) deb ataladi. Atama so‘zini Abdurauf Fitrat 1927-yilda nashr etilgan “Nahf” kitobida birinchi bo‘lib qo‘llagan bo‘lsa-da, bu so‘z XX asrning 90-yillariga kelibgina keng ishlatila boshladi. Ilmiy adabiyotlarda asosan “termin” so‘zi qo‘llanishda bo‘ldi.
A.Hojiiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati”da terminga shunday ta’rif beriladi: “Termin – lotincha termnus – chek, chegara, chegara belgisi. Fan, texnika va boshqa sohalarga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi. Terminlar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressiya va emotsionallikka ega emasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’mol so‘zlaridan farqlanadi”.
Keltirilgan ta’rifdan ham ma’lum bo‘ladiki, atamalar o‘zi tegishli sohaga doir ma’lum bir tushunchani ifodalab, faqat bir ma’nodagina qo‘llanishi lozim. Shuning uchun ham atamalar nafaqat ma’lum bir soha xodimlari uchun, balki u qo‘llanishda bo‘lgan til egalari uchun ham umummiy hisolanadi.
Atamaning ko‘p ma’noli bo‘lishi har qanday fan uchun ham ijobiy hol hisoblanmaydi. Chunki uning ko‘p ma’noda qo‘llanishi ma’lum fan yoki shu atama tegishli bo‘lgan sohada noaniqliklar keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham atamalar o‘zining bir ma’noliligi, betarafligi (neytral), ijobiy yoki salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lmasligi, ma’lum fan yoki sohaga xosligi bilan so‘zlardan farq qiladi. To‘g‘ri, har qanday atama so‘zdir. Shuning uchun ham atama vazifasini bajarayotgan so‘z ma’lum fan yoki sohadan tashqarida o‘z sinonimlari qatorida yoxud o‘zining bosh va ko‘chma ma’nolari bilan nutqda faol qo‘llanaverishi mumkin. Masalan, tuproq so‘zi biologiya, ekologiya, qishloq xo‘jaligiga oid fanlar uchun atama bo‘lsa, umumxalq tilida tuproq – vatan, yurt, qabr, sig‘inadigan muqaddas joy ma’nolarida qo‘llanishi mumkin. Tildagi barcha so‘zlar atama bo‘lmasligi mumkin. Chunki atamalar miqdor jihatidan cheklangan bo‘lsa, tildagi so‘zlar son-sanoqsizdir [11, 154].
Atamalar, odatda ma’lum bir tilning o‘z ichki imkoniyatlari asosida yoki tashqi manba, ya’ni boshqa tillardan o‘zlashtirish, tarjima qilish hisobiga paydo bo‘lishi mumkin. XX asrning o‘rtalaridan boshlab o‘zbek tiliga juda ko‘plab baynalmilal so‘zlar bilan bir qatorda fan, texnika, sport, madaniyat sohalariga oid atamalar ham kirib keldi. Buning natijasida tabiiy fanlar, sport va texnika sohasini o‘zbek tilida o‘rganish qiyin bo‘lib qoldi. O‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilishi va O‘zbkistonning mustaqillikka erishuvi bilan bu boradagi salbiy yo‘nalishga barham berila boshladi. Chunki o‘zbek tili ham dunyodagi boshqa tillarning birortasidan na leksik, na grammatik va na uslubiy jihatdan qolishmaydi. Aksincha, ona tilimizning, mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamatul lug‘atayn” asarida isbot qilib berganidek, so‘z yasash, ma’no nozikliklarini ifodalash jihatidan ba’zi bir tillardan imkoniyati kengroq hamdir.
Atamalrni dastlab ikki katta guruhga bo‘lish mumkin. I. Kasb-hunar atamalari. 2. Ilmiy atamalar. Kasb-hunar atamalari uzoq davrlardan beri xalqimiz tomonidan kasb-hunar sifatida rivojlantirilib kelinayotgan chorvachilik, dehqonchilik, kulolchilik, temirchilik, duradgorlik, gilamchilik, kashtachilik, oshpazlik, qandolatpazlik, tabibchilik va boshqa shu kabi ko‘plab kasblarga doir tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qilib kelmoqda. Ilmiy atamalar ham ko‘pasrlik tarixga ega. Chunki ular qomusiy bilimolar egasi bo‘lgan M.Koshg‘ariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Az-Zamaxshariy, A.Navoiy, Bobur va boshqa qomusiy bilimlar egasi bo‘lgan bobokalonlarimizning turli fanlarga oid asarlarining yaratilishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan. Umuman olganda, ilmiy atamalar bugungi kunda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, musiqa, tarix, pedagogika, psixologiya, biologiya, tibbiyot, geografiya, astronomiya, fizika, matematika, huquqshunoslik, kimyo, geologiya, minerologiya, falsafa, iqtisod kabi yuzlab zamonaviy fanlar sohasida keng qo‘llanilmoqda. Oliy o‘quv yurtini ma’lum mutaxassislik bo‘yicha tamomlayotgan talabalarimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga hamda o‘z mutaxassisliklariga doir atamalarni yaxshi o‘zlashtirishlari, ular haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Atamalar tanlash va qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishguncha bo‘lgan davrda bir oz biryoqlamalikka yo‘l qo‘yildikim, buning natijasida respublikamizdagi oliy va o‘rta–maxsus o‘quv yurtlarida nafaqat tabiiy, texnika fanlari hatto ayrim ijtimoiy–siyosiy fanlarda ham asosan ruscha-baynalmilal atamalrdan foydalanilganligi oqibatida o‘qish-o‘qitish rus tilida olib boriladigan bo‘lib qoldi.
O‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilishi va mamlakatimizning mustaqil deb e’lon qilinishi bilan bu boradagi kamchiliklarni tuzatishga kirishildi. Darhaqiqat, “Davlat tili haqida”gi qonunning 7-moddasida ”Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi”, – deyilishi bejiz emas [6, 148].
Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1996-yilda chiqarilgan 267-sonli buyrug‘i bilan oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbek tili va adabiyuoti” (nofilologik fakultetlarda), “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslari o‘tilishi yo‘lga qo‘yilishi bilan bu fanlardan dasturlar tuzilib, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar ham yaratila boshladi. Ularda o‘zbek tilining xoslangan uslublari, ish qog‘ozlari yuritish va ularning tili, atamashunoslik haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlarida ixtisoslik sifatida yoki umumnazariy yo‘nalish sifatida o‘rganilayotgan barcha fanlar aniq tushuncha ifodalovchi atamalarga tayanadi. Atamalar tanlash, yangi atamalar yaratish, yasash, ularni birxillashtirish va standartlash barcha fanlar uchun xos muhim talabdir. Atamalar, avvalam bor, o‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda yasalishi, umumxalq tilidan, xalq shevalajridan tanlanishi maqsadga muvofiqdir. Agar buning iloji bo‘lmasa, boshqa tillardan tarjima qilish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirish orqali ham yangi tushunchalarni ifodalovchi atamalarni ko‘paytirib borish mumkin. Atamalar tanlash va ulardan foydalanishda akademik G‘.Abdurahmonov taklif etgan quyidagi qoidalarga rioya etilishi maqsadga muvofiqdir:
1) atamalarning bir ma’noli bo‘lishi;
2) ayni bir tushunchani ifodalash uchun ikki xil atamani qo‘llamaslik;
3) atamaning tushunchani aniq ifodalashi (vazifa, shakl, rangi va boshqalarga qarab);
4) atama ixcham bo‘lishi, ortiqcha keng iboralarning qo‘llanmasligi;
5) ona tilida so‘z turib, chet til atamalarini qo‘llamaslik;
6) atama ona tili tizimiga mos bo‘lishi (yasash va birikma tashkil eta olish xususiyati, talaffuzga mosligi va boshqalar.
Bu qoidalarga shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, atama yasash yoki yaratishda ortiqcha sun’iylikka berilmaslik lozim. Chunki sun’iy yaratilgan, tushuncha mohiyatiga mos bo‘lmagan atama fanga ham, tilga ham singmaydi.
Xullas, atama har bir fan rivoji uchun, uni o‘qib-o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Atamalarni to‘g‘ri tanlay bilish, qo‘llay olish fanlarni chuqur o‘zlashtirish, olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilishning eng muhim omili bo‘lib qoladi.
1959-yilning may oyi oxilarida Moskvada ijtimoiy-siyosiy, ilmiy–texnikaviy, o‘quv-pedagogik va lingvistik terminologiya masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda ittifoqdosh xalqlarning 60 tili bo‘yicha yetuk mutaxassislar ishtirok etishdi.
Anjumanda adabiy leksikaning mustaqil qatlami hisoblanmish terminlar tabiati va vazifasiga doir ma’ruzalar tinglandi va milliy respublikalarda terminologiyaning ahvoli va taraqqiyoti, terminlarni me’yorlashtirishning tashkiliy va metodologik masalalari muhokama etildi.
1961-yilda ushbu yig‘ilish materiallari «Terminologiya masalalari» nomi bilan e’lon qilindi.
30-yillardayoq (20-asrning tarjimon) akdemik Sergey Alekseyevich Chapligin va Dmitriy Semyonovich Lote rahbarligida butunittifoq ilmiy terminologik markazi tashkil qilinadi. Bu markaz ilmiy-texnikaviy terminologiyaning nazariy va metodologik asoslarini yaratishda poydevor vazifasini o‘tadi. Markaz o‘zining ilmiy tamoyillarini fan va texnikaning turli sohalari terminologiyasiga bag‘ishlangan bulletenlarda e’lon qilib kelmoqda. Bu bulleten-to‘plamlarning ham, ilmiy–texnik qo‘mita faoliyati ahamiyatini ham bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Yillar o‘tishi bilan mazkur qo‘mitaning ish hajmi ham kengayib bordi, soha mutaxassislarining e’tiborini qozondi, ilmiy tamoyillarga aniqliklar kiritildi, metodologiya boyidi. Hozir terminologiya sohasida qo‘mitaning maslahatlarisiz mustaqil ish ko‘radigan korxonani uchratish amri mahol.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin