So'zlarning majoziy ma'nosi: ya'ni metafora yoki metonimiya ma'lum bir narsaga ishora qilish yoki ko'rsatish uchun ishlatilganda. Masalan, ushbu ob'ektni qo'llab-quvvatlaydigan ustunlar yoki chiziqlarni ko'rsatish uchun jadvalning oyoqlariga murojaat qilishda.
Ixtisoslashgan yoki texnik til: bu ba'zi bir so'zlarga ish, tadqiqot, rivojlanish sohasiga va boshqalarga qarab texnik ma'no berilganda. Masalan, xamir so'zi fan sohasida fizika yoki kimyo bilan bir xil narsani anglatmaydi, agar uni oshpazlik sohasidagi ma'nosi bilan taqqoslasak, u albatta retsept tarkibidagi tarkibiy qismga ishora qiladi.
Chet so'zlarning ta'siri: ba'zi bir chet el atamalarining ta'siri yoki qo'llanishi tufayli bir nechta ma'no kelib chiqqan so'zlarning xilma-xilligi mavjud. Eng keng tarqalgan misol - bu "tugma" so'zi, bu printsipial jihatdan kiyim-kechakka tegishli bo'lgan, ammo maishiy texnikaning ma'lum bir qismini ham ko'rsatishi mumkin bo'lgan aksessuarlardan birini nomlash uchun ishlatiladi.
Omonimiya: omonimiya bir xil yozilgan va talaffuz qilingan, lekin ma'nolari turlicha bo'lgan ikki yoki undan ortiq so'zlarni anglatadi. Masalan, bank tomonidan siz moliya muassasasiga yoki o'rindiqqa murojaat qilishingiz mumkin.
Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. O‘qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir.
Odatda, olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar:
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega;
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir;
4) termin stilistik jihatdan neytraldir;
Hozirda yurtimizda bo‘layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z kasbiga oid termin va tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab etmoqda.
1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan ma’noni anglatadi”. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chegaralandi, fan, texnika, iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir
2. U ekspressivlikdan holi muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi, o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”. V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug’at tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, ta’rifidir”
3. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida termin o‘zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi.
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida islom dini, arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan istiqomat qiluvchi xalqlar, millatlar, qabilalar, qavmlar, urug‘lar intellektual hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Arablar hukmronligidan keyin eron madaniyati, ayniqsa, Somoniylar hukmronligi yillarida taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabiati, xarakteriga ma’lum darajada ta’siri ko‘zga tashlandi. X asr oxiriga kelib Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda Qoraxoniylar saltanati tashkil topdi. Shu davrdan e’tiboran turkiy adabiy tillarning shakllanishida jiddiy ijodiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Qoraxoniylar vaqtida jonli tillar adabiy tildan farqli o‘laroq chet tillar elementlariga nisbatan oz ta’sirda bo‘lgan. Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda eski turkiy til bilan yonma-yon qo‘llangan u bilan raqobatga kirishgan.
Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyatlarda aksini topadi:
semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi);
vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi);
semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning
har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir);
tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni ishlab chiqishga bo‘ysunadi)
XULOSA Mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda chet tillarni o’rganishga va o’qitishga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Zeroki bugungi kunda jaxondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimizning bundan keyingi ravnaqi va taraqiyoti uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan xamjixatlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan halqimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning axamiyati bexad katta. Ma’lumki, ta’lim to’g’risidagi Qonunda chet tillarni o’qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali, davr talabiga javob beradigan darsliklar, qo’llanmalar va lug’atlar yaratishga aloxida e’tibor berilgan. Chunki o’quvchi yoshlarga chet tillarini o’rgatmay turib, ularni rivojlangan davlatlarga o’qishga yuborish va o’sha davlatlar yutug’idan baxramand bo’lish, jaxon andozasiga mos keladigan yetuk mutahassislar yetkazib chiqarish mumkin emas.
Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi konsepsiyasi – noan’anaviy ta’lim tehnologiyalarning turli uslublarini qo’llashni taqazo etmoqda. Ta’lim jarayoniniga bir tizim deb qarasak,uni tashkil etuvchi elementlariga quyidagilar kiradi: o’quv maqsadi, kutilayotgan natijalar, o ‘qituvchi, o’quvchi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodi,shakli va vositalari,nazorat va baholash.Ta’lim jarayonini loyihalashda ana shu elementlardan biri chetda qolsa yoki to’g’ri tanlanmagan bo’lsa tizim ishlamaydi,demakki,ta’lim maqsadiga erishib bo’lmaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaydilarki: “Biz buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo’lishimiz darkordir. Buning uchun esa eng avvalo tarbiyali, ilmu – ma’rifatli farzandalar yetishtirish kerak bo’ladi. Mana shuning uchun ham bu masalaga qaratilgan loyixalar jamoatchiligimiz diqqat e’tibori markaziga o’tmoqda, tarbiya sohasi isloxoti bugungi eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Qisqacha qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz jamiyatimizning yangilanishi, xayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan isloxotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi avvalambor, zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, ongli mutahasis kadrlar tayyyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqlikni barchamiz yaxshi anglab yetmoqdamiz.”
Soha tilini o’rgatishda zamonaviy usullardan foydalanishning samaradorligi yana shundan iboratki, uning qatnashchilari yahlit tizimli bilimga ega bo’ladi va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi negizida bo’lajak kasbiy faoliyatga oid boshlang’ich ko’nikmalar shakillantirilib, o’quv tarbiyaviy jarayonni amaliyot bilan bevosita bog’lab olib borishni ta’minlaydi.Bunda KHK talaba yoshlari o’rganayotgan sohasini nafaqat o’z ona tilida balki o’rganayotgan chet tilida ham ish yurita olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali, davr talabiga javob beradigan darsliklar, qo’llanmalar va lug’atlar yaratishga aloxida e’tibor talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini bajarish asosida, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika imkoniyatlarini oshirish, ularni zamonaviy binolar, o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va adabiyotlar bilan ta’minlash ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Prezidentimiz uqtirganidek, «… o’quv muassasalarini bitirgan farzandlarimiz ertaga oliy o’quv yurtlari, litsey va kollejlarga har taraflama puxta bilim va tayyorgarlik bilan kelishi zarurligini unutmasligimiz kerak».
Hunarmandchilik sohasining rivojlanishi natijasida yangi tushunchalar, yangi jarayonlar ishlab chiqildi. Hunarmandchilik sohasi atamalarini ajratib olish muammosi,ularni jarayonga tadbiq qilish,qo’llashda hatolikka yo’l qo’ymaslik,chet tilida ularni amaliyotga tabiq qilinishi mobaynida qo’pol hatoliklarni oldini olishda bitiruv malakaviy ishim qo’l keladi degan umiddaman.
Chunki o’quvchi yoshlarga atamalarning asl mohiyatini o’rgatmay turib, ularni chet tiliga tarjima qilish,amaliyotda qo’llash,rivojlangan davlatlarga o’qishga yuborish va o’sha davlatlar yutug’idan baxramand bo’lish, jaxon andozasiga mos keladigan yetuk mutahassislar yetkazib chiqarish mumkin emas.