1. Sheva so‘zi qanday ma‘noni anglatadi? A arabcha "ravish", "yo‘sin"



Yüklə 22,75 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü22,75 Kb.
#125970
Ishquvvatov Mamarasul


1. Sheva so‘zi qanday ma‘noni anglatadi?
A) arabcha "ravish", "yo‘sin"
B) forscha "ravish", "yo‘sin", "tarz" *
C) forscha "so‘zlashuv"
D) arabcha "suhbat"
2. Dialekt so‘zinining ma‘nosi nima?
A) yunoncha "sheva", "so‘zlashish" *
B) arabcha "ravish", "yo‘sin"
C) forscha "so‘zlashuv"
D) forscha "ravish", "yo‘sin", "tarz"
3. Qarluq lahjasini qarluq-chigil-uyg‘ur termini bilan nomlagan olim kim?
A) Polivanov
B) Yunusov
C) Borovkov
D) Reshetov *
4. Qarluq lahjasini Yunusov qaysi termin bilan atagan?
A) qarluq-chigil-uyg‘ur
B) chig'atoy
C) turk-barlos *
D) o‘rta o‘zbek
5. Qarluq lahjasini qaysi olim chig'atoy termini bilan ataydi?
A) Reshetov
B) Polivanov *
C) Yunusov
D) Borovkov
6. Umumxalq tilining muayyan hududga oid ko'rinishi, o'ziga xos namoyon bo‘lishi nima deyiladi?
A) ijtimoiy dialekt
B) mahalliy dialekt *
C) ideolekt
D) kasb-hunar leksikasi
7. Muayyan guruhga taalluqli shaxslarning umumxalq tilidagi so‘zlarga o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zgacha ma‘no kasb etishiga nima deyiladi?
A) ijtimoiy dialekt *
B) mahalliy dialekt
C) ideolekt
D) kasb-hunar leksikasi
8. Ijtimoiy dialekt qaysi tilshunoslik sohasining obyekti hisoblanadi?
A) Dialektologiya
B) Psixolingvistika
C) Sotsiolingvistika *
D) Mentallingvistika
9. Individual til degan ma‘noni anglatuvchi so‘z qaysi?
A) ideolekt *
B) lahja
C) dialekt
C) sheva
10. "Ideoma" terminiga mos "Variety" terminidan foydalangan olimlar kim?
A) Reshetov va Polivanov
B) Borovkov va Polivanov
C) Chambers va Fefer Frutgil *
D) Chambers va Borovkov
11.O‘zbek tili dialektal rang-barangligini migratsiya bilan bog'lagan olim kim?
A) Reshetov
B) Sh. Shoabdurahmonov *
C) Polivanov
D) Borovkov
12. "O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili" asari muallifi kim?
A) Reshetov
B) Sh. Shoabdurahmonov
C) Polivanov *
D) Borovkov
13. Qaysi metoddan shevaga xos xususiyatlarni qarindosh tillarga qiyoslab o'rganishda foydalaniladi?
A) tahliliy metod
B) qiyosiy metod *
C) anketa metodi
D) dialektometriya metodi
14. Qiyosiy metoddan o‘zbek shevalarini o'rganishda nechanchi asrda foydalanilgan?
A) XV asr boshlarida
B) XVII asr oxirida
C) XIX asr oxirlarida *
D) XVIII asr boshlarida
15. Lotincha "qayta yozish" ma'nosini anglatuvchi so‘z qaysi?
A) Tranliteratsiya
B) Tarjima
C) Transkripsiya *
D) Tabdil
16. Singarmonizmni yo’qotgan shevalarda unlilar soni nechta bo’ladi?
A) 4 yoki 5 ta
B) 6 yoki 7 ta *
C) 13 ta
D) 14 ta
17. Singarmonizmli shevalarda unlilar soni nechta?
A) 13 ta
B) 10 ta
C) 11 ta *
D) 14 ta
18. Qaysi unli tovush turkiy tillarga xos emas?
A) a unlisi
B) e unlisi
C) i unlisi
D) o unlisi *
19. O unlisini forsiy tovush, forsiy tilning ta’sirida paydo bo’lgan degan olim kim?
A) Shoabdurahmonov
B) Reshetov
C) Polivanov *
D) Borovkov
20. O unlisini o’zbek tilidan keyingi hodisa deb qaragan olim kim?
A) Shoabdurahmonov *
B) Reshetov
C) Polivanov
D) Borovkov
21. O’zbek tilidagi sof turkiy so’zlarda nechta undosh bor?
A) 20 ta
B) 22 ta *
C) 23 ta
D) 21 ta
22. “Singarmonizm unlilar uyg’unligi, shuningdek qisman undoshlarga ham taalluqli”. Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Shoabdurahmonov
B) Reshetov
C) Polivanov
D) Bogoroditskiy *
23. Konsonantizm nima?
A) unlilar uyg’unligi
B) undoshlar uyg’unligi *
C) lablangan unlilar
D) lablanmagan unlilar
24. Bir tovushda boshqa bir tovush unsuri ishtirokida yuz beradigan hodisa nima deyiladi?
A) monofton
B) difton *
C) umlout
D) singarmonizm
25. Ikki so’z talaffuz jarayonida oldingi so’z oxiridagi tovush keying so’z boshidagi tovushni moslashtiradi. Ushbu ta’rif qaysi hodisaga tegishli?
A) sandhi *
B) proteza
C) metateza
D) anafora
26. So’z tarkibidagi ayrim tovushlarning kuchsizlanishiga nima deyiladi?
A) geminatsiya
B) reduksiya *
C) anafora
D) proteza
27. “O’zbek tilida kelishiklar” asari muallifi kim?
A) Shoabdurahmonov
B) Polivanov
C) A. G’ulomov *
D) Borovkov
28. Qaysi hudud shevalarida o’rin-payt va jo’nalish kelishiklarini almashtirib, -da o’rniga –ga; -ga o’rniga –da almashtirib qo’llash uchraydi?
A) Samarqand-Buxoro *
B) Toshkent-Farg’ona
C) Xorazm-Buxoro
D) Andijon-Namangan
29. Qaysi hudud shevasida m, n, ng undoshlaridan so’ng –di affiksi ko’pincha –ni shaklida talaffuz qilinadi?
A) Toshkent shevasida
B) Samarqand shevasida
C) Shahrisabz shevasida *
D) Farg’ona shevasida
30. Hozirgi-kelasi zamon formasi o’zbek shevalarida qaysi ravishdosh formasiga shaxs-son qo’shimchalarini qo’shib tuslash orqali yasaladi?
A) a/o yoki y affiksli
B) a/i yoki e affiksli
C) –a/ӓ yoki j affiksli *
D) –a/ї yoki o affiksli
31. O’zbek shevalarida dialektal so’zlarning qanday tiplari bor?
A) fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va leksik *
B) sintaktik va morfologik
C) fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va sintaktik
D) fonetik, morfologik va sintaktik
32. Qipchoq shevalaridagi ma’nodosh so’zlar tuzilishi jihatdan qanday turlarga bo’linadi?
A) sodda va qo’shma
B) juft va takroriy
C) sodda, juft va birikmali *
D) sodda, qo’shma va birikmali
33. Evfemizmlar tuzilishi jihatidan qanday turlarga ajratiladi?
A) sodda va qo’shma
B) yakka va birikmali evfemizmlar *
C) juft va takroriy
D) sodda va juft
34. Ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos so’zlari nima deyiladi?
A) leksik qatlam
B) jargon *
C) sheva
D) argo
35. “Buvӓk”. Ushbu so’z qaysi hudud shevasiga xos?
A) Samarqand
B) Toshkent
C) Xorazm
D) Farg’ona *
36. O’zbek tilining qaysi leksikasi hozirgi kunda, asosan, keksa avlod tilini xarakterlaydi?
A) jargon
B) sheva
C) Traditsion leksikasi *
D) argo
37. O’zbek tiliga so’zlar ko’proq qaysi tillardan o’zalashgan?
A) ingliz, rus, arab
B) rus, arab, nemis
C) arab, fors-tojik, rus *
D) fors-tojik, ingliz, arab
38. Qaysi lahja vakillari, asosan, shahar va shahar tipidagi shevalarni va dialektlarni qamrab oladi?
A) qarluq *
B) qipchoq
C) o’g’uz
D) uyg’ur
39. Qipchoq lahjasida nechta unli mavjud?
A) 6 ta
B) 7 ta
C) 10 ta
D) 9 ta *
40. O’zbek tilida so’z boshida keladigan k tovushi qaysi guruh shevalarida g bilan beriladi?
A) qipchoq
B) qarluq
C) chigil
D) o’g’uz *
41. “O’zbek sheva-lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” anketasi kim tomonidan tuzilgan?
A) Shoabdurahmonov
B) Polivanov
C) Borovkov *
D) A. G’ulomov
42. “Toshkent oblastidagi qurama shevalari(fonetik va morfologik sistema)” nomli monografik asar muallifi kim?
A) Reshetov *
B) Polivanov
C) Borovkov
D) A. G’ulomov
43. “Laylak materiallaridan” nomli asar mualifi kim?
A) Borovkov
B) Yudaxin *
C) Reshetov
D) Polivanov
44. O’g’uz lahjasi o’z xususiyatlariga ko’ra turkiy tillarning qaysi guruhiga kiradi?
A) shimoli-g’arbiy guruhiga
B) janubi-sharqiy guruhiga
C) janubiy-g’arbiy guruhiga *
D) shimol guruhiga
45. Adabiy tilning nechta formasi mavjud?
A) 2 ta *
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
46. “O’zbek tili ( o’zbek dialektlarining bir butun yig’indisi sifatida) yagona sitemaning dialektologiyasi parchalanish yo’li bilan emas, balki til sistemalarining birlashuvi yo’li bilan paydo bo’lgan”. Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Reshetovga
B) Polivanovga *
C) Borovkovga
D) Yudaxinga
47. Leksik jihatdan nisbatan barqaror, fonetik, fonematik va Grammatik jihatdan muayyan qolipga tushgan, yagona orfografik va orfoepik normalarga amal qiladigan milliy tilning yuqori bosqichiga nima deyiladi?
A) sheva tili
B) so’zlashuv tili
C) adabiy til *
D) badiiy asar tili
48. Har bir milliy tilning ikki bosqichi bo’lib, sheva qaysi bosqichda bo’ladi?
A) quyi bosqichda *
B) yuqori bosqichda
C) o’rta bosqichda
D) Hammasi to’g’ri
49. Hozirgi o’zbek adabiy tili shartli ravishda fonetik jihatdan qaysi shahar dialektiga tayanadi?
A) Samarqand
B) Qarshi
C) Toshkent *
D) Farg’ona
50. Hozirgi o’zbek adabiy tili Farg’ona dialektiga qaysi jihatdan tayanadi?
A) morfologik *
B) fonetik
C) leksik
D) fonematik
51. Hozirgi o’zbek adabiy tili qaysi jihatdan Samarqand dialektiga tayanadi?
A) morfologik
B) fonetik
C) leksik
D) hech qaysi jihatdan *
52. Adabiy tildagi jo’nalish, jo’natmoq, jo’n so’zlari qaysi lahjaga xos?
A) o’g’uz lahjasiga
B) qipchoq lahjasiga *
C) qarluq lahjasiga
D) uyg’ur lahjasiga
53. O’tgan asrning 60-yillaridan so’ng o’zbek shevalari qaysi usullar asosida o’rganila boshlandi?
A) poligrafik va monografik usulda
B) monografik va lingvogeografik usulda *
C) poligrafik va lingvogeografik usulda
D) poligrafik usulda
54. Qaysi usul bilan o’rganishda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib, boshqa o‘zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so‘zlar tovush va qo‘shimchalar bilan qiyoslanadi?
A) poligrafik usulda
B) monografik usulda *
C) lingvogeografik usulda
D) ) poligrafik va monografik usulda
55. Qaysi usul bilan o’rganishda ko‘proq dala sharoitida – qishloqlarda yurib ish olib boriladi?
A) monografik usulda *
B) poligrafik usulda
C) lingvogeografik usulda
D) ) poligrafik va monografik usulda
56. O’zbekistonda lingvogeografik metod bilan shevalarni o’rganish qachondan boshlangan?
A) 1930-yildan
B) 1950-yildan
C) 1940-yildan *
D) 1960-yildan
57. Dialektologik atlaslarning dastlabki namunalari qachon yaratilgan?
A) XX asr oxirida
B) XIX asr oxiri XX asrning bosharida *
C) XVII asr oxirida
D) XVIII asr oxirida
58. Kim o’zbek shevalarini leksik, morfologik va fonetik xususiyatlariga ko’ra tasnif qiladi?
A) Polivanov
B) Yunusov *
C) Borovkov
D) Reshetov
59. Borovkov o’zbek tili shevalarining tarixiy taraqqiyotini hisobga olib, nechta dialektga ajratishni tavsiya qiladi?
A) 7 ta
B) 2 ta
C) 4 ta *
D) 5 ta
60. “Eronlashish” nazariyasini ilgari surgan olim kim?
A) Polivanov *
B) Yunusov
C) Borovkov
D) Reshetov
Yüklə 22,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin